16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:34
Adabiyot 👁 292

Jayxun ilhomlari

Jayxun ilhomlari

Bayrogʻim

Vatanim osmonida,

Tinchlikka qasida.

Hilpiraydi bayrogʻim,

Tun-u kunlar osuda.

 

Bayrogʻimiz ramzida

Tariximiz bitilgan.

Oq, yashil, havo rangga,

Obodlik nuri singgan.

 

Toʻrt fasl – oʻn ikki oy –

Yulduzlarda mujassam.

Vatanga berib chiroy,

Qudratimiz anglatgan.

 

Samolarda hilpirab,

Turar yurtim bayrogʻi.

Kundan-kunga gurkirab,

Yashnar Vatan tuprogʻi.

 

Dunyolarni oralab,

Yuksalaver bayrogʻim.

Seni yurakka qadab.

Magʻrur turar urpogʻing!

Nigora YoʻldOsheva,

44-MTT tarbiyachisi.

 

Bolalikni qoʻmsab

Sirlashardik baʼzida,

Intilardik oʻqishga.

Biz harakat qilardik,

Faqat olgʻa borishga.

 

Doʻstlik nima – bildik biz,

Oqibatli boʻldik biz.

Izlanish va oʻqishni

Oliy maqsad qildik biz.

 

Shoʻxlik vaqti oʻtyapti,

Katta boʻlib boryapmiz.

Quvlashmachoq oʻynashga,

Biz kattalik qilyapmiz.

 

Oʻn toʻrtga toʻldik mana,

Koʻzlarga yosh olyapmiz.

Shoʻx-shodon bolalikni,

Biz endi qoʻmsayapmiz.

Rayhon Tojiboyeva,

50-maktab oʻquvchisi.

 

Otga minsa...

Baʼzilar otga minsa, unutar oʻzni,

Oʻylamay soʻzlaydi, aytmoqchi soʻzni.

Koʻrdim talaylarning yurganin

Yaqinin tanimay, yogʻ bosib koʻzni.

 

Ular oʻylamaydi, ertagi kunin,

Yuradi keltirib odamlar gʻashin.

Faqatgina oʻylar oʻzining nafsin,

Afsuslar chekar u vaqt kelib bir kun.

 

Kimdir oʻsgan sayin, mehrli boʻlar,

Biling, eng iymonli, vijdonli ular.

Dono va kamtar boʻlgani uchun,

El-xalqning undan koʻngli toʻlar.

 

Taqdiringda ne bor, sen bilmaysan,

Koʻngli toza boʻlsang, aslo kuymaysan.

Amal tegib, ulov minganing bilan,

Unutma sen – hamma bilan birdaysan.

 

Bir kun mingan oting qolganda oqsab,

Qolasan yakkalanib, moxovga oʻxshab.

Bir kuni oʻzingning boshingga tushar,

Yolvorib koʻmak soʻrash, asabing qaqshab.

 

Hamma ham odam-da, xuddi sen kabi,

Barchamiz unutma, Odam otaning nasli,

Nafsing tiyolmasang, teshilar tubi,

Kechagi sen uchun moy pishgan kuvi.

 

Mudom minmoq qiyin, amal otini,

Otdan birdan tushar, unutgan zotini.

Yoʻldan adashganning hech biri,

Hech qachon yorugʻ boʻlmagan yuzi.

Angsatbay Qarajanov, huquqshunos.

Qoraqalpoq tilidan Oygul Rajabova tarjimasi.

 

Farishta ayol

Nechun begʻuborsan ayt menga, ayol,

Qalbingning tubidan bergin bir sado.

Goho uzoq oʻylanib, suraman xayol,

Senga tushunolmay boʻlarman ado.

 

Shunchalar ham poksan, farishta ayol,

Yuragimni ezar faqat shu savol.

Aytgan har soʻzing ham chalgʻitar xayol,

Ming yillar, asrlar topmagin zavol.

 

Oʻylanaman goho, lek tushunolmam,

Qaydan bu jasorat, sabr-u matonat.

Sening sabring oldida taslimman, jimman,

Senga tushunolmay, yoʻqdir halovat.

 

Mehringni cheki yoʻq, xuddi bir dunyo,

Daryomas, dengizmas, har nedan ortiq.

Sening qalbing oldida qilarman hayo,

Sabring uchun qilaman jonimni tortiq.

 

Jannat gulidirsan, gulsan, chechaksan,

Iffating, odobing qilmasman qiyos.

Bogʻimda ochilgan gul-u rayhonsan,

Olamda tanhodir qalbing beqiyos.

 

Qalbimdagi soʻzlarim ifoda etib,

Soʻzim oxirida qilarman bayon.

Koʻzlaringga qarab, asta termulib,

Senga taʼzimdaman, ey nafis ayol.

Iroda Ollamberganova,

4-maktab oʻquvchisi.

 

OʻZBEKISTONIM

Latofat bogʻida bitgan chechaklar,

Ona yurt ishqidan olar naqshini.

Tovusning patidek momiq tilaklar,

Shu moʻʼjaz yurtimga chorlar baxshini.

 

Muborak yoshingni qutlamoq uchun,

Shaʼningga sheʼr yozmoq mening istagim.

Qalbimda chiqsa gar, yalt etib uchqun,

Ona Vatanimga tuhfa aylagum.

 

Shoirlik ilohiy tuygʻu sanalsa,

Vatan toʻlgʻogʻidan shoir tugʻilgan.

Shoirning oʻz dardi urgʻu sanalsa,

Tugʻilgan yerida shoir atalgan.

 

Dard bosgan yuraklar oʻtdi qanchalar,

Dardin yashirolmay qogʻozga bitib.

Hayhot, zamon dedi, xalqim dedilar,

Aytmaganlar ketdi ichiga yutib.

 

Ularning nolasi elning erkidir,

Hayot sarhadlari dostonga sigʻmas.

Yurtim, siymolaring koʻksing naqshidir,

Bugun quvonchlaring dillarga sigʻmas.

 

Ey ona maskanim, hokisor oʻlkam,

Dildagi bulbulim, tilda dostonim.

Ohular yayrasin bagʻringda shoʻxchan,

Ona beshikkinam – Oʻzbekistonim.

Odil ShOMURODOV.

 

Tinchlik madhi

O, Vatan osmoni, bunchalar yorugʻ,

Bunchalar musaffo, goʻzalsan, tiniq.

Shuning-chun orzuim manzili yorugʻ,

Kelajak atalgan yoʻllarim aniq.

Porlab tursin mangu tinchlik mayogʻi,

Olgʻa qadam tashlab olamiz ilm.

Eng buyuk qudratdir Vatan bayrogʻi,

Shul qudrat qoshida qilamiz taʼzim.

Besh muhim tashabbus dasturilamal,

Yuzaga chiqarar barcha imkonni.

Ahillik – qadriyat abadul-azal,

Birlashib quramiz, Oʻzbekistonni!

Sevinchoy Umrboyeva,

85-sonli maktab oʻquvchisi.

 

Buni hayot deydilar

(Oʻgʻlim Jasurbekning xotirasiga).

Buni hayot deydilar, gʻamlari koʻp, siri koʻp.

Kutilmagan tasodif, kulfatlarning turi koʻp.

Goho orzu ushalsa, ushalmagan yeri koʻp.

Azizlar, teng demanglar, qishning sovuq qori koʻp.

 

Yigʻlamagin ey koʻngil, buni hayot deydilar,

Shukur qilsang boriga, qanoatga sirdoshsan.

Sabr tagi sof oltin, farogʻatga yoʻldoshsan,

Tinglasangiz bulbulning navosida zori koʻp.

 

Unda, bardosh ber koʻngil, hayotning sinovi koʻp,

Taqdirning yozigʻi koʻp, ham berib, olari koʻp.

Sinovlarda toʻkilmay oʻtganni, Alloh siylar,

Men ham chidab yuribman, buni hayot deydilar.

Yangiboy Iskandarov, Oʻzbekiston qishlogʻi.

 

Qizimga

Allohimdan soʻradim, seni dilbandim,

Jajji qoʻlchalaringdan, aylanay oʻzim.

Tun-u kunlar asalim, umring tiladim,

Soʻylasang buncha shirin, soʻzlaring, qizim.

 

Erka qizim, oy qizim, dunyoyim mening,

Nuridiydam, dilbandim, koʻzim quvonchi.

Tushlarimda koʻrmagan quyoshim mening,

Tunlarimni yoritgan koʻnglim ovunchi.

 

Ovozingni eshitsam, yayrab ketaman,

"Bidir-bidir" soʻzlasang, qilaman huzur.

Kulgularingga umrim hadya etaman,

Ulgʻayib bir qiz boʻl, oqila, jasur.

Feruza Yoʻldosheva, Mangʻit shahri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026