16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:38
Fan va taʼlim 👁 207

“USTOZ – TAʼLIM BUNYoDKORI” ShIORI OSTIDA OʻQITUVChILAR QURULTOYI BOʻLIB OʻTDI

“USTOZ – TAʼLIM BUNYoDKORI” ShIORI OSTIDA OʻQITUVChILAR QURULTOYI BOʻLIB OʻTDI

Tumandagi taʼlim tizimi xodimlari ishtirokida “Ustoz – taʼlim bunyodkori” shiori ostida taʼlim sohasidagi islohotlarni birgalikda amalga oshirish, oʻqituvchilarni yagona kuchga aylantirish, mavjud muammolarni muhokama qilish va ularning yechimini topishga bagʻishlangan Oʻqituvchilar qurultoyi boʻlib oʻtdi.

7-noyabr kuni 76-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtgan ushbu tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining metodik xizmat koʻrsatish boʻlimi metodisti Oʻtkir Matmuradov hamda tumandagi Maktab va maktabgacha taʼlim boʻlimi masʼullari, umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari qatnashdilar.

Qurultoy toʻrt yoʻnalish boʻyicha – boshlangʻich taʼlim, aniq, tabiiy, ona tili va adabiyot fanlari yoʻnalishlarida seminar-trening, davra suhbatlari tarzida oʻtkazildi. Seminar-treninglar davomida trener-oʻqituvchilar oʻquv mashgʻulotlarini tashkil qilib, oʻqituvchilarga metodik tushunchalar berdilar. Shu bilan birga oʻqiutvchilarning darsda zamonaviy texnologiyalar va uslublardan samarali foydalanish boʻyicha fikr-mulohazalarini tinglab, mavjud muammolarni muhokama qildilar.

Taʼkidlash joizki, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan taʼlim islohotlarini birgalikda amalga oshirish, oʻqituvchilarni yagona kuchga aylantirish, mavjud muammolarni muhokama qilish va ularning yechimi boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqish maqsadida kuzgi taʼtil davrida oʻqituvchilar ishtirokida oʻquv seminarlar va uchrashuvlar tashkil etilishi belgilangan edi. Shunga koʻra yurtimizning barcha hududlarida Oʻqituvchilar qurultoyi tashkil etilib, boshlangʻich taʼlim, aniq va tabiiy, ona tili va adabiyot fanlaridan treninglar, ochiq muloqotlar boʻlib oʻtdi, har bir yoʻnalish boʻyicha 341 nafardan jami 1 364 nafar trener-oʻqituvchilar qatnashishdi.

Respublika boʻyicha boʻlib oʻtgan seminar-treninglar hamda ochiq muloqotlarda ushbu trener-oʻqituvchilar tomonidan fan oʻqituvchilariga oʻz fanlaridan yangi metodlarni qoʻllash boʻyicha tushunchalar berildi. Seminar-treninglar davomida pedagoglar oʻquvchilarni fanlarga qiziqtirish yoʻllari, loyihaga asoslangan taʼlimning mohiyati, oʻqish savodxonligi va fanlar doirasida 4K modelini qoʻllash, XXI asrda sifatli oʻqitishning asosiy tamoyillari yuzasidan muhim maʼlumotlarga ega boʻldilar. Shuningdek, davra suhbatlari oʻtkazilib, mavjud muammolar va ularni yechimi boʻyicha fikr-mulohazalar oʻrtaga tashlandi.

 Amudaryo tumanida boʻlib oʻtgan Oʻqituvchilar qurultoyida ham umumtaʼlim maktablarining boshlangʻich taʼlim, aniq fanlar, tabiiy fanlar, ona tili va adabiyoti yoʻnalishi metodbirlashma rahbarlari va fan oʻqituvchilari kerakli maʼlumotlarga ega boʻldilar.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining metodik xizmat koʻrsatish boʻlimi metodisti Oʻtkir Matmuradov hamda tumandagi Maktab va maktabgacha taʼlim boʻlimining boshlangʻich taʼlim, aniq fanlar, tabiiy fanlar, ona tili va adabiyoti yoʻnalishi metodistlari koʻrgazmali tarzda oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazishdi. Mashgʻulotlardan soʻng, ochiq muloqot oʻtkazilib, mavjud muammolar muhokama qilindi va ularning yechimi boʻyicha aniq takliflar ishlab chiqildi.

Qurultoyga tashrif buyurgan tumnadagi umumtaʼlim maktablarining mazkur yoʻnalishlar boʻyicha metodbirlashma rahbarlari va fan oʻqituvchilari kerakli maʼlumotlarga ega boʻldilar. Bu kabi treninglar oʻqituvchilar malakasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019