16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:44
Siyosat 👁 228

Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy sudlar va ularning vazifalari

Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy sudlar va ularning vazifalari

Oʻzbekiston Respublikasida soʻnggi yillar davomida olib borilgan islohotlar tarixiga nazar soladigan boʻlsak, maʼmuriy sudlarni tashkil etish haqidagi tashabbusni Prezident Sh.Mirziyoyev oʻzining Prezidentlik vazifasini vaqtincha bajaruvchi boʻlgan paytidan oq ilgari surgan.

Yaʼni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2016-yil 21-oktyabr kuni imzolangan «Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmonining 6-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi, Bosh prokuraturasi va Adliya vazirligiga ilgʻor xorijiy tajribani chuqur oʻrganish asosida 2017-yil 1-iyulga qadar fuqarolik, jinoyat ishlari boʻyicha sudlar va xoʻjalik sudlarining vakolatlarini qayta koʻrib chiqish yoʻli bilan maʼmuriy sudlarni tashkil etishni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqish va kiritish topshirilgan.  

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi «Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida»gi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan «2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi»ning ikkinchi yoʻnalishi, yaʼni qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish maqsadida sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash vazifasi belgilangan boʻlsa, maʼmuriy, jinoyat, fuqarolik va xoʻjalik qonunchiligini takomillashtirish yuzasidan esa odil sudlovni amalga oshirish samaradorligi va sifatini oshirish, maʼmuriy, jinoyat, fuqarolik va xoʻjalik sud ish yurituvining protsessual asoslarini takomillashtirish vazifasi belgilandi.

Mazkur Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan qabul qilingan muhim tarixiy ahamiyatga ega hujjatlarning bir sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017-yil 21-fevral imzolangan «Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi farmonini eʼtirof etishimiz lozim.

Ushbu Farmon bilan fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarining ishonchli sud himoyasini taʼminlash, maʼmuriy sud ish yurituvini amalga oshirish boʻyicha konstitutsiyaviy normani, shuningdek aholining huquqiy madaniyatini oshirish zarurati maʼmuriy sudlar tizimini tashkil etishni taqozo etishi zaruriyatidan kelib chiqib 2017-yil 1-iyundan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan maʼmuriy nizolarni, shuningdek maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga vakolatli boʻlgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarini, tuman (shahar) maʼmuriy sudlarini tashkil etish belgilandi.

Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-aprel kungi «Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida»gi qonuni bilan Oʻzbekiston Respublikasida sud tizimini tashkil etuvchi sudlar qatoriga maʼmuriy sudlar kiritilishi va ushbu qonunning maʼmuriy sudlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi qoidalari 2017-yil 1-iyundan eʼtiboran amalga kiritilishi belgilab qoʻyildi.

Keyinchalik, Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-aprel kuni «Sudlar toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik va xoʻjalik protsessual kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi qonuni (Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi OʻRQ-703-sonli «Sudlar toʻgʻrisida»gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.) qabul qilinib, ushbu qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasida

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi;

harbiy sudlar;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari;

fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari;

jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari;

tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari;

tuman (shahar) maʼmuriy sudlari faoliyat koʻrsatishi belgilab qoʻyildi.

Oʻzbekiston Respublikasining «Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksini tasdiqlash haqida»gi 2018-yil 25-yanvar kungi qonuni bilan amalga kiritilgan Kodeksning 3-moddasida ushbu Kodeksning fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi maʼmuriy ishlarni koʻrib chiqish hamda hal etishda maʼmuriy sud ishlarini yuritishni amalga oshirish tartibiga nisbatan tatbiq etilishi nazarda tutilgan.

Yurtboshimiz tomonidan maʼmuriy sudlarni tashkil etishning huquqiy asoslarini yaratish yuzasidan qatʼiy olib borgan saʼi harakatlari natijasida Oʻzbekiston Respublikasida 2017-yil 1-iyun kunidan har bir tuman, shaharlarda ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan maʼmuriy nizolarni, shuningdek maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga vakolatli boʻlgan maʼmuriy sudlar  ish boshladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev butun jahonda pandemiya davri boʻlishiga qaramasdan  oʻzining sud-huquq sohasini yanada isloh qilish, fuqaro va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish borasidagi ishlarini qatʼiy davom ettirgan holda 2020-yil 24-iyul kuni «Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi farmonini imzoladi.

Bu Farmonga muvofiq 2021-yil 1-yanvardan boshlab maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatini maʼmuriy sudlardan jinoyat ishlari boʻyicha sudlarga oʻtkazish,maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlarni koʻrishga ixtisoslashtirilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida tumanlararo maʼmuriy sudlarini tashkil etish belgilandi.

Hozirgi kunda ushbu Farmonga muvofiq qonunchilikka kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida tumanlararo maʼmuriy sudlari faoliyat koʻrsatmoqda.

Ularning faoliyatidagi mazkur Farmon asosida yuz bergan ixtisoslashuv fuqaro va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qilmoqda.

 

J.Aymaganbetova, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi sudyasi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019