16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:17
Jamiyat 👁 162

ISTIQLOL BAYRAMI ARAFASIDA TUMANIMIZ HUDUDI OBODONLAShTIRILIB, BAYRAMONA BEZATILMOQDA

ISTIQLOL BAYRAMI ARAFASIDA TUMANIMIZ HUDUDI OBODONLAShTIRILIB, BAYRAMONA BEZATILMOQDA

Obodlik, saranjom-sarishtalik bilan elimiz yanada fayzli, koʻrkam boʻladi. Amudaryo tumanida ham xalqimizning asriy anʼanalaridan hisoblangan bayram va shodiyonalar oldidan hashar va obodonlashtirish ishlarini oʻtkazish anʼanaga aylangan.

Tumanimizda Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari tizimli tartibda yoʻlga qoʻyilgan. Boshqarmaning jonkuyar xodimlari Mustaqilligimizning 32 yilligi yaqinlashayotgan ayni kunlarda eng ulugʻ, eng aziz bayramimizni munosib kutib olish maqsadida tayyorgarlik ishlarini qizgʻin olib borishmoqda.

Oʻtgan davr mobaynida Boshqarma xodimlari tomonidan shahar markaziy koʻchalari, Qipchoq, Barkamol avlod, Qilichboy, Gurlan koʻchalaridagi katta yoʻl boʻylariga archa koʻchatlari, gullar hamda manzarali daraxtlar oʻtqazilib, parvarish qilib kelinmoqda. Bu kabi koʻkalamzorlashtirish ishlari davom ettirilib, belgilangan hududlarda bogʻ barpo etish ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, jamoat ishlari uchun biriktirilgan ishchilar Yangiobod, Farovon, Gulzor, Boyovul mahallalari hududining markaziy koʻchalarida va boshqa hududlardagi koʻchalarda, shuningdek, qabristonlarda ham obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishmoqda.

Hududlarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlariga boshqarmadan 100 nafar ishchi-xodimlar, shuningdek, ish samaradorligini oshirish maqsadida 15 ta texnikalar biriktirilgan. Ular manzarali daraxtlar va gul koʻchatlarini parvarish qilish, boshqarma balansida boʻlgan piyodalar yoʻlakchalarining tozaligini taʼminlash, Mangʻit shahri hududidagi ichki irrigatsiya tarmoqlarini tozalash, tuman hududidagi tungi koʻcha yoritish chiroqlarining doimiy ishlashini taʼminlash kabi ishlarni bajarishmoqda.

Shu bilan birga, ovul va mahallalar hududlaridagi ichki koʻcha yoʻllarini taʼmirlash ishlari tashkil etilib, aholi tomorqalariga oqar suv yetkazib berish maqsadida ariq qazish ishlari amalga oshirilmoqda. Qolaversa, hududlardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan oilalarning turar joylarini ham taʼmirlash ishlari tashkil etilmoqda.

Shu kunlarda tuman Obodonlashtirish boshqarmasining 30 nafar ishchi-xodimlari va 20 nafar jamoat ishlariga biriktirilgan ishchilar istiqlol bayramini munosib kutib olish va nishonlash maqsadida bayram boʻlib oʻtadigan Doʻstlik mahallasidagi Markaziy oʻyingoh hududidagi manzarali butalar va gulzorlarni, daraxtlarni tartibga keltirishmoqda, ariq va zovurlarni chim va begona oʻtlardan tozalashmoqda.

Undan tashqari, tuman aholisi kechki sayrga chiqqan paytida bayram shukuhini his qilishlari uchun markaziy koʻchalar rang-barang chiroqlar bilan bayramona bezatilib, bayroqchalar oʻrnatildi. Oqshom paytlarida yoʻl chetlaridagi Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston bayroqlari, turfa xildagi gullar koʻrinishida yogʻdu sochayotgan chiroqlar atrof-muhitga yanada koʻrkamlik baxsh etib, yurtdoshlarimizga bayramona kayfiyat ulashmoqda.

Bugun mamlakatimizning qay goʻshasiga, qay manziliga bormang, Vatanni yanada obod etish istagida yashayotgan yurtdoshlarimizning ezgu ishlariga guvoh boʻlishingiz mumkin. Mustaqil diyorimizning bugungi jamoli, koʻrki kishini hayratga soladigan darajada oʻzgarib, goʻzallashib va obodonlashib bormoqda.

O.Xudoyberganova.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019