16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:44
Fan va taʼlim 👁 362

SEVIMLI USTOZ, FIDOYI OʻQITUVChI

SEVIMLI USTOZ, FIDOYI OʻQITUVChI

Oʻqituvchilik – sharafli, ammo mehnati mashaqqatli va masʼuliyatli kasbdir. Bu kasbni egallash uchun eng avvalo chuqur bilimga, katta mahoratga ega boʻlish bilan birga bolalarni sevish, zamon talablariga mos ravishda dunyoqarashni rivojlantirib borish kerak. Ana shunday fidoyi insongina ustoz boʻlib, yosh avlodni bilimlar dunyosi sari yetaklay oladi.

Inomjonning ham hali kichikligidan shu kasbga havasi baland boʻldi. Oʻzi taʼlim olgan Oq oltin ovulidagi 41-sonli maktabda boshlangʻich sinf paytlaridanoq, bilim olishga juda qiziqdi. Ziyrak va zukko bu oʻquvchini oʻqituvchilar ham juda yaxshi koʻrishar, qiziqib soʻragan har bir savoliga toʻliq javob berishga harakat qilishardi. U ulgʻaygani sari har bir fanni chuqurroq oʻrganishga, ilm olishga intilardi. Ayniqsa, tarix darsini juda yaxshi koʻrar, ustozining millat, yurt, xalq oʻtmishi haqidagi maʼruzalarini katta qiziqish bilan tinglardi. Uning eng birinchi ustozi – otasi, shu maktabning tarix fani oʻqituvchisi rahmatli Komil aka Hasanov edi. Ulgʻaygani sari yurtimiz va jahon tarixini oʻrganishga boʻlgan ishtiyoqi ortib bordi va taʼlim dargohini tugatib, otasi kabi tarix fani oʻqituvchisi boʻlishga ahd qildi.

Inomjon Tursunboyev 2011-yilda Nukus davlat pedagogika institutining tarix fakultetiga oʻqishga kirib, davlat granti asosida taʼlim oldi. U oliygohda oʻqish davrida ham eng iqtidorli talaba sifatida tanildi. 2015-yilda ushbu fakultetning “Tarix oʻqitish metodikasi” boʻlimini tamomladi va shu yili institut qoshida Amudaryo tumanida tashkil qilingan 3-sonli akademik litseyda ish boshladi. Ikki yil davomidagi ish faoliyatida litseydagi oʻquvchi-yoshlarga yurtimiz va jahon tarixini astoydil oʻrgatib, intiluvchanligi, tirishqoqligi, yangiliklar yaratishga ishtiyoqi balandligi, oʻz kasbining haqiqiy fidoyisi ekanligini koʻrsata bildi. U 2016-yilda Xalq Demokratik Partiyasi tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan “Yosh siyosatchi-2016” koʻrik-tanlovida qatnashib, tumanda 1-, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida faxrli 3-oʻrinni egalladi. Bilimli oʻqituvchidan taʼlim olgan litsey yoshlari nufuzli oliygohlar talabalari boʻlishdi va bu bilan taʼlim maskanining oʻzlashtirish koʻrsatkichlari ortishiga uning ham hissasi qoʻshildi.

Inomjon 2017-yildan oʻz ovulidagi 41-sonli maktabga tarix fani oʻqituvchisi boʻlib ishga keldi. Bilimdon va ishga chanqoq mutaxassisni maktabda ustozlar ham, oʻquvchilar ham bajonidil qabul qilishdi. U dastlabki kunlardanoq, dars jarayonlarida interfaol metodlardan, multimediyalardan foydalanib, oʻquvchilarning diqqat-eʼtiborini, qiziqishini jalb qila boshladi. Shu bilan birga jamoat ishlari, turli koʻrik-tanlovlarda ham faol ishtirok etib, oʻz iqtidorini koʻrsatishga harakat qildi.

U shogirdlaridan Gulnoz Gulmirzayeva 2017-yilda Fanlar olimpiadasida tarix fanidan qatnashib, tumanda 1-oʻrinni egallaganida bundan juda xursand boʻldi. Shu yili Gulnoz iqtidorli oʻquvchilar oʻrtasidagi “Innovatsion olimpiada”da ham ishtirok etib, tumanda 1-oʻrinni egalladi va Qoraqalpogʻiston respublika bosqichida ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Shundan soʻng, 2018-yilda Bilimlar bellashuvining tuman boqichida qatnashgan 7-sinf oʻquvchisi Nodirbek Bozorboyev gʻolib boʻlishga erishdi. 2017-2018 oʻquv yilida Inomjon maktabda tashkil qilgan toʻgarak aʼzolari, 10-11-sinf oʻquvchilari Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va maʼrifat markazi tomonidan tashkil etilgan “Yuksak maʼnaviyatli avlod” koʻrik-tanlovining “Prezident asarlari bilimdoni” yoʻnalishida tuman va Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida 1-oʻrinni egallashdi. Ketma-ket yutuqlarga erishayotgan yosh oʻqituvchi haqida “Jayhun ilhomlari” NNT tomonidan chop etilgan “Amudaryo yoshlari” nomli risolada “Orzulari ushalgan yigit” mavzusidagi maqola chop etildi.

Nafaqat maktabda, balki butun tumanda bilimdon ustoz, mohir pedagog sifatida tanila boshlagan Inomjonning oʻquvchilari 2018-2019 oʻquv yilida ham tarix fanidan Fanlar olimpiadasining maktab, tuman bosqichlarida 1-oʻrinni egallab, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida muvaffaqiyatli qatnashishdi. Shuningdek, 2020-2021 oʻquv yilida shogirdlari “Qoraoʻzak ochiq olimpiadasi”da qatnashib, tumanda 1-oʻrinni va Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida faxrli oʻrinni egallashdi. 2020-2021 oʻquv yilidagi Fanlar olimpiadasida ham oʻquvchilari Shoida Nurullayeva va Iroda Safarboyevalar tumanda 1-,2-oʻrinlarni egallab, Qoraqalpogʻiston bosqichida ham yuqori ball toʻplashdi. Keyingi 2021-2022 oʻquv yilida boʻlib oʻtgan Fanlar olimpiadasida oʻquvchilari Iroda Safarboyeva va Shahzoda Chorshamovalar tumanda 1-,2-oʻrinlarni egallab, Qoraqalpogʻiston bosqichida ham faol qatnashishdi. Oʻtgan 2022-2023 oʻquv yilida esa oʻquvchisi Shahzoda Chorshamova Fanlar olimpiadasining tuman bosqichida 1-oʻrinni egallab, Qoraqalpogʻiston bosqichida yuqori ball toʻpladi.

Bilimdon tarix oʻqituvchisi Inomjon Tursunboyev 2017-2018 oʻquv yilida “Yilning eng yaxshi fan oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovida qatnashib, tuman, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichlarida faxrli 1-oʻrinni egallab, Oʻzbekiston Respublikasi bosqichida muvaffaqiyatli qatnashdi. Shundan keyin u “Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlosi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Ovul yoshlarining sevimli ustozi 2020-2021 oʻquv yilida Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati miqyosida oʻtkazilgan “Iqtidorli oʻqituvchilar II olimpiadasi”da tuman jamoasi tarkibida qatnashgan boʻlsa, jamoa faxrli 1-oʻrinni egalladi. U 2022-yilda tarix fanidan oʻqituvchilar attestatsiyasida 94 ball toʻplab, oliy toifali oʻqituvchi boʻldi. Shuningdek, 2023-yilning mart oyida Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri tomonidan joriy qilingan va 9 oy davomida toʻlanadigan 5,5 mln. soʻmlik Maktabgacha va maktab taʼlim vaziri ustamasining test va suhbat jarayonlaridan muvaffaqiyatli oʻtib, mazkur ustamaga loyiq deb topildi. Inomjon shu yil may oyida umumtaʼlim fanlardan joriy qilingan Milliy sertifikat testida ham muvaffaqiyatli qatnashdi va tarix fanidan 3-yil davomida 20 foiz ustama olish huquqiga ega boʻldi.

Ustozlarning har bir sabogʻi shu aziz Vatanni, muqaddas tuproqni, ota-onani sevishga, qadrlashga oʻrgatadi, ular oldidagi burchni bajarishga, masʼullikka undaydi. Hali yosh boʻlishiga qaramasdan shuncha yutuqlarni qoʻlga kiritgan fidoyi oʻqituvchi Inomjon Tursunboyev ham yosh avlodni eng avvalo shu yurtga, uning buyuk kelajagiga munosib vorislar qilib tarbiyalashga harakat qilmoqda. Ishonamizki, undan ilm oʻrganayotgan yoshlar va bugun nufuzli oliygohlarda taʼlim olayotgan shogirdlari oʻzi kabi kasbining mohir ustasi boʻlib yetishadi va yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshishadi.

Fursatdan foydalanib, jonkuyar oʻqituvchi Inomjon Tursunboyev va 41-sonli maktab jamoasini, yurtimizdagi barcha ustozlarni 1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan tabriklab, xayrli va mashaqqatli ishlarida omad hamda zafarlar yor boʻlishini tilab qolamiz!

O.Xudoyberganova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019