16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 16:50
Fan va taʼlim 👁 256

KELAJAKKA MUNOSIB AVLOD TARBIYaLASh – USTOZ VA MURABBIYLAR ZIMMASIDAGI ShARAFLI VAZIFA

KELAJAKKA MUNOSIB AVLOD TARBIYaLASh – USTOZ VA MURABBIYLAR ZIMMASIDAGI ShARAFLI VAZIFA

Yangilanayotgan Oʻzbekiston ravnaqi yosh avlodga berilayotgan taʼlim va tarbiya bilan uzviy bogʻliq boʻlgani uchun yurtimizda taʼlim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Soʻnggi yillarda yoshlarning jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va maʼnaviy jihatdan yetuk insonlar boʻlib voyaga yetishlarini taʼminlash, ularning qobiliyat va isteʼdodi, intellektual salohiyatini roʻyobga chiqarish, qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuygʻularini kamol toptirish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi.

Tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tizimida 85ta umumiy oʻrta taʼlim maktablari, 1ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi mavjud. Shuningdek, 134ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyat yuritayotgan boʻlib, shundan 52 tasi davlat, 78tasi oilaviy, 4tasi davlat-xususiy sheriklik asosidagi tashkilotlar hisoblanadi.

Maktablar quvvati 32635-oʻrinli, oʻquvchi soni esa 38813 nafarga yetgan. Tumandagi 3-7 yosh bolalar soni 17019 nafar, shundan MTTlarga qamrab olingan bolalar soni 12250 nafarni, qamrov 72 foizni tashkil qiladi.

Oʻtgan oʻquv yilida 2750 nafar oʻquvchi 11-sinfni bitirgan boʻlsa, ulardan 1440 nafari turli OTMlarga talabalikka qabul qilindi. Maktablar oʻrtasida 40-sonli va 56-sonli maktablarda bu boradagi koʻrsatkich 100 foizgacha yetkazilib, nafaqat tumanda, balki respublikada yuqori natijalarni qayd qilishdi.

Yosh avlodga taʼlim-tarbiya berish yoʻlida tumanimiz maktablarida 4061 nafar tajribali ustozlar fidokorona mehnat qilib

kelishmoqda.

Ularning 293 nafari oliy toifali, 759 nafari 1-toifa, 1178 nafari 2-toifa, 1720 nafari mutaxassis, 111 nafari oʻrta maʼlumotli oʻqituvchilardir. Hozirgi kunda 284 nafar oʻqituvchilar Xalqaro va Milliy sertifikatlarga ega. 

Yangi oʻquv yiliga qadar Jumurovul mahallasidagi 45-sonli maktab 3,5 mlrd. soʻm mablagʻga mukammal taʼmirlandi. “Tashabbusli byudjet” loyihasida gʻolib boʻlgan 1-, 31-sonli maktablarda umumiy joriy taʼmirlash, 44-, 86-sonli maktablarda isitish tizimini taʼmirlash va plastik romli derazalar oʻrnatish ishlari boshlandi. Shuningdek, Respublika byudjetidan qoʻshimcha ajratiladigan mablagʻlar hisobidan 6ta maktabda 17,2 mlrd. soʻmlik qurilish-taʼmirlash ishlari olib borildi.

Undan tashqari, oʻtgan yili mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan 4 ta maktab zarur jihozlar bilan taʼminlandi. Koreya Respublikasining Eksimbank grantlari hisobidan 6 ta maktabga 96 dona, respublika byudjeti hisobidan 17 ta maktabga 176 dona zamonaviy kompyuter jamlanmalari yetkazib berildi.

Taʼkidlash joizki, davlatimiz tomonidan taʼlim sohasiga qaratilayotgan alohida eʼtibor samarasi tumanimiz maktablari oʻqituvchi va oʻquvchilari yutuqlarida oʻz ifodasini topmoqda. Taʼlim vaziri jamgʻarmasi hisobidan toʻlanadigan ustama uchun oʻtkazilgan tanlovda ishtirok etgan 7 nafar pedagoglarimiz har oyda 5 mln. soʻm miqdorida ustama olish huquqiga ega boʻlishdi. 35-sonli maktab oʻquvchisi B.Samandarova Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Sportning qoʻl jangi turi boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida 15-sonli maktab oʻquvchisi A.Sotiboldiyeva va 83-sonli maktab oʻquvchisi Lobar Jumaboyevalar 1-oʻrinni qoʻlga kiritdilar. “IT BILIMDON” tanlovining Qoraqalpogʻiston bosqichida 12-sonli maktab oʻquvchisi Sh.Poʻlatboyev faxrli 1-oʻrin sohibi boʻldi. Oʻtgan oʻquv yilidagi Fanlar olimpiadasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida 59-sonli maktab oʻquvchisi S.Umarov kimyo fanidan 3-oʻrinni egalladi. 32-sonli va 33-sonli maktablar “Zamonaviy maktab” loyihasining III darajali sertifikati bilan taqdirlandi.

Kelgusidagi rejalarimiz haqida toʻxtaladigan boʻlsak, 2023-yil yakuniga qadar tizimga tadbirkorlarni jalb qilgan holda 10ta oilaviy NMTT tashkil qilish orqali jami 250 nafar bolalar MTTlarga qamrab olinib, qamrov koʻrsatkichini 12 487 nafarga, yaʼni  73,4 foizga yetkazish koʻzda tutilgan. Shuningdek, 2023-2024-yillar davomida 29ta maktabdagi maʼnan eskirgan kompyuter sinflarni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan taʼminlash rejalashtirilgan. Taʼlim sifatini oshirish maqsadida maktablarda faoliyat yuritayotgan oliy toifali 295 nafar  va I malaka toifali 789 nafar oʻqituvchilar sonini mos ravishda 15 foiz va 20 foizga yetkazish choralari ham koʻriladi.

Yosh avlodni komil inson etib tarbiyalash yoʻlida mehnat qilayotgan oʻqituvchi va murabbiylar har qancha ehtiromga loyiq boʻlgan ulugʻ insonlardir. Fursatdan foydalanib, kelajakka munosib, komil insonlarni voyaga yetkazishdek masʼuliyatli va sharafli vazifani zimmasiga olib, fidokorona mehnat qilib kelayotgan hamkasblarimni, ustoz va murabbiylarni qutlugʻ bayram bilan muborakbod etaman. Kasbingizda ulkan yutuqlar, muvaffaqiyatlar, xonadoningizga doimiy xotirjamlik va sihat-salomatlik tilab qolaman.

Saida Sadikova,

tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi mudiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019