16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:36
Fan va taʼlim 👁 233

31-sonli maktabda “Milliyligim – gʻururim” deb nomlangan koʻrgazmali tadbir boʻlib oʻtdi

31-sonli maktabda “Milliyligim – gʻururim” deb nomlangan koʻrgazmali tadbir boʻlib oʻtdi

Qadriyatlar – har bir millatning maʼnaviy qiyofasini namoyon etadi. Buyuk mutafakkirlar ham qadriyatlar millat maʼnaviyatining koʻzgusi, deb bejiz eʼtirof etishmagan. Milliy qadriyatlar har bir millatning tili, urf-odatlari, tarixi, madaniyati, anʼanalarini, barcha moddiy va maʼnaviy boyliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha tomonlarini oʻz ichiga qamrab oladi. Ularni oʻquvchi-yoshlarga yetkazish bugungi kunning asosiy vazifalaridandir.

2023-yil 25-noyabr kuni Amudaryo tumanidagi 31-sonli maktabda “Milliyligim – gʻururim” deb nomlangan koʻrgazmali tadbir boʻlib oʻtdi. Unda maktabning oʻqituvchilari hamda 3- va 9-sinf oʻquvchilari ishtirok etdilar.

Tadbirni maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Dilbar Oʻrozaliyeva ochib berdi hamda oʻquvchilarni milliy qadriyatlarimiz va anʼanalarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, yoshlar oʻrtasidagi milliy qadriyatlarimizga boʻlgan eʼtiborni yanada kuchaytirish hamda targʻib qilish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar haqida tshxtalib oʻtdi.

Mazkur tadbir yoshlar tarbiyasida oʻzbek milliy qadriyatlarining tutgan oʻrnini oshirish, mustahkamlash hamda buyuk ajdodlarimizdan meros boʻlgan bebaho, asl milliy qadriyatlarimizni targʻib qilish maqsadida oʻtkazildi.

Tadbirda milliy qoʻl hunarmandchiligi buyumlari va oʻzbek millatining urf-odatlari hamda anʼanalarini targʻib etuvchi koʻrgazmalar namoyish etildi.

Xalqimizning asrlar sinovlaridan oʻtib kelayotgan boy madaniy va maʼnaviy merosi, milliy qadriyatlari, urf-odat va anʼanalari, qoʻshiqlari, ota-bobolarimizning mustaqillik yoʻlida koʻrsatgan jasorati, bunyodkorlik ishlari ushbu tadbirda yana bir bor targʻib qilindi. Shuningdek, milliy anʼanalarni oʻzida mujassam etgan milliy kiyimlar namoyish etilib, milliy taomlar tayyorlandi va qadim-qadimdan bizgacha yetib kelayotgan milliy oʻyinlarimiz oʻynaldi. Oʻquvchilar tomonidan oʻzbek milliy laparlari hamda allalar kuylandi.

Tadbirda “Milliy libos”, “Milliy qoʻshiq” va “Milliy raqs” yoʻnalishlarida oʻquvchi-qizlar tomonidan milliy qadriyatlarimiz hamda anʼanalarimiz aks etgan jamoaviy sahna koʻrinishlar namoyish etildi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar tomonidan qadriyatlar har bir millatning oʻtmishi, buguni va kelajagini oynadek koʻrsatib turuvchi eng muhim omillardan biri ekanligi taʼkidlandi.

Maktab oʻqituvchisi Sanim Uzaqboyeva har bir millat faqat uning oʻziga xos boʻlgan anʼana va qadriyatlari bilan alohida ajralib turishini alohida taʼkidladi. Tabiiyki, har qaysi xalqning bebaho boyligi boʻlgan qadriyat va anʼanalari bir-ikki kunda paydo boʻlib qolmaydi, insoniyatning necha ming yillik tarixiy tajribasida sinovdan oʻtib, sayqal topib boradi.

Oʻtkazilgan ushbu tadbir ham oʻquvchi-yoshlarni yurt tarixi, milliy anʼana va qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz hamda anʼanalarimiz bilan yaqindan tanishtirish, ularni keng targʻib qilish bilan birga yoshlarda milliy iftixor tuygʻusini shakllantirish, ularning ijtimoiy-maʼnaviy bilimlarini yanada oshirish, kelajagimiz egalarini ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Tuman hokimligi Axborot xizmati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019