16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:49
Qishloq xoʻjaligi 👁 203

“Ahmedov Rajabboy” fermer xoʻjaligida paxta yigʻim-terimi avjida

“Ahmedov Rajabboy” fermer xoʻjaligida paxta yigʻim-terimi avjida

Ayni kunlarda barcha joylarda boʻlgani kabi Amudaryo tumanidagi paxta dalalarida ham yil-oʻn ikki oy fidoyilik bilan qilingan mehnatlar evaziga bunyodga kelagn paxta hosilini yigʻib-terib olish uchun harakat qilayotgan fermer xoʻjaliklari xirmoni kun sayin yuksalmoqda.

Amudaryolik paxtakorlar kuzning quyoshli kunlarini gʻanimat bilib, dalalarda oppoq boʻlib ochilib turgan hosilni tezroq yigʻib-terib olish maqsadida tinimsiz mehnat qilmoqdalar. Uyushmagan ishsiz aholi ham paxta yigʻim-terimi mavsumida mehnat qilishib, yaxshigina daromad olishmoqda.

“Ahmedov Rajabboy” fermer xoʻjaligi aʼzolari ham mavsumni uyushqoqlik bilan oʻtkazmoqdalar. Fermer xoʻjaligi ayni kunlarda paxta topshirish boʻyicha yillik kontraktatsiya shartnomasi shartlarini bajarish arafasida turibdi.

Mazkur fermer xoʻjaligining 81 gektar maydoniga erta bahorda chigit ekilgan edi. Mazkur maydonlarda bir tekis unib chiqqan nihollar sifatli parvarish qilinib, moʻl hosil bunyodga kelishiga erishildi.

Shu kungacha xoʻjalik dalalaridan 180 nafar pudratchilari koʻmagida 250 tonna paxta terib olindi. Mazkur fermer xoʻjaligi masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Amudaryotex” xorijiy korxonasi paxta-toʻqimachilik klasteri bilan jami 275 tonna paxta topshirish boʻyicha kontraktatsiya shartnomasini tuzgan. Ushbu shartnomaga muvofiq shu kungacha 250 tonnaga yaqin paxta xom ashyosi yetkazib berildi. Terim shu surʼatda davom etsa, shartnoma shartlari yaqin kunlarda ado etiladi. Shu sababli ayni kunlarda fermer xoʻjaligi dalalarida paxta yigʻim-terimi ishlari qizgʻin davom etmoqda.

Kuz ­– dehqonlarning yil boʻyi qilgan mehnatlari sarhisobini qiladigan fasl hisoblanadi. Bu davrda yetishtirilgan hosil yigʻishtirib olinib, kelgusi yil dehqonchiligiga tayyorgarlik koʻriladi. Fermer-dehqonlarning yil boʻyi qilgan mehnati bugun oʻz samarasini bermoqda. Ularning mashaqqatli mehnati evaziga yetishtirilgan paxtani terimchilar yogʻin-sochinli kunlarga qoldirmasdan terib olish hamda oilalariga qoʻshimcha daromad keltirishga astoydil harakat qilishmoqda. Kuniga 80-100 kilogrammgacha paxta terib, tumanimiz paxta xirmoni yuksalishiga oʻz hissalarini qoʻshayotgan terimchilar talaygina. Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, joriy yilda amudaryolik paxtakorlar oʻz oldilariga ulkan marralarni qoʻygan. Masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Amudaryotex” xorijiy korxonasi paxta-toʻqimachilik klasteri bilan 348ta paxtachilik fermer xoʻjaliklari oʻrtasida shartnomalar tuzilib, jami 13 ming 900 gektar maydonga tumanimiz iqlim sharoitiga mos serhosil paxta navlari ekilgan edi.

Gʻoʻza tarbiyasi bilan bogʻliq barcha ishlar agrotexnika qoidalariga muvofiq tashkil etilgani, yetishtirilgan hosilni qisqa muddatlarda yigʻib-terib olish boʻyicha terim otryadlari tashkil qilinib, ularga yordamchi-terimchilar biriktirilgani amudaryoliklarning mehnat zafariga zamin yaratmoqda.

Yurtimizda paxta xirmonining yuksalishiga hissa qoʻshish oilaga foyda, roʻzgʻorga baraka keltiradigan daromad manbaiga aylanib bormoqda. Paxta yigʻim-terimida faol ishtirok etib, mablagʻ topib, roʻzgʻoriga baraka kiritayotgan terimchilar buni oʻz hayotlarida yaqqol his etishmoqda.

Terimchi, ishchi va hasharchilarga har kuni tushlik mahali issiq ovqat, choy beriladi. Terim pullarining oʻz vaqtida berib borilayotgani, ilgʻor terimchilarga ragʻbat sifatida taqdim etilayotgan turli sovgʻalar ularning gʻayratiga gʻayrat qoʻshmoqda.  

Sevara ISMOILOVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019