16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:45
Qishloq xoʻjaligi 👁 223

TOʻQSONBOSTI USULIDA EKILGAN EKINLAR XALQIMIZ DASTURXONI TOʻKIN BOʻLIShIGA XIZMAT QILADI

TOʻQSONBOSTI USULIDA EKILGAN EKINLAR XALQIMIZ DASTURXONI TOʻKIN BOʻLIShIGA XIZMAT QILADI

Dehqonlarimiz uchun yilning barcha fasllari ham sinovli. Goh suv kamligidan, goh tabiat injiqliklaridan, bahor-u kuzning bemavrid yogʻin-sochinlari-yu izgʻirinlaridan aziyat chekadigan asl dehqonlar qishloq xoʻjaligidagi muammolarni omilkorlik bilan yengib oʻtishning sirlarini yaxshi bilishadi. Bu borada qilichboylik dehqonlarning tajribasi koʻplarga oʻrnak.

Keyingi yillarda Amudaryo tumanida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, aholining kundalik ehtiyojlari uchun zarur boʻlgan sabzavot mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirish maqsadida toʻqsonbosti usulida piyoz, sarimsoqpiyoz, sabzi va kichik sigʻimli issiqxonalarda turli oshkoʻklar yetishtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu maqsadda tumandagi  barcha toifa xoʻjaliklarda jami  1777 gektar maydonga toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlari ekildi. Shundan fermer xoʻjaliklarida 110 gektar, dehqon xoʻjaliklarida 791 gektar va aholi tomorqalarida 876 gektar maydonga piyoz va sarimsoqpiyoz ekinlari sifatli qilib ekildi.

Toʻqsonbosti usulida sabzavot ekinlarini ekish ishlariga Toshqalʼa mahallasi hududidagi fermer xoʻjaliklarida barvaqt kirishildi. Ayniqsa, hududdagi “Nurimbetov Xursandbek”, “Erkinboy Qoʻziboyevich”, “Xursandbek Xoʻjakov” fermer xoʻjaliklari dalalarida avgust oyining oxiri va sentyabr oyida ekilgan piyoz va sarimsoqpiyoz allaqachon unib chiqib, yashil maydonlar hosil qilgan. Xususan, “Xursand Nurumbetov” fermer xoʻjaligida 30 sotix piyoz, 10 sotix sarimsoqpiyoz, “Erkinboy Qoʻziboyevich” fermer xoʻjaligida 30 sotix piyoz va 10 sotix sarimsoqpiyoz, “Xursandbek Xoʻjakov” fermer xoʻjaligida esa 25 sotix piyoz va 10 sotix maydonga ekilgan sarimsoqpiyoz maysalari baravj rivojlanmoqda.

Bundan tashqari, toshqalʼaliklar  mahalla hududini  obod va koʻkalamzor goʻshaga aylantirish maqsadida tuman hokimligi va MFY tomonidan yetkazib berilgan koʻchatlarni belgilangan hududlarga oʻtqazishib, “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etishmoqda.

Shuningdek, mahalla hududida istiqomat qiluvchi aholi tomorqalarida ham toʻqsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtirishga alohida eʼtibor qaratiladi. Ular erta bahordanoq barra piyoz, sabzi va sarimsoqpiyoz mahsulotlarini bozorga olib chiqishadi. Rahimboy ogʻa Rajabov ana shunday mohir tomorqachilardan. U oila aʼzolari bilan bahamjihat oʻz tomorqa yerida bunyod etgan issiqxonasida ertagi sabzavotlarni barvaqt yetishtirishda oʻziga xos ish tajribasiga ega tomorqa yer egalaridan.

Ayni paytda Rahimboy ogʻaning tomorqa yerida toʻqsonbosti usulida ekilgan 2 sotix  piyoz, issiqxonasida esa 2 sotix oshkoʻk, 1 sotix rediska va 2 sotix bulgʻor qalampiri koʻzni quvontiradigan darajada  rivojlanmoqda. Issiqxonaga ekilgan rediska va bulgʻor qalampirining hosili esa pishib yetilmoqda. Oshkoʻklar allaqachon bozor rastasini bezaganidan tomorqachi xursand. Toʻqsonbosti ekini piyoz va sarimsoqpiyoz maysalarini begona oʻtlardan tozalab, kuzgi oziqlantirish ishlari olib borilgani bois, baravj oʻsmoqda.

– Erta bahorda bozorga birinchi olib chiqadigan mahsulotimiz barra piyoz boʻladi, – deydi mohir tomorqachi. – Vitaminga boy, ishtaha ochuvchi koʻkpiyozning issiqxona sharoitida  yetishtirilganidan ochiq dalada, toʻqsonbosti usulida ekib, yetishtirilgani juda foydali.

Haqiqatan ham ochiq dalada yetishtirilgan toʻqsonbosti ekinlari erta bahorda barvaqt unib chiqadi va quyosh nuriga toʻyinib, tez yetiladi.

Shu kunlarda Amudaryo tumanining barcha fermer va dehqon xoʻjaliklari, tomorqa xoʻjaliklarida ekilgan toʻqsonbosti ekinlarini kuzgi sugʻorish, oziqlantirish ishlari nihoyasiga yetkazilgan va ekinlar yam-yashil maysalar hosil qilgan. Bu esa xalqimiz dasturxonini erta bahordanoq ertagi sabzavotlar bilan toʻldirish imkonini beradi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019