16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 13:27
Salomatlik 👁 294

1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni. OITS KASALLIGI TARQALIShINING OLDINI OLISh ChORA-TADBIRLARI SAMARALI AMALGA OShIRILMOQDA

1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni. OITS KASALLIGI TARQALIShINING OLDINI OLISh ChORA-TADBIRLARI SAMARALI AMALGA OShIRILMOQDA

Bugungi kunda odamning immunitet tanqisligi virusi, yaʼni OIV kasalligi barcha mamlakatlar uchun global muammoga aylangan. Uning salbiy taʼsiri bugun sogʻliqni saqlash tizimigagina emas, balki mamlakatning iqtisodiy va milliy xavfsizligiga jiddiy xatar tugʻdirmoqda. Shu sababli yurtimizda mazkur kasallikning oldini olish borasida muntazam ravishda tizimli ishlar olib borilmoqda.

Amudaryo tumanidagi Tibbiyot birlashmasiga qarashli Koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasidagi Amudaryo tumanlararo OIV diagnostika laboratoriyasida ham immunitet tanqisligi virusi kasaliga chalingan shaxslarni erta aniqlash, kasallikning boshqalarga yuqishining oldini olishga doir profilaktik tadbirlar amalga oshirilib, samarali davolash ishlari olib borilmoqda.

Laboratoriyada 2 nafar shifokor, 2 nafar laborant va 2 nafar kichik tibbiyot xodimi faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Ushbu laboratoriya zamonaviy apparatlar va zarur asbob-anjomlar bilan toʻliq jihozlangan. Tibbiyot xodimlari tomonidan homiladorlar, mehnat migrantlari, nikohdan oʻtishdan oldingi tibbiy tekshiruvdan oʻtuvchilar, shifoxonada davolanayotgan bemorlardan va anonim tarzda tekshiruvdan oʻtish uchun kelganlardan olingan qon namunalari tahlildan oʻtkaziladi.

Taʼkidlash joizki, hozirgi kunda Oʻzbekistonda 78ta OIV diagnostika laboratoriyasi faoliyat olib boryapti. Ulardan 15tasi OITSga qarshi kurash markazlaridagi laboratoriya komplekslari boʻlsa, 63tasi tumanlararo laboratoriyalardir. Mazkur laboratoriyalarda IFA, immunoblot, PTsR, immunologik, klinik, biokimyoviy va bakteriologik tekshiruvlar oʻtkaziladi. Davlat tomonidan laboratoriyalarni test-sistema va reagentlar bilan taʼminlash uchun har yili tegishli mablagʻ ajratilmoqda.

Amudaryo tumanida ham dastlabki OIV diagnostika laboratoriyasi 1982-yilda Qipchoq qishloq shifokorlik punktida tashkil etilgan. Laboratoriya 2009-yilda tuman markazidagi Koʻp tarmoqli markaziy poliklinika binosiga koʻchirilib, zarur sharoitlar yaratildi. Ayni paytda laboratoriya kerakli boʻlgan barcha tibbiyot vositalari bilan taʼminlangan boʻlib, sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyilgan.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, hozir dunyoda OIVdan aziyat chekayotgan 90 milliondan ziyod bemor bor. Ular soni yiliga oʻrtacha 1,5 million nafarga koʻpaymoqda. Eng yomoni, xastalik har yili 600 mingdan ziyod kishining hayotiga zomin boʻlyapti. Umuman, Yer yuzida OITS epidemiyasi boshlangandan buyon 75 million odam ushbu dardga chalinib, 32 million nafardan ortigʻi vafot etgan. Tahlillarga koʻra, infektsiya 75 foizdan ortiq holatlarda 25-49 yoshli kishilar oʻrtasida uchramoqda. Bu borada kasallik profilaktikasi va unga qarshi kurashish tadbirlarini rejalashtirish hamda amalga oshirishda uning yuqish omillarini aniqlash muhim hisoblanadi.

Yurtimizda OIV infektsiyali bemorlarning 79 foizi antiretrovirus muolajalar bilan qamrab olingan. Ular uchun zarur preparatlar xarajatlarining qariyb 80 foizi Davlat byudjeti mablagʻlari, qolgan 20 foizi esa xalqaro fondlar hisobidan qoplanmoqda.

Bundan tashqari, OIV infektsiyali onalardan tugʻilgan chaqaloqlarni 6 oylik boʻlgunga qadar sunʼiy sut aralashmalari bilan oziqlantirish tavsiya etilmoqda. Mazkur yoʻnalishdagi chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish va sohani takomillashtirish maqsadida alohida Davlat dasturi loyihasi tayyorlangan. Unga muvofiq, kelgusi yildan boshlab, sunʼiy sut aralashmalarini xarid qilish, bemorlarni antiretrovirus dori vositalari bilan kasallik aniqlangan zahoti qamrab olish hamda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash koʻzda tutilgan.

Har yili 1-dekabr sanasi “Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni” sifatida nishonlanadi va sana munosabati bilan Amudaryo tumanlararo OIV diagnostika laboratoriyasining tibbiyot xodimlari tomonidan ham xastalikning oldini olish boʻyicha targʻibot ishlari yanada kuchaytirilgan tarzda oʻtkaziladi.

Xushroy Ermatova, Sharofat Yoʻldosheva,

Amudaryo tumanlararo OIV diagnostika laboratoriyasi shifokorlari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026