16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:44
Sport 👁 334

MAS-RESTLING SPORT TURI BOʻYIChA 12-SONLI MAKTABDA MAHORAT DARSI BOʻLIB OʻTDI

MAS-RESTLING SPORT TURI BOʻYIChA 12-SONLI MAKTABDA MAHORAT DARSI BOʻLIB OʻTDI

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sportga ommaviy jalb qilish orqali yoshlarning salomatligini mustahkamlash, iqtidor va salohiyatini yuzaga chiqarishga doimiy ravishda eʼtibor qaratilib kelinmoqda.

Aholi oʻrtasida ayniqsa, maktab oʻquvchilari oʻrtasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni keng targʻib qilish borasida koʻpgina chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mahallalarda, koʻp qavatli uylar atrofida “Salomatlik yoʻlaklari”, maktablarda, mahallalarda sport maydonchalari qurilib, toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda.

27-sentyabr kuni tumanimizdagi 12-sonli umumtaʼlim maktabining zamonaviy sport zalida yangidan faoliyatini boshlagan mas-restling toʻgaragi aʼzolari uchun ushbu sport turi ustalari mahorat darsi oʻtkazishdi.

Mahorat darslarida Oʻzbekiston bodibilding, fitness va mas-restling Federatsiyasi bosh kotibi hamda Osiyo mas-restling Federatsiyasi bosh kotibi Farhod Matkarimov, mas-restling sport turi boʻyicha Oʻzbekiston bosh murabbiyi Ilyos Qodirov, ushbu sport turi boʻyicha bir necha bor Oʻzbekiston chempioni, jahon chempionati sovrindorlari, Osiyo chempionati gʻoliblari hamda xalqaro toifadagi sport ustalari, maktab rahbarlari, oʻqituvchilari, oʻquvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdilar.

Tadbirni maktab direktori Mahmud Qutlimuradov ochib berdi.

Oʻzbekiston bodibilding, fitness va mas-restling Federatsiyasi bosh kotibi hamda Osiyo mas-restling Federatsiyasi bosh kotibi Farhod Matkarimov soʻzga chiqib, bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarning sport bilan shugʻullanishlari uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar, chekka hududlarda yangidan qad rostlayotgan sport inshootlari va natijada sportning tobora ommalashayotgani haqida aytib oʻtdi.

Mas-restling sport turi boʻyicha bosh murabbiy Ilyos Qodirov soʻzga chiqib, navqiron avlodni jismonan sogʻlom, maʼnan yetuk hamda zamonaviy bilim va kasb-hunar sirlarini puxta oʻzlashtirgan mutaxassislar etib tarbiyalash, taʼlim maskanlarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash Prezidentimiz rahnamoligida taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning ustuvor yoʻnalishidan biri ekanligini aytib oʻtdi. Ushbu hudud yoshlarining sportga qiziqishlari inobatga olingan holda maktabda oʻz faoliyatini boshlagan mas-restling toʻgaragi aʼzolarining qisqa muddatda oʻyin texnikalarini yaxshi oʻzlashtirganiga alohida eʼtibor qaratildi.

Shundan soʻng toʻgarak aʼzolari uchun sport ustalari mahorat darsini oʻtkazishdi. Mashgʻulotlar davomida har bir ishtirokchi ushbu sport turi boʻyicha koʻproq bilim va malakaga ega boʻlishga harakat qilib, berilgan topshiriqlarni bexato bajarishga intildilar. Yoshlar oʻrtasida mas-restling sport turiga boʻlgan qiziqishlarini orttirish hamda targʻib qilish maqsadida tashkil etilgan mashgʻulotlarda 30 nafar oʻquvchi yoshlar shugʻullanib kelmoqda.

Mahorat darsidan keyin ishtirokchilarning ushbu sport turi boʻyicha kuchlarini va epchilliklarini sinovdan oʻtkazish maqsadida maxsus musobaqa tashkil etildi.

Musobaqada mahalladagi hokim yordamchisi Shahzod Karimov hamda maktab direktori homiyligida gʻolib ishtirokchilar qimmatbaho sovgʻa hamda diplomlar bilan taqdirlandilar.

Tuman hokimligi Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026