16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:35
Adabiyot 👁 363

AMUDARYo TELEVIDENIYeSI VA AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI XODIMLARI HAMKORLIGIDA INFOLIB – OʻZBEKISTON-23 HAFTALIGI DOIRASIDA KUTUBXONAGA SAYoHAT UYuShTIRILDI

AMUDARYo TELEVIDENIYeSI VA AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI XODIMLARI HAMKORLIGIDA INFOLIB – OʻZBEKISTON-23 HAFTALIGI DOIRASIDA KUTUBXONAGA SAYoHAT UYuShTIRILDI

Mamlakatimizda 23-27-oktyabr kunlari Infolib Oʻzbekiston – 2023  XII milliy Axborot-kutubxona haftaligi haqiqiy kitobsevarlik, ijodkorlik bayrami sifatida keng nishonlanmoqda. Haftalik doirasida ilmiy-amaliy anjumanlar, zamonaviy Axborot-kutubxona xizmatlarini yoʻlga qoʻyish borasidagi innovatsion loyihalar taqdimotlari, kutubxonachilarda yosh kutubxonalar uchun kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalanish boʻyicha seminar oʻquv-mashgʻulotlari, taniqli yozuvchilar, shoirlarning yangi asarlari taqdimotiga bagʻishlangan adabiy uchrashuvlar, ijodkorlar bilan dildan suhbat tadbirlari, yosh kitobxonlarning Axborot-kutubxona markazlariga sayohatlari tashkil etilib, bu tadbirlarga koʻplab kitobxon yoshlar qamrab olinmoqda.

Joriy yilning 25-oktyabr sanasida Amudaryo tuman Axborot-kutubxona markazida Infolib Oʻzbekiston – 2023 XII milliy Axborot-kutubxona haftaligi doirasida yosh kutubxonachilar III forumi oʻtkazildi. Amudaryo televideniyesining “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” grant-loyihasi ijodkorlaridan biri, Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira Robiya Yoʻldosheva bilan hamkorlikda mazkur haftalik doirasida tashkil etilgan tadbirda Axborot-kutubxona Markazi xodimlari, kitobxon yoshlar, “Jayxun ilhomlari” NNT aʼzosi shoira Zuhra Ahmedova hamda 55-sonli maktab oʻquvchilari ishtirok etdilar.

Tadbirni Axborot-kutubxona markazi xodimi Rohatoy Romanova ochdi va Oʻzbekiston Infolib Oʻzbekiston – 2023 milliy Axborot-kutubxona haftaligi Yosh kutubxonachilar III forumi Amudaryo televideniyesining “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” grant-loyihasi ijodkorlari bilan hamkorlikda oʻtkazilayotgani juda katta ramziy maʼnoga ega ekanligini alohida eʼtirof etdi.

Shundan soʻng, “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar - kelajak poydevori” grant loyihasi koordinatori Robiya Yoʻldosheva hamkorlikda tashkil etilgan mazkur maʼnaviy-maʼrifiy tadbirning yoshlar hayotida tutgan oʻrni va ahamiyati xususida fikr yuritib, taʼlim-tarbiya sohasining bosh manbai – ilm ekanligini, ilm esa kitoblar orqali egallanishini taʼkidladi. Tadbir ishtirokchilariga kitob oʻqishning beqiyos katta ahamiyatini oʻzbek xalqining buyuk qomusiy olimlari hayoti va faoliyatlari misolida taʼsirchan hikoyalar orqali soʻzlab berdi.

Tadbir davomida “Jayxun ilhomlari” NNT aʼzosi, biri-biridan qiziqarli, hayotiy hikoyalar, goʻzal sheʼrlar muallifi Zuhra Ahmedova kitobxon yoshlar va yosh kutubxonachilarga oʻzining ijod maydoniga kirib kelishida kitobning oʻrni katta ahamiyat kasb etganini faxrlanib eʼtirof etdi va yangi sheʼrlaridan oʻqib berdi. Tadbir davomida oʻquvchi-yoshlar kutubxonachi opalari hamrohligida Axborot-kutubxona kitob javonlari boʻylab sayohat qildilar. Sayohat jarayonida “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” grant loyihasi koordinatori Robiya Yoʻldosheva, “Jayxun ilhomlari” NNT aʼzosi, shoira Zuhra Ahmedova hamda Axborot-kutubxona markazi xodimlari kitobxon oʻquvchilarga badiiy asarlarni tanlashda yaqindan yordam berdilar. Kitobxon yoshlar kitoblar olamiga sayohat hamda shoira Robiya Yoʻldosheva bilan uchrashuvdan olam-olam zavq oldilar va “Jayxun ilhomlari” NNT aʼzosi Zuhra Ahmedova bilan dildan suhbatlashdilar.

Infolib Oʻzbekiston – 2023 XII milliy Axborot-kutubxona haftaligi Yosh kutubxonachilar III forumi tashkilotchilari – Amudaryo tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari va Amudaryo televideniyesining “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” grant loyihasi ijodkorlari hamkorligidagi kutubxonaga sayohat va shoira Robiya Yoʻldosheva bilan ijodiy uchrashuv tadbiri yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularni kitobxonlikka daʼvat etish, ijodga moyil yoshlar iqtidorini rivojlantirish, shuningdek, yosh kutubxonachilar salohiyatini oshirish orqali yosh avlod vakillarining kitob mutolaasiga boʻlgan qiziqish va intilishlarini ragʻbatlantirishga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

Muyassar XALILLAYeVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019