16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 16:46
Fan va taʼlim 👁 260

TAJRIBA-SINOV MAKTABLARIDA MARKAZLAShGAN HOLDA ChORAKLIK SUMMATIV BAHOLASh JARAYoNI OʻTKAZILDI

TAJRIBA-SINOV MAKTABLARIDA MARKAZLAShGAN HOLDA ChORAKLIK SUMMATIV BAHOLASh JARAYoNI OʻTKAZILDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi «Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni ijrosini taʼminlash borasida Amudaryo tumanida ham izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Farmonga muvofiq maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlimni yangi bosqichga olib chiqish, uning sifatini oshirish hamda taʼlim dasturlarini takomillashtirish maqsadida 2023-2024 oʻquv yilidan boshlab, bosqichma-bosqich bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish va unga koʻra oʻqituvchi tomonidan oʻquvchilarning oʻtilgan mavzuni amaliyotda qoʻllay bilishi, tanqidiy fikrlashi va berilgan materialni tahlil qila olishi kabi koʻnikmalarini baholash vazifasi belgilangan.

Ushbu farmonda berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining «Tajriba-sinov maktablarida bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish toʻgʻrisida»gi 2023-yil 16-avgustdagi buyrugʻiga asosan Amudaryo tumanidagi umumtaʼlim maktablaridan 3 tasi, yani 18-, 36- va 55-sonli maktablar tajriba-sinov maktablari sifatida tanlab olingan. 1-noyabr kuni mazkur maktablarda bilimni baholashning choraklik summativ baholash jarayoni oʻtkazildi. Unda mazkur maktablarning direktorlari, direktor oʻrinbosarlari va fan oʻqituvchilari ishtirok etdilar.

Tajriba-sinov maktablarida markazlashgan holda oʻtkazilgan choraklik summativ baholash jarayoni 5-7-sinflarda ona tili va adabiyot hamda matematika, 8-9-sinflarda ona tili va adabiyot, matematika va biologiya, 10-11-sinflarda ona tili va adabiyot, matematika va kimyo fanlaridan, shu bilan birgalikda 10-sinfda tanlov asosida ona tili va adabiyot, matematika va ingliz tili fanlaridan amalga oshirildi.

Mazkur tadbirni oʻtkazishdan maqsad yangi baholash tizimini joriy etishda maktablar direktorlari va oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarlarining vazifalarini amalda koʻrsatib berish, shu bilan birga chorak boʻyicha summativ baholashning adolatli va shaffof oʻtkazilishini nazoratga olishdir.

Chorak boʻyicha summativ baholashlarning haqiqatan Baholash markazi tomonidan taqdim etilgan baholash mezonlariga asoslangan materiallar asosida amalga oshirilishi va tekshirilishi maʼlumot sifatida aytib oʻtildi. Shuningdek, bundan maktab metod birlashma rahbarlari hamda fan ustozlari tomonidan tahlil qilinishi uchun asosli tizimni oʻrnatish kerakligi taʼkidlandi. Natijada, tajriba-sinov maktablarida 2023-2024 oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilib, uning doirasida oʻqituvchi tomonidan oʻquvchilarning oʻtilgan mavzuni amaliyotda qoʻllay bilishi, tanqidiy fikrlashi va berilgan materialni tahlil qila olishi uchun zamin yaratiladi.

Tajriba-sinov maktablarida 2023-2024 oʻquv yili 1-chorak yakunlarini choraklik summativ baholash maxsus ishchi guruhlari rahbarlari – 1-ishchi guruh rahbari Amudaryo tumani ixtisoslashtirilgan maktabi direktori Otabek Yoʻldoshov, 2-ishchi guruh rahbari – shu maktabning oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Ravshan Xolmurodov, 3-ishchi guruh rahbari, shu maktabning maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Muyassar Rahmatullayevalar tomonidan amalga oshirildi.

Ishonamizki, bu choralar kelgusida oʻquvchilarning fanlarni yanada chuquroq oʻzlashtirishlarida muhim vosita boʻlib xizmat qiladi.

 Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019