16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:15
Qishloq xoʻjaligi 👁 497

Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida

Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida

Dehqonchilik ilmi va yerga boʻlgan yuksak eʼtibor yurtimiz qishloq xoʻjaligida ulkan marralarni zabt etishga, eng asosiysi, xalqimiz dasturxonining toʻkinligini taʼminlashga xizmat qilmoqda. Joriy yilda ham Amudaryo tumani gʻallakorlari yer bilan tillashib, kontraktatsiya shartnomalarini ortigʻi bilan bajarishga erishdilar va moʻl xirmon bunyod etdilar. Oʻz navbatida har bir qarich yerdan unumli va oqilona foydalanish maqsadida gʻalladan boʻshagan maydonlarga takroriy ekinlar ekilib, tekis nihol olishga erishildi. Ushbu maydonlarga takroriy ekin sifatida asosan sabzavot, poliz mahsulotlari, mosh va chorva mollari uchun toʻyimli ozuqalar ekilgan.

Tumanning Doʻrman ovuli hududida faoliyat yuritayotgan fermer xoʻjaliklarining 229 gektar, shuningdek, Xolimbeg ovulidagi fermer xoʻjaliklarining 194 gektar gʻalladan boʻshagan maydoniga ham turli xil takroriy ekinlar ekilgan. Bu jarayonda tuman fermerlar kengashi masʼullari ham chetda turmay, takroriy ekin ekkan fermer xoʻjaliklariga tashrif buyurib, dehqonlarga yaqindan koʻmak bermoqdalar. Ular tomonidan yerdan unumli foydalanishning mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashdagi oʻrni va fermer xoʻjaliklarining moliyaviy koʻrsatkichlarini, iqtisodiy daromadlarini yaxshilashdagi ahamiyati haqida keng tushunchalar hamda tegishli tavsiyalar berib borilmoqda.

Agrar soha mutaxassislarining taʼkidlashicha, takroriy ekinlarning qishloq xoʻjaligidagi ahamiyati juda katta. Eng avvalo, bu usul yerdan maksimal darajada samarali foydalanish, yaʼni bir maydonning oʻzidan yil davomida kamida 2-marta hosil olish imkonini beradi. Qolaversa, bu jarayon aholini yil davomida yangi, sarxil va sifatli sabzavot, poliz hamda chorva ozuqa mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash orqali oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlaydi.

Agrotexnik nuqtai nazardan esa, dukkakli ekinlar ekilganda tuproq tarkibi sof azot bilan boyib, uning strukturasi yaxshilanadi va unumdorligi ortadi. Natijada, fermer va dehqon xoʻjaliklari uchun moʻmaygina qoʻshimcha iqtisodiy foyda keltiradi. Odatda, takroriy ekin sifatida vegetatsiya davri nisbatan qisqa boʻlgan va issiqsevar oʻsimliklar tanlanadi. Don va dukkakli ekinlardan mosh, loviya, joʻxori va chorva ozuqasi uchun makkajoʻxori va boshqa ozuqa ekinlari shular jumlasidandir.

Ayni kunlarda yoz mavsumida turli xil hasharotlar va zararkunandalarning faolligi yuqori darajada boʻlgani uchun fermerlar va mutaxassislar tomonidan ekinlarning holati doimiy ravishda nazorat qilinib, kasalliklarga qarshi oʻz vaqtida kimyoviy va biologik ishlov berilmoqda.

Xulosa qilib aytganda, dehqonlarimizning bugungi mashaqqatli mehnati, yerga berilayotgan mehr va toʻgʻri qoʻllanilayotgan agrotexnik tadbirlar kuzga borib yurtimiz bozorlarida toʻkin-sochinlikni taʼminlaydi va iqtisodiyotimizning yanada yuksalishiga xizmat qiladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026