24.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.08.2026, 13:41
Fan va taʼlim 👁 29

Beshinchi Ustozlar milliy forumining plenar yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Amudaryo tumanida “Sifatli taʼlim – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida beshinchi Ustozlar milliy forumining plenar yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Mazkur yirik taʼlim anjumanida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi vakillari, tuman hokimligi mutasaddilari, maktab direktorlari, ilgʻor pedagoglar hamda keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdi.

Bu galgi milliy forum yangi oʻquv yili oldidan soha xodimlari uchun oʻzaro tajriba almashish, erishilgan yutuqlarni sarhisob qilish va istiqboldagi strategik rejalarni belgilab olish uchun muhim muloqot maydoni vazifasini oʻtadi.

Tadbirda eʼtirof etilganidek, joriy yil davomida tuman xalq taʼlimi tizimida moddiy-texnik bazani mustahkamlash va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilgan boʻlsa-da, bu yoʻldagi eng asosiy yutuq va harakatlantiruvchi kuch – oʻz kasbining chinakam ustasi boʻlgan fidoyi pedagoglardir.

Anjumanda taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, xususan, darslarda quruq yodlatish usulidan butkul voz kechib, oʻquvchilarda tanqidiy fikrlash va amaliy koʻnikmalarni shakllantirish bosh maqsad sifatida belgilandi. Shuningdek, yoshlarni yuksak maʼnaviyatli va vatanparvar insonlar qilib tarbiyalash, maktab hayotida raqamli taʼlim hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish masalalariga alohida urgʻu berildi.

Kadrlar salohiyatiga toʻxtaladigan boʻlsak, 2026-yil 1-avgust holatiga koʻra, tumandagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarida jami 4089 nafar pedagog faoliyat yuritmoqda va ularning 2972 nafarini, yaʼni 73 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Quvonarlisi, maktab oʻqituvchilarining 4014 nafari, yaʼni 98,2 foizi oliy maʼlumotli, 28 nafari tugallanmagan oliy va 57 nafari oʻrta maxsus maʼlumotga ega mutaxassislardir. Malaka toifalari kesimida esa 446 nafar pedagog oliy, 912 nafari 1-toifa, 1172 nafari 2-toifa hamda 1484 nafari mutaxassis toifasiga ega boʻlib, toifasizlar soni bor-yoʻgʻi 75 nafarni tashkil etadi. Shu bilan birga, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida mehnat qilayotgan 935 nafar tarbiyachining 846 nafari ayollardir. Bogʻcha pedagoglarining 419 nafari oliy maʼlumotli, 126 nafari tugallanmagan oliy, 390 nafari esa oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlib, ulardan 9 nafari oliy, 22 nafari 1-toifa, 68 nafari 2-toifa va 836 nafari mutaxassis darajasidagi kadrlardir.

Kunning ikkinchi yarmida tuman Madaniyat boʻlimi binosida beshinchi Ustozlar milliy forumining plenar yigʻilishi ishtirokchilari bilan umumiy yigʻilish oʻtkazildi. Unda soʻzga chiqqan masʼullar tuman boʻyicha yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik koʻrish doirasida ulkan qurilish va taʼmirlash ishlari amalga oshirilganini alohida taʼkidlab oʻtishdi. Jumladan, 2025-yilgi investitsiya dasturiga asosan Choykoʻl ovulidagi 59-maktabda loyiha qiymati 4 milliard 687 million soʻm boʻlgan 180 oʻrinli bino hamda sport zali barpo etilgan boʻlsa, Boʻzyop ovulidagi 68-maktabda 5 milliard 950 million soʻm evaziga 330-oʻrinli oʻquv majmuasi va sport zali qurib bitkazildi. Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkilotining maxsus dasturi doirasida esa jami 24 milliard 902 million soʻm mablagʻ yoʻnaltirilib, Olmazor mahallasida 120-oʻrinli, Farovon mahallasi hududida 90-oʻrinli, Arna boʻyi mahallasida 150-oʻrinli va Doʻstlik mahallasida 240-oʻrinli 4 ta yangi maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi qad rostladi.

Investitsiya dasturi va xalqaro bank mablagʻlari hisobidan 30-, 39-, 65-maktablarda jami 1410-oʻrinli binolar rekonstruktsiya qilinib, 37-sonli maktab binosida kapital rekonstruktsiya, 32-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida esa 90 oʻrinli binoni taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, Beshtom mahallasi va Oq oltin ovulida 150-oʻrinli 2 ta yangi bogʻcha binosi, 57-sonli maktabda qoʻshimcha 120-oʻrinli bino va sport zali, 64-sonli maktabda 330-oʻrinli qoʻshimcha bino va sport zali, 17-sonli bogʻchada esa 90-oʻrinli yangi bino qurilishi jadal surʼatlarda davom etmoqda.

Pedagoglarni moddiy ragʻbatlantirish tizimi ham oʻzining yuksak samarasini koʻrsatmoqda. 2026-yilgi bahorgi attestatsiya natijalariga koʻra, 73 nafar oʻqituvchi 86 va undan yuqori ball toʻplashga muvaffaq boʻlib, 2-yil davomida maoshiga 70 foizlik ustama olish huquqini qoʻlga kiritdi. Eng muhimi, Vazir jamgʻarmasi hisobidan 2026-2027 oʻquv yilida eng yuqori ball toʻplagan 20 nafar malakali pedagog har oylik 7 million 480 ming soʻmlik ustamaga sazovor boʻldi. Bundan tashqari, bugungi kunda tumandagi 341 nafar ingliz tili oʻqituvchisining 215 nafari, yaʼni 63 foizi xalqaro yoki milliy sertifikatlarga ega. Tadbir davomida ana shunday fidoyi va intiluvchan oʻqituvchilar faxriy yorliqlar va esdalik sovgʻalari bilan mukofotlandi.

Oʻquvchilarning erishgan natijalari ham tahsinga sazovor boʻlib, 2025-2026 oʻquv yilida fan olimpiadasining respublika bosqichida tuman yoshlari 7 ta sovrinli oʻrin bilan umumjamoa hisobida 6-oʻrinni egallashdi. Biroq, olimpiadaning Oʻzbekiston bosqichida sovrinli oʻrinlarning yoʻqligi oldindagi eng muhim vazifalardan biri boʻlib qolmoqda.

Oliy taʼlimga qamrov masalasida 3298 nafar bitiruvchi oʻquvchidan 2789 nafari hujjat topshirib, 854 nafari, yaʼni 25,9 foizi talaba boʻldi. Shundan 223 nafari grant, 631 nafari kontrakt asosida oʻqishga kirgan boʻlsa, kirish imtihonlaridagi oʻrtacha ball 87,6 ni tashkil qildi.

Joriy oʻquv yilida 4400 nafardan ortiq bola 1-sinfga chiqishi kutilmoqda va 12 nomdagi Prezident sovgʻalari maktablarga toʻliq yetkazib berildi. Taʼlim jarayonida 22 ta maktab, yaʼni umumiy miqdorning 25 foizi yangi baholash tizimiga oʻtgan boʻlsa, yangi oʻquv yilidan yana bir qator maktablar ushbu zamonaviy tizimga jalb etiladi.

Tumandagi taʼlim muassasalari jamoalari va tajribali pedagoglar turli koʻrik-tanlovlar hamda loyihalarda ham peshqadamlik qilmoqda. “Aʼlo maktab” loyihasida 40-, 22-, 56-, 6- va 71-sonli maktablar yetakchilik qilib, tuman 118,6 ball bilan Qoraqalpogʻistonda 6-oʻrinni band etib turibdi. “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovida tuman mintaqada 3-oʻrin egallagan.

Beshinchi Ustozlar milliy forumining plenar yigʻilishi kelgusi oʻquv yili uchun ulkan marralarni va aniq strategiyani belgilab berdi. Yangi oʻquv yilida har bir ustozdan masʼuliyat, yangicha yondashuv va yuqori shijoat talab etiladi. Zero, ustozlarning mashaqqatli mehnati va fidoyiligi orqaligina yurtimiz dovrugʻini dunyoga tanitadigan komil insonlar yetishib chiqishi shubhasiz.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026 Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi Shoir Poʻlat Xudoyberganov ijodiga bagʻishlab sheʼriyat kechasi oʻtkazildi 17.08.2026 Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar Yoshlar bilan uchrashuv: sport, taʼlim va yangi imkoniyatlar 14.08.2026 Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021