16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:48
Qishloq xoʻjaligi 👁 235

Ekinlarni toʻqsonbosti usulida ekish boʻyicha hududiy seminarlar oʻtkazildi

Ekinlarni toʻqsonbosti usulida ekish boʻyicha hududiy seminarlar oʻtkazildi

Aholining ertaki sabzavot mahsulotlariga boʻlgan talabini toʻliq qondirish maqsadida hosildan boʻshagan maydonlarga sovuqqa chidamli piyoz va sarimsoqpiyoz kabi ekinlarni toʻqsonbosti usulida ekish ishlari qizgʻin surʼatlarda olib borilmoqda.

15-oktyabr kuni Amudaryo tumanining Qilichboy ovuli hududida faoliyat yurituvchi “Amirxon” fermer xoʻjaligida piyoz, sarimsoqpiyoz ekinlarini toʻqsonbosti usulida ekish boʻyicha seminar boʻlib oʻtdi.

Dehqonchilikning toʻqsonbosti usuli yaxshigina daromad manbai hisoblanadi. Bu usulda qishning toʻqson kuni nazarda tutilgan boʻlib, qish va bahor oylarida ham bozorlarimiz toʻkin-sochin, narx-navo barqaror boʻlishida qoʻl keladi. Xalqimizda “Toʻqsonda sugʻorsang, toʻqson botmon hosil olasan”, degan naql bejizga aytilmagan. Kuzda ekilib, qor ostida qoldirilgan sabzavot ekinlari urugʻlari erta koʻklamda yerdan juda barvaqt unib chiqib, tez rivojlanishi hisobiga erta hosil beradi.

Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari Botir Togʻayev, Prezident Administratsiyasi ishchi guruh aʼzosi Sunatillo Sobirov, tuman hokimining Qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Anvar Yoʻldoshev hamda fermer xoʻjaliklari rahbarlari, mahalla va ovul fuqarolar yigʻinlari raislari qatnashdilar.

Seminarda 2024-yil hosili uchun fermer va dehqon xoʻjaliklarida piyoz va sarimsoqpiyoz ekinlarini toʻqsonbosti usulida ekishning oʻziga xos jihatlari, bu borada eʼtibor qaratish lozim boʻlgan agrotexnik talablar haqida hamda dala chetiga uzum, tut nihollarini oʻtqazish boʻyicha tushunchalar berildi.

Toʻqsonbosti usulida yetishtirilgan sabzavotlarning erta bahorda bozori chaqqon boʻlishi hech kimga sir emas. Ushbu masalaga hukumatimiz tomonidan ham alohida eʼtibor qaratilib, aholining sogʻlom ovqatlanishi, xalqimiz dasturxoni yil davomida har xil sabzavot mahsulotlari bilan taʼminlanishi bugungi kunning dolzarb masalasi sifatida eʼtirof etilmoqda. Bu borada Amudaryo tumanida ham qizgʻin ishlar olib borilmoqda.

Aytish joizki, keyingi yillarda respublikada tumanlarning ixtisoslashuvi, mintaqalarning tuproq-iqlim sharoitlari va suv bilan taʼminlanishi hamda boshqa omillarni eʼtiborga olgan holda qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirishga alohida eʼtibor berib kelinmoqda. Shundan kelib chiqqan holda bu yil tuman boʻyicha jami 1777 gektar maydonga piyoz, sarimsoqpiyoz kabi ekinlarni toʻqsonbosti usulida ekish rejalashtirilgan.

Oq oltin, Xolimbeg, Qilichboy, Doʻrman ovullarida bu borada ishlar yaxshi tashkil etilib, hududlardagi mehnatkash fermer, dehqon xoʻjaligi rahbarlari va tomorqa yer egalari har qarich yerdan samarali foydalanishmoqda.

Xususan, Oqoltin ovuli hududida 44,9 gektar yerga toʻqsonbosti usulida ekinlar ekish rejalashtirilgan. Hozirda 38,2 gektar yerdagi ekish ishlari yakunlandi.

Ekinlarni toʻqsonbosti usulida ekish fermer va dehqonlarga daromad keltirishi bilan birga, bozorlarimizda narx-navo barqarorligini taʼminlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shularni inobatga olgan holda amudaryolik dehqon va fermerlar hamda tomorqachilar kuzning iliq kunlaridan foydalangan holda ekish ishlarini qisqa fursatlarda yakunlash uchun barcha choralarni ishga solishmoqda.

Tuman hokimligi Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019