16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:43
Fan va taʼlim 👁 151

“BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MAKTABIDA “OChIQ EShIKLAR KUNI” TADBIRI BOʻLIB OʻTDI

“BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MAKTABIDA “OChIQ EShIKLAR KUNI” TADBIRI BOʻLIB OʻTDI

Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi tom maʼnoda har tomonlama yetuk va barkamol yoshlarni tarbiyalashda oʻz mavqeiga ega taʼlim-tarbiya maskanlaridan biri sanaladi. Ayni paytda mazkur muassasada 75 nafar xodim faoliyat olib borishadi. Shulardan 65 nafari turli yoʻnalishlar boʻyicha pedagoglar, 10 nafari texnik xodimlardir. Pedagog-xodimlarning 34 nafari oliy, 7 nafari tugallanmagan oliy, 26 nafari esa oʻrta maxsus maʼlumotga ega mutaxassislardir.

Maktabda 69ta toʻgarak tarkibidagi 139ta guruhda 1668 nafar oʻquvchi-yoshlar oʻzlari qiziqqan yoʻnalishlardagi toʻgarak mashgʻulotlarida qatnashish orqali qobiliyat va iqtidorlarini rivojlantirishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

Asosiy 7ta, yaʼni madaniyat va sanʼat, texnika konstruktorlik va modellashtirish, jismoniy tarbiya va sport, hunarmandchilik va qoʻl mehnati, turizm va ekologiya, oliy taʼlim muassasalari va maktab taʼlimiga tayyorlov, xorijiy tillar yoʻnalishlari boʻyicha faoliyat olib boruvchi 69ta toʻgarakda shugʻullanayotgan oʻquvchi-yoshlar orasida turli musobaqalar, koʻrik-tanlovlar gʻolib va sovrindorlari bor.

Joriy yilning 15-sentyabr sanasida “Barkamol avlod” bolalar maktabida “Buyuk kelajakka barkamol avlod bilan” shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri boʻlib oʻtdi. Yangi oʻquv yili boshlanayotgani munosabati bilan oʻtkazilgan “Ochiq eshiklar kuni” bayram tadbiriga Mangʻit shahridagi 40-, 82-, 76-, 31-sonli umumtaʼlim maktablarining oʻquvchi-yoshlari hamda mahallalardagi ota-onalar faollari taklif etildi.

Tadbir ishtirokchilari, avvalo, maktab oʻquvchi-yoshlarining tasviriy sanʼat, liboslar dizayni, robototexnika va konstruktorlik, yosh dasturchi, bichish-tikish, yumshoq oʻyinchoqlar, toʻqish va kashtachilik, badminton, shaxmat va shashka, stol tennisi, yosh oʻlkashunos va sayyoh, yosh ekolog va tabiatshunos hamda umumtaʼlim fanlari boʻyicha toʻgaraklarda egallagan mahorat, bilim va koʻnikmalari haqida hikoya qiluvchi koʻrgazma bilan yaqindan tanishdilar. Albatta, ota-onalar oʻz farzandlari tomonidan tayyorlangan va koʻrgazmaga qoʻyilgan buyumlarni, ularning turli bellashuv, koʻrik-tanlov va musobaqalarda erishgan yutuqlari haqida hikoya qiluvchi sovrinlarini faxrlanib tomosha qildilar.

Shundan soʻng, oʻquvchi-yoshlar “Barkamol avlod” bolalar maktabining milliy raqs, estrada-vokal toʻgaraklarida ustozlari rahbarligida oʻrgangan kuy-qoʻshiqlari va raqslaridan iborat kontsert dasturini namoyish etdilar. Kontsert dasturining milliy raqs yoʻnalishidagi qismida jajji raqqosa qizlar Xorazm xalq raqslarini, doira raqsi, Andijon polkasi, shuningdek, surxoncha hamda folklor raqslarini mahorat bilan ijro etib, tadbir ishtirokchilarining olqishlariga sazovor boʻldilar.

Estarada-vokal toʻgaragi aʼzolari tomonidan ijro etilgan Vatanni, onani, doʻstlik va tinchlikni, mustaqillikni madh etuvchi qoʻshiqlar ularning ota-onalariga zavq-shavq bagʻishladi, oʻz navbatida ota-onalar farzandlarining iqtidorli, bilimdon, hunarmand insonlar boʻlib kamol topayotganlaridan mamnun ekanliklarini izhor etdilar.

Robiya YOʻLDOShEVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019