16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:50
Salomatlik 👁 248

OILALARDA SOGʻLOM MUHIT YaRATIShGA ERIShAYoTGAN NAZARXONLIK KOʻChABOShChI ONAXONLAR

OILALARDA SOGʻLOM MUHIT YaRATIShGA ERIShAYoTGAN NAZARXONLIK KOʻChABOShChI ONAXONLAR

Xalqimizga xos boʻlgan azaliy qadriyatlardan biri yuksak maʼnaviyatli farzandlar tarbiyalash, oilada ona Vatanga sadoqatli, oʻzlikni anglash, bagʻrikenglik, oʻzaro mehr-oqibat tamoyillari asosidagi goʻzal tarbiyaviy muhitni yaratish azal-azaldan yuksak burch va masʼuliyat hisoblanadi. Shu bois, oʻsib kelayotgan yosh avlodni milliy-maʼnaviy anʼana va urf-odatlar asosida voyaga yetkazish, ularning hayotdan oʻz oʻrinlarini topib, kasb-korli, bilimdon insonlar boʻlishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish davlat siyosati darajasidagi ustuvor vazifa sifatida hamisha dolzarbdir.

Bu borada www.amunews.uz veb-sayti ijodiy jamoasi tomonidan amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot tadbirlari oilalar mustahkamligini taʼminlash, yoshlarni turmushga tayyorlash, ularning turli yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishlarining oldini olishda muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda. Ayniqsa, mahallalarda, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi holatlar, oʻz joniga qasd qilish, giyohvandlik, yaqin qarindoshlar oʻrtasida nikohlanish va erta turmush qurish kabi salbiy illatlarning, oilaviy nizolarning oldini olishda davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklik asosidagi “Sogʻlom muhit – sogʻlom hayot” grant loyihasi doirasidagi davra suhbatlari, oshkora muloqot tadbirlari oʻzining keng qamrovliligi bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri joriy yilning 16-noyabr sanasida Amudaryo tumanining Nazarxon ovulida ham boʻlib oʻtdi.

“Sogʻlom muhit – sogʻlom hayot” grant loyihasi doirasida oshkora va samimiy muloqot tarzida oʻtkazilgan tadbirda Nazarxon OFY faol ayol-qizlari, ibratli oilalar bekalari va koʻchaboshchi onaxonlar ishtirok etishdi.

Tadbirni Nazarxon ovul fuqarolar yigʻini xotin-qizlar faoli, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati, hoji ona Guljahon Ibraimova ochdi va Nazarxon OFY hududida istiqomat qilayotgan oilalar va bu oilalarda voyaga yetayotgan yosh qizlar, yangi tushgan kelinlar va qaynonalar bilan oʻtkazilayotgan yakkama-yakka suhbatlar, oilaviy ajrashishlarning oldini olish, ayol-qizlarning ish bilan bandligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar haqida batafsil toʻxtalib oʻtdi.

Nazarxon ovulida 854ta xonadon tarkibidagi 1173ta oilada 4481 nafar aholi istiqomat qiladi. Ularning 2195 nafari ayol-qizlar boʻlib, 18-50 yosh atrofidagi ayol-qizlar salkam 800 nafar atrofida. Ayol-qizlarning ish bilan bandligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar tufayli 197 nafar ayol-qizlar doimiy, 81 nafari esa mavsumiy ish bilan taʼminlangan. Bola tarbiyasi bilan band boʻlgan 423 nafar ayol-qizlar, 27 nafar nogironligi boʻlgan ayollar va 17 nafar boquvchisini yoʻqotgan ayol-qizlar holidan xabar olish, ularning hayotiga doir muammolarini hal etishda koʻmaklashish ovul masʼullarining doimiy eʼtiborida. 4-bosqich “Ayollar daftari” roʻyxatiga kiritilgan 81 nafar ayol-qizlarning oilaviy hayoti oʻrganilib, ularni alohida toifalar asosida ijtimoiy himoyalash choralari koʻrildi. Xususan, 1-toifadagi roʻyxatga kiritilgan 55 nafar ayol-qizlarning ish bilan bandligi taʼminlanib, II toifa roʻyxat boʻyicha 12 nafar ayol-qizlarning oʻzini-oʻzi band qilish maqsadidagi murojaatlariga koʻra, imtiyozli kredit olishlariga koʻmaklashildi.

Shuningdek, 14 nafar boquvchisini yoʻqotgan ayollar, 11 nafar nogironligi boʻlgan ayol-qizlar hamda uy-joylari taʼmirga muhtoj va nogironligi boʻlgan farzandlari bor ayol-qizlarga subsidiya ajratilishida, oʻz tadbirkorlik faoliyatini boshlashlarida yaqindan koʻmak berildi. Joriy 2023-yilda “Ayollar daftari”ning turli toifasi boʻyicha roʻyxatga kiritilgan 46 nafar ayol-qizlarga imtiyozli kredit olishlarida OFY masʼullari tomonidan yordam koʻrsatildi. 14 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ayol-qizlarning har biriga 1 mln. 300 ming soʻm miqdorida bir martalik yordam puli berildi.

Hudud aholisining farzandlari taʼlim-tarbiya olishlari uchun 3ta umumtaʼlim maktabi, zamonaviy talablar darajasidagi maktabgacha taʼlim tashkiloti, qishloq shifokorlik punkti faoliyat olib boradi.

“Sogʻlom muhit – sogʻlom hayot” tadbiri ishtirokchilari ovul ayol-qizlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida soʻz yuritish bilan birga, notinch oilalar bilan ishlashish, oila aʼzolari oʻrtasida oʻzaro hurmat muhitini shakllantirish borasida namuna boʻlayotgan oilalar, ibratli bekalar haqida ham batafsil suhbatlashib, oʻzaro fikr almashdilar. Koʻchaboshchi onaxonlardan Qozoq ovullik ibratli oila sohibasi Saule Nuraliyeva, Piuash Yesenaliyeva, OFY qaynonalar komissiyasi aʼzosi Roza Adimova, Darbent koʻchasining koʻcha biy onasi Ulbogʻan Allambergenovalar Nazarxon ovulida qizlarni erta turmushga berish, yaqin qarindoshlar oʻrtasida nikoh tuzish, shuningdek, boʻlar-boʻlmas gap-soʻzlar tufayli oilalarning ajrashib ketish holatlari soʻnggi yillarda umuman kuzatilmaganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Haqiqatan ham Nazarxon ovulida oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash borasidagi OFY masʼullari bilan hudud aholisining hamjihatligi tufayli notinch oilalar bilan ishlashish, oila aʼzolari oʻrtasida oʻzaro hurmat muhitini shakllantirishda erishilgan natijalar quvonarli. Ayniqsa, toʻy-marosimlar, oilaviy marosimlar, oʻzaro bordi-keldilarda meʼyorga amal qilinib, toʻylar oldidan oʻtkaziladigan siynoq, kengash, toʻydan keyingi oʻchoq koʻmdi kabi ortiqcha yigʻinlarga, kelin tushirish toʻylaridagi “gulyanka” deb atalgan yoqimsiz odatlarga barham berilgani nazarxonliklarning barchasiga birday maʼqul boʻlib, ayni paytda toʻylar bir kunda, ortiqcha chiqimlarsiz oʻtkazilmoqda. Bu esa oilalar daromadini tejash, yuqoridagi kabi yigʻinlar uchun sarflanadigan necha millionlab soʻm mablagʻ oilaning oʻziga qolishini taʼminlash, ortiqcha sarf-xarajat tufayli kelib chiqishi mumkin boʻlgan dilxiraliklarning oldini olish imkonini bermoqda.

Darvoqe, oilalardagi nizolar, dilxiraliklar koʻpincha oila byudjetidagi taqchilliklar sababli kelib chiqadi va bu boradagi tortishuvlar oiladan koʻchaga, el orasiga tarqaladi. Vaqt oʻtib, “bolalagan” gap-soʻzlardan charchagan yosh kelin-kuyovlar oʻrtasiga sovuqchilik tushib, oila qoʻrgʻoni darz ketadi. Shu jihatdan olib qaraydigan boʻlsak, nazarxonliklar tomonidan oilalar mustahkamligini taʼminlashga qaratilgan hamjihatlikdagi tadbirlar ibratga munosib. Istardikki, tumanimizning boshqa hududlaridagi ovul va mahallalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollari ham Guljahon hoji Ibraimova rahbarligidagi nazarxonlik koʻchaboshchi ayollardan ibrat olib, 5-6 kunlab (bu haqiqat!) toʻyoldi marosimlarni tashkillashtirayotgan va bu marosimlarni oʻtkazish jarayonida asablari toliqib, charchab qolayotgan onaxonlar bilan shu masalada bi-ir oʻylashib koʻrsalar yomon boʻlmasdi. Chunki tejamkorlik – oila byudjetini meʼyorda ushlab turuvchi eng muhim omildir. Shunday emasmi, azizlar?

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019