16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:44
Salomatlik 👁 318

SEMINARDA BOTULIZM KASALLIGINING OLDINI OLIShGA DOIR MAʼLUMOTLAR BERILDI

SEMINARDA BOTULIZM KASALLIGINING OLDINI OLIShGA DOIR MAʼLUMOTLAR BERILDI

Botulizm ovqatdan zaharlanishning ogʻir turi hisoblanadi. Juda ogʻir kechadigan ushbu kasallikning oldini olish boʻyicha aholi oʻrtasida tushuntirish-targʻibot ishlari muntazam ravishda oʻtkaziladi.

29-sentyabr kuni tumandagi 38-sonli maktabda “Kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlar, tarqalishi mumkin boʻlgan kasalliklar va ularning oldini olish” mavzusida seminar tashkil etildi. Ushbu seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boʻlim boshligʻi Siroj Abduvohidov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boʻlim boshligʻi Ilhom Boynazarov, tuman FVB hamda SEO va JS boʻlimlari masʼullari qatnashishdi.

Seminarda ovqatdan zaharlanish, botulizm va quturish kasalligini keltirib chiqaruvchi sabablar, ulardan saqlanish va oldini olish choralari xususida soʻz yuritildi.

Taʼkidlanganidek, asosan qishda aholi tomonidan konservalangan mahsulotlar isteʼmoli koʻpayishi, hayvonlarning migratsiya jarayoni kuchayishi va urchish jarayoni kechishi fuqarolar salomatligi muhofazasiga jiddiy eʼtibor qaratishni taqozo etadi. Ovqatdan zaharlanishning eng ogʻir shakli boʻlgan botulizm kasalligining qoʻzgʻatuvchisi tabiatda keng tarqalgan. Bu mikrob kislorodsiz muhitda, yaʼni konservalangan mahsulotlarda koʻpayadi. Botulizm ogʻir kechishi va oʻlim koʻrsatkichlari yuqoriligi sababli unga qarshi jiddiy chora koʻrish talab etiladi. Bu kasallikni emlab yoki antibiotiklar bilan davolab boʻlmaydi. Shu sababli oldini olish choralarini koʻrishga alohida eʼtibor qaratilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Seminar davomida aholi oʻrtasida keyingi paytlarda ovqatdan zaharlanish holatlari haqidagi xabarlar koʻpaygani, tibbiyot xodimlari uy sharoitida konserva mahsulotlari tayyorlamaslik haqida koʻp bora ogohlantirishiga qaramasdan bunday holatlar sodir boʻlishi kamaymayotgani eʼtirof etildi. Botulizmning oldini olish uchun sanitariya talablariga javob beradigan mahsulotlardan tayyorlangan taomlarni isteʼmol qilish lozimligi, har bir oila aʼzosi shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etishi, ovqat tayyorlaydigan inson mahsulotlarni isteʼmolga yaroqliligiga ishonch hosil qilgandan soʻng ishlatishi kerakligini keng aholi qatlamiga yetkazish choralarini koʻrish boʻyicha tavsiyalar berildi.

Maʼlumki, konserva qilinadigan ayrim sabzavot mahsulotlari, yaʼni piyoz, sarimsoqpiyoz, karam, pomidor, bodring, baqlajon, har xil koʻkatlar yerda oʻsgani uchun mikroblar bilan ifloslanadi. Ishlov berish texnologiyasi buzilganda shu mikroblar tayyor mahsulotga oʻtib, unda koʻpaya boshlaydi. Sabzavot va meva konservalari mikroblar oʻsishi uchun qulay sharoit hisoblanadi. Shuning uchun ham bunday ifloslangan mahsulotlarni bilmasdan isteʼmol qilish zaharlanishga olib kelishi, ayrim hollarda kuchli zaharlanishdan oʻlim roʻy berishi ham mumkin.

Seminarda ishtirok etgan soha xodimlari ana shunday vaziyatlarda zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerakligini, aks holda, kasallikning ogʻir shakllari – yurak, qon-tomir va nafas tizimi xastaliklari yuzaga kelishi, buning natijasida bemorning hayoti xavf ostida qolishi, kasallikni uy sharoitida davolash ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aholi oʻrtasida imkon qadar kengroq tushuntirib borish lozimligini taʼkidlashdi. Shuningdek, sogʻlom turmush tarziga, sogʻlom ovqatlanish qoidalariga rioya qilish, botulizm kasalligining oldini olish boʻyicha profilaktik tadbirlar haqida tushunchalar berib oʻtishdi. Odamlar va hayvonlar orasida kuz-bahor oylarida uchraydigan yana bir kasallik – quturishning oldini olish borasida ham hamkorlikda harakat qilish, mavjud muammolarni joyida bartaraf qilish, qolaversa, quturish kasalligining alomatlari paydo boʻlganda, ushbu kasallikning oldini olish choralari toʻgʻrisida ham atroflicha soʻz yuritildi.

Seminarda ishtirokchilar kuz-qish mavsumida tarqalishi mumkin boʻlgan kasalliklar va ularning oldini olish choralari haqida batafsil maʼlumotlarga ega boʻldilar.

A.Utebayev, tuman FVB boʻlinma boshligʻi

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026