16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:48
Jamiyat 👁 223

Xalqaro bagʻrikenglik kuniga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi

Xalqaro bagʻrikenglik kuniga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi

2023-yil 10-noyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-oktyabrdagi xatiga asosan 16-noyabr – “Xalqaro bagʻrikenglik kuni” oʻtkazilishi munosabati bilan 13-19-noyabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasida “Maʼrifat va millatlararo bagʻrikenglik” shiori ostida “Bagʻrikenglik haftaligi”ni tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida”gi bayoni imzolangan edi.

Ushbu bayonnomaga asosan “Bagʻrikenglik haftaligi” doirasida 16-noyabr kuni Amudaryo tuman Madaniyat boʻlimida “Oʻzbekiston – bagʻrikeng diyor” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi xodimlari, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi masʼullari, oʻquvchi-yoshlar hamda tumanimizda istiqomat qiluvchi turli millat va elat vakillari ishtirok etdilar.

“Bagʻrikenglik haftaligi”ni oʻtkazishdan maqsad ­­– jamiyatimizda doʻstlik va bagʻrikenglik muhitini mustahkamlash, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, qardosh mamlakatlar fuqarolari bilan doʻstlik aloqalarini rivojlantirishdan iborat.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar bagʻrikenglik – oʻzbek xalqi maʼnaviyati va madaniyatining ajralmas qismi hisoblanishini, Oʻzbekistonda nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy sohalar, balki bu zaminda istiqomat qilib kelayotgan turli millat va elatlar oʻrtasida doʻstlik rishtalarini yanada mustahkamlash, diniy bagʻrikenglik tamoyillarini qaror toptirishga ham alohida eʼtibor qaratib kelinayotganligini alohida qayd etib oʻtdilar.

Tadbir davomida mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar markazida, avvalo, inson manfaati, uning huquq va erkinliklarini taʼminlash maqsadi borligi, fuqarolar manfaatlarini faqatgina tinchlik va osoyishtalik, oʻzaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini yaratish orqali taʼminlash mumkinligi, Oʻzbekistonda fuqarolarning teng huquqliligi, ijtimoiy adolat, qonun ustuvorligi, millat va elatlarning madaniy, til va diniy qadriyatlari, anʼana va urf-odatlari oʻzaro hurmat qilinishi xususida fikr-mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari tomonidan yurtimizda turli millat va elatlar vakillari oʻrtasidagi ahil-inoqlik, hamjihatlikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, tinchlik-osoyishtalik, barqarorlikni saqlash yoʻlida olib borilayotgan oqilona islohotlar, amaliy chora-tadbirlar haqida soʻz yuritildi.

Mamlakatimiz dunyo davlatlari uchun bagʻrikenglik borasida namuna boʻlib kelmoqda. Sababi, hozirgi kunda yurtimiz 140ga yaqin millat va elatlar vakillari uchun umumiy uy hisoblanadi.

“Bagʻrikenglik haftaligi” doirasida tashkil etiladigan tadbirlar aholi, ayniqsa, yosh avlodni respublikamizda yashab turgan turli millat va elat vakillarining tili, madaniyati, anʼanalari va urf-odatlarini hurmat qilish hamda rivojlantirishga, mamlakatimiz taraqqiyotiga oʻz hissasini qoʻshishga, jamiyatda koʻp millatli katta oila tuygʻusini, millatlararo totuvlik hamda diniy bagʻrikenglikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tadbirda tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan millatlararo totuvlik, diniy bagʻrikenglik muhitini mustahkamlash, jahon hamjamiyati bilan doʻstona aloqalarni kuchaytirish, tinchlik va barqarorlikni taʼminlash, umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash, mamlakatlar va xalqlar oʻrtasidagi samimiy doʻstlik rishtalarini bogʻlashga bagʻishlangan kuy-qoʻshiqlar hamda badiiy chiqishlar namoyish etildi.

Tuman hokimligi Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019