16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 16:27
Fan va taʼlim 👁 377

Tumanimizda “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi

Tumanimizda “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish koʻp jihatdan u yerda faoliyat olib borayotgan pedagog-xodimlar, tarbiyachilarning bilim, malaka va tajribasiga bogʻliq. Shu bois ham, ularning bilim va malakasini oshirib borish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shularni inobatga olgan holda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog-xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha qisqa muddatli kurslar tashkil etilib, oʻquv mashgʻulotlari, seminarlar oʻtkazilmoqda.

Amudaryo tumanida ham tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida joriy yilning 20-noyabrdan 24-noyabri oraligʻida qisqa muddatli malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining bilim va malakalarini oshirish maqsadida qisqa muddatli oʻquv kurslari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Maktabgacha taʼlim agentligi hamda Jahon banki bilan hamkorligidagi “Bolalarni erta yoshdan takomillashtirish” investitsion loyihasining 1-komponenti – “Maktabgacha taʼlim sifatini oshirish” dasturi doirasida boʻlib oʻtdi.

Ushbu dastur 40 soatga moʻljallangan boʻlib, unda tumandagi 52ta maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan jami 90 nafar pedagog xodimlar ishtirok etdilar. Qisqa muddatli malaka oshirish kurslariga xorijiy mutaxassislar ham jalb etilib, mashgʻulotlar uch bosqichda oʻtkazildi.

Keyingi yillarda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, maktabgacha taʼlim tizimini tubdan isloh qilish, yangi muassasalar barpo etish, mavjudlarini rekonstruktsiya qilish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ustuvor masala sifatida qaralmoqda. Bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, taʼlim-tarbiya jarayoniga zamonaviy dastur va texnologiyalarni tatbiq etish, bolajonlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, har jihatdan barkamol etib tarbiyalash borasida ham keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mashgʻulotlar davomida mamlakatimizda oʻsib kelayotgan avlodni har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazish, taʼlim-tarbiya jarayoniga taʼlimning samarali shakllari va usullarini joriy etish maktabgacha taʼlim tashkilotlari zimmasiga ulkan masʼuliyat yuklashi yana bir bora eʼtirof etildi. Uzluksiz taʼlimning bosh boʻgʻini hisoblanmish maktabgacha taʼlim tashkilotlarining asosiy vazifasi bolani sogʻlom, har tomonlama rivojlangan va erkin shaxs sifatida shakllantirish, bolalarning qobiliyatlarini aniqlab, rivojlantirish, taʼlim olishga boʻlgan intilishini tarbiyalashdan iborat ekani alohida taʼkidlandi.

Seminar yakunida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Koʻp yillik tajribaga ega soha xodimlari shuningdek, xorijiy mutaxassislar tomonidan bolalarning bilim va intellektual salohiyatini, fikrlash qobiliyatini erta yoshdan rivojlantirishdagi zamonaviy metodikalar, ilgʻor xorijiy tajribalar va psixologik yondashuvlarning uzviyligi boʻyicha qiziqarli maʼruzalar oʻqilgan ushbu seminarda bu boradagi ilgʻor xorijiy tajribalar haqida ham maʼlumotlar berildi.

Ishtirokchilar tomonidan maʼruzalar hamda mazkur yoʻnalishdagi ishlarni yanada yuqori bosqichga koʻtarish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.

Mashgʻulotlarda ishtirokchilar oʻzlarining faoliyatiga doir koʻpgina bilimlarga ega boʻldilar hamda oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.

Tuman hokimligi Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026