16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:43
Fan va taʼlim 👁 203

SOGʻLOM MAʼNAVIY MUHIT – YuTUQLARGA ASOS BOʻLAYaPTI

SOGʻLOM MAʼNAVIY MUHIT – YuTUQLARGA ASOS BOʻLAYaPTI

 Mamlakatimizda barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni maʼnaviy-axloqiy va jismonan sogʻlom etib tarbiyalash, ularni barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirishga doir keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yoshlarning zamonaviy ilm-fanni chuqur egallashiga, salohiyatini rivojlantirishiga barcha sharoitlar yaratilgan. Ayniqsa oʻsmir-yoshlar koʻnglida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, ekstremizm, terrorizm kabi buzgʻunchi gʻoyalarga nisbatan murosasizlikni shakllantirishga, yot gʻoyalarga nisbatan mafkuraviy immunitetni tarbiyalashga eʼtibor qaratilayotir.

Buningdek dolzarb vazifalar ijrosiga hissa qoʻshish maqsadida Amudaryo televideniyesi tahririyati Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi taʼsis etgan “Yoshlarning maʼnaviy ruhiy va intellektual salohiyatini oshirish” mavzusidagi tanlovida “Yuksak maʼnaviyatli va axloqli yoshlar – kelajak poydevori” nomli loyihasi bilan qatnashib, gʻolib boʻlgan edi hamda muvaffaqiyatli amalga oshirib kelmoqda.

Loyiha rejasiga muvofiq taʼlim muassasalarida taʼlim-tarbiya ishlariga munosib hissa qoʻshayotgan direktorlarning maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari faoliyati haqida “Faol maʼnaviyat targʻibotchisi” rukni ostida maqolalar berib borilmoqda. Loyiha ijodkorlari aynan shu mavzuda koʻrsatuv tayyorlash maqsadida tumanimizdagi 52-sonli maktabda boʻlishdi va maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Zarifboy Eshniyozov faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

310 oʻquvchi oʻrniga ega mazkur maktabda ayni kunda 39 nafar pedagoglar oʻquvchi-yoshlarga taʼlim-tarbiya berishmoqda. Ularning uch nafari oliy, 11 nafari birinchi, 14 nafari ikkinchi toifali oʻqituvchilardir. Shuningdek, 3 nafari milliy, 3 nafari xalqaro sertifikatga ega.

Muassasa direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Zarifboy Eshniyozov oʻqituvchilar orasida sogʻlom muhit yaratib, ularni darslar samaradorligiga erishishga ragʻbatlantira olgani, talabchanligi bois, erishilayotgan natijalar ham quvonarli boʻlayapti. Oʻquvchilarning intillektual salohiyatini rivojlantirish, ularning fan asoslarini puxta oʻzlashtirishiga erishish borasida sogʻlom raqobat muhiti yaratilganligi oʻzining ijobiy samaralarini berayapti.

 2022-2023 oʻquv yilida fanlar olimpiadasining tuman bosqichida Mahliyo Bozorboyeva, Ozoda Shomurodovalar 1-oʻrinni egallashdi, 2023-2024 oʻquv yilida esa Mahliyo Bozorboyeva 3-oʻrinni, Sevinch Davlatboyeva 1-oʻrinni yengib oldi. Shuningdek, “Umid nihollari - 2022” sport musobaqalarida maktabning qizlar jamoasi basketbol boʻyicha Qoraqalpogʻistonda uchinchi, oʻgʻil bolalar jamoasi 1-oʻrinni egalladi. 2023-yil 4-may kuni 2006-2007-yilda tugʻilgan qizlar oʻrtasida basketbol boʻyicha oʻtkazilgan respublika musobaqasida maktab oʻquvchi-qizlari Qoraqalpogʻiston bosqichida 2-oʻrinni oldilar. Oʻquvchilar orasida xorijiy tilni oʻrganish borasida “V-2” sertifikatini olishga muvofiq boʻlganlari ham bor.

Erishayotgan natijalar maktab oʻqituvchilarining hamjihatlikda ezgu maqsadlar yoʻlida taʼlim-tarbiya ishlarini yaxshi olib borayotgani, jamoada sogʻlom maʼnaviy muhit barqaror boʻlganligi samarasi desak, adashmagan boʻlamiz. Ha, asli jismoniy tarbiya fani mutaxassisi, oʻquvchilarini sport bilan muntazam shugʻullanishga jalb etib, ular orasidan nufuzli sport musobaqalari gʻoliblarini tarbiyalab yetishtirgani uchun “Oʻzbekiston xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishoniga sazovor boʻlgan Zarifboy Eshniyozov avvalo oʻqituvchilar oʻzlariga yaratilgan bugungidek munosib mehnat sharoitlariga loyiq ishlashi kerak, oʻquvchilarni ham maʼnan, ham jismonan barkamol, ilmli qilib ulgʻaytirishi lozim, deya hisoblaydi. Har doim oʻzi ham shunga intiladi, shaxsiy namuna boʻlishga harakat qiladi.

Biz Zarifboy Eshniyozovning bundan keyingi ishlariga ham muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019