16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:10
Jamiyat 👁 204

ATROF-TABIAT MUHITGA ZARAR YeTKAZILIShIGA YOʻL QOʻYILMAYDI

ATROF-TABIAT MUHITGA ZARAR YeTKAZILIShIGA YOʻL QOʻYILMAYDI

Mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sanitariya va ekologik holatni yaxshilashni taʼminlash sohasida izchil ishlar olib borilmoqda. Bu borada, shuningdek, hududda tabiatga zarar yetkazilishining oldini olish boʻyicha Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining Amudaryo tuman boʻlimi tomonidan ham tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Boʻlim xodimlari tomonidan noqonuniy chiqindi tashlash, atrof-muhitni, ichimlik va oqava suvlarni ifloslantirish, yigʻilib qolgan chiqindilar, oʻsimlik qoldiqlari, xazonlarni yoqib yuborish, shuningdek, hayvonot va oʻsimlik dunyosi, suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisidagi nizom talablariga rioya qilmaslik oqibatida tabiatga zarar yetkazish holatlarining oldini olish maqsadida tushuntirish-targʻibot va reyd tadbirlari yoʻlga qoʻyilgan.

Joriy yilning oʻtgan 7 oyi davomida oʻtkazilgan ekologik reyd tadbirlari davomida jami 67 ta huquqbuzarliklar aniqlangan. Shunga koʻra tegishli tartibda maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, 202 mln. 725 ming soʻm miqdoridagi jarimalar undirilgan. Undan tashqari, tumanda faoliyat yuritayotgan 157 ta korxona-tashkilotlarga atrof-muhitni ifloslantirgani va belgilanmagan joylarga chiqindilar tashlagani uchun Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga asosan jami 129 mln. 875 ming 271 soʻm kompensatsiyalar toʻlatilgan.

Maʼlumki, shu yil 31-mayda “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni imzolandi. Unga koʻra, Tabiat resurslari vazirligi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi deb qayta nomlandi.

Endilikda sohada raqamli texnologiyalar asosida zamonaviy ekologik monitoring mexanizmini yaratish, ekologik madaniyatni yanada oshirish, bioxilma-xillikni asrash va chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni tartibga solish kabilar borasidagi belgilab qoʻyilgan vazifalar amalga oshiriladi. Shuningdek, daraxt, butalarni ekish, yashil hududlarni tashkil qilish hamda ularni muhofaza qilishning yangi tartiblarini joriy qilish orqali ekologik vaziyat tubdan yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosiga alohida eʼtibor qaratiladi.

Undan tashqari, joriy yil 1-dekabrgacha tumanlarda atmosfera havosi ifloslanishi fon monitoringini amalga oshirish uchun avtomatlashgan kichik stantsiyalar oʻrnatiladi. 2025-yil yakunigacha respublika hududi boʻyicha atmosfera havosining tabiiy ifloslanishi yuqori boʻlgan hududlarni prognozlash va aholini barvaqt ogohlantirish tizimi sinov tariqasida joriy etiladi. 2024-yil yakunigacha hududlarni ekologik baholash boʻyicha indikatorlar asosida eco-indicator.uz reytingi shakllantiriladi va har bir hududning ekologik pasporti eʼlon qilinadi.

2024-yildan boshlab, har yili “yashil belbogʻ”, “yashil bogʻ” va “yashil jamoat park”lar hamda “yashil qoplamalar” – himoya oʻrmonzorlarini barpo etish va doimiy foydalanuvchiga topshirilgunga qadar saqlab turish, asosiy temiryoʻl va magistral avtoyoʻllar boʻyida daraxt koʻchatlarini ekish, har bir tuman va shaharda 5 gektardan kam boʻlmagan maydonlarda bogʻlar barpo etish kabilar uchun 500 milliard soʻm ajratiladi.

Tumanimizda ham 2023-yilning bahor mavsumi davomida “Yashil makon” umummilliy loyihasi va “Dolzarb 40 kunlik” davomida koʻchat ekish ishlarini samarali tashkil etish yuzasidan samarali ishlar amalga oshirildi. Loyiha doirasida 770 ming dona manzarali va mevali daraxt koʻchatlari, qalamchalar ekish rejalashtirilgan boʻlsa, oʻtgan davr mobaynida tumanimizdagi barcha korxona-tashkilotlar, fuqarolar yigʻinlari hududi va aholi tomorqalarida, shuningdek, avtomobil yoʻllari boʻylarida vergin archasi, sharq tuyasi, yapon soforasi, katalpa, shumtol, qayragʻoch, jiyda, tut, zarang, akatsiya, turli xildagi teraklar oʻtqazildi. Shuningdek, suriya atirguli, turli navli uzum qalamchalari, hoʻl mevali va yongʻoq mevali daraxt koʻchatlari ham ekildi.

Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi nihoyatda muhim oʻrin tutadi. Yashash uchun tabiatni asrashimiz, tabiiy resurslarni oqilona boshqarishimiz, ulardan tejamkorlik bilan foydalanishimiz zarur. Chunki, yer sharidagi koʻplab ekotizimlar zaxirasi deyarli tugab borayotgan, aholi soni oʻsib borayotgan, iqtisodiy taraqqiyotga ehtiyoj kun sayin ortayotgan bugungi vaziyatda atrof-muhitni saqlash har qachongidan ham dolzarb vazifa sanaladi.

O.Xudoyberganova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019