16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:38
Siyosat 👁 236

DOʻRMANDA SAYYoR QABUL OʻTKAZILDI

DOʻRMANDA SAYYoR QABUL OʻTKAZILDI

Keyingi yillarda mamlakatimizda inson shaʼnini ulugʻlash, uning qadrini yuksaltirish va manfaatlarini himoya qilishga ulkan eʼtibor qaratilmoqda. Bugungi kunga kelib, barcha davlat idoralari faoliyatida aholi murojaatlari bilan ishlash boʻyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda oʻtkazilayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning turmushidagi muammolarini aniqlab, joyida hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Buningdek jarayonlarda davlatimiz rahbarining “Xalq davlat organlariga emas, balki, davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak” deya taʼkidlagan topshirigʻi oʻzining yaqqol ifodasini topayapti, xalq bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning dardiga quloq tutish, shu orqali yurtimiz aholisining roziligiga erishish har bir soha rahbarlarining bosh vazifasiga aylangan.

Aytish joizki, oʻtkazilayotgan sayyor qabullar jarayonida odamlarning hayotga koʻz qarashi, munosabati oʻzgarayotgani yaqqol namoyon boʻlmoqda.

Yaqinda Amudaryo tumanining chekka hududlaridan biri – Doʻrman ovulida Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining topshirigʻi asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining oʻrinbosari Oybek Shamuratov boshchiligida oʻtkazilgan sayyor qabulda ham bu oʻzining yaqqol ifodasini topdi.

Sayyor qabulda tumandagi sektorlar rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar masʼullari, Doʻrman ovul fuqarolar yigʻini raisi va barcha masʼullari, tegishli muassasa va tashkilotlar rahbarlari, aholi vakillari ishtirok etdilar.

Sayyor qabulga tashrif buyurgan doʻrmanliklarga dastlab aholining emin-erkin, farovon baxtiyor yashashi, davlatimizning fuqarolar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi siyosati, barcha jabhalarda shu jumladan sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va shu asosda aholining baxtiyor yashashiga erishish yoʻlida amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar xususida keng tushuncha berildi. Shuningdek, har bir fuqaro oʻz hayoti davomida mamlakatimizda amaldagi qonun-qoidalarni hurmat qilishi, boʻysunishi lozimligi taʼkidlandi.

Shundan soʻng aholining murojaatlari tinglandi. Tadbir davomida 13 nafar shaxslar ijtimoiy sohaga oid muammolari yuzasidan murojaat qildilar. Ushbu murojaatlarning barchasi yuzasidan fuqarolarga tushuntirishlar berilib, koʻrib chiqish uchun nazoratga olindi.

Bu kabi sayyor qabullar Respublikamizning barcha hududlarida oʻtkazilib, aholi turmushidagi muammolar aniqlanmoqda, imkon qadar joyida hal qilinmoqda va oʻrganish talab etiladigan murojaatlar nazoratga olinmoqda.

Doʻrman ovulidagi 84-sonli maktab binosida boʻlib oʻtgan sayyor qabul ham aholining huquqiy madaniyati oshishiga, ertagi kunga ishonchi ortishiga sabab boʻldi.

Qisqa qilib aytganda, bugungi kunda yurtdoshlarimiz hayotiy muammolar girdobida qolib, yakka oʻzi qiynalmaydi, uning dardini eshitadigan muammolarini hal qiladigan davlat idoralari bor. Sayyor qabullar bu borada eng samarali usul ekanligi barchaga ayon. Eʼtirof etish joizki, odamlarning oʻz hayotidan rozi boʻlib yashashlariga erishish – davlatimiz siyosatining bosh maqsadiga aylangan.

Oygul RAJABOVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019