16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:47
Jamiyat 👁 258

Amudaryoda “Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining tuman bosqichi yuqori saviyada oʻtkazildi

Amudaryoda “Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining tuman bosqichi yuqori saviyada oʻtkazildi

Bugun, payshanba kuni, Yoshlar kuni munosabati bilan Amudaryo tumanida “Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovining tuman bosqichi koʻtarinki ruhda va yuqori saviyada tashkil etildi. Yoshlarning kasbiy bilim va koʻnikmalarini namoyon etish, ularning mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis boʻlib shakllanishini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan mazkur tanlov tuman yoshlari hayotidagi muhim tadbirlardan biriga aylandi.

Tadbirda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov boshchiligidagi rahbarlar, mutasaddi tashkilotlar vakillari, mahallalar yoshlar yetakchilari hamda faol yoshlar ishtirok etdi. Soʻzga chiqqanlar mamlakatimizda yoshlar siyosatini izchil amalga oshirish, ularga zamonaviy kasb-hunarlarni egallash uchun keng imkoniyatlar yaratish hamda tashabbuskor va intiluvchan yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida alohida toʻxtalib oʻtdilar.

Taʼkidlanganidek, bugungi kunda Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining muhim omillaridan biri – bu malakali, bilimli va zamon talablariga mos kadrlarni tayyorlashdir. Shu maʼnoda, “Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi yoshlarning kasbga boʻlgan qiziqishini oshirish, ularning amaliy koʻnikmalarini sinovdan oʻtkazish va eng iqtidorli yoshlarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Mazkur tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026- yil 8-apreldagi 152-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilib, bir necha yoʻnalishlarda oʻtkazildi. Har bir yoʻnalishda ishtirokchilar oʻz bilim va mahoratini amaliy topshiriqlar orqali namoyish etib, hakamlar hayʼati tomonidan baholab borildi.

Grafik dizayn yoʻnalishi boʻyicha bellashuv tumanidagi IT markazda tashkil etildi. Ushbu yoʻnalishda qatnashgan yoshlar zamonaviy grafik dasturlar yordamida kreativ loyihalar yaratib, oʻzlarining ijodiy fikrlashi, dizaynerlik yondashuvi va raqamli texnologiyalar boʻyicha bilimlarini namoyon etdilar. Tayyorlangan ishlar innovatsion gʻoyalar va milliy qadriyatlarni zamonaviy uslubda aks ettirgani bilan ahamiyat kasb etdi.

Tibbiy va ijtimoiy parvarish yoʻnalishi boʻyicha tanlov tuman tibbiyot boʻlimida oʻtkazildi. Bu yerda ishtirokchilar bemorlarga xizmat koʻrsatish madaniyati, birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, parvarish jarayonlarini toʻgʻri tashkil etish hamda kasbiy etikaga oid bilim va koʻnikmalarini amalda namoyish etdilar.

Sartaroshlik kasbi boʻyicha musobaqa esa Beruniy mahallasida joylashgan “Dilxushoy” oilaviy korxonasiga qarashli sartaroshxonada tashkil etildi. Ishtirokchilar zamonaviy va milliy uslubdagi soch turmaklarini yaratish, mijozlar bilan ishlash madaniyati hamda xizmat koʻrsatish sifati borasidagi mahoratlarini namoyish etdilar. Hakamlar hayʼati tomonidan ishlarning sifati, estetik koʻrinishi va ijodkorlik darajasiga alohida eʼtibor qaratildi.

Tanlov davomida yoshlar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhiti shakllanib, ular oʻzaro tajriba almashish, yangi bilim va koʻnikmalarni egallash imkoniyatiga ega boʻldilar. Ayniqsa, kasbiy mahoratning amaliy jihatlariga katta eʼtibor qaratilgani ishtirokchilarning kelgusidagi faoliyatida muhim tajriba vazifasini oʻtashi bilan ahamiyatlidir.

Shubhasiz, “Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi nafaqat yoshlarning kasbiy salohiyatini yuzaga chiqarish, balki mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshadigan malakali mutaxassislarni tarbiyalash yoʻlidagi muhim qadamlardan biri boʻlib xizmat qilmoqda.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019