16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:46
Salomatlik 👁 317

ERTA TURMUSh QURIShNING SALBIY OQIBATLARI YuZASIDAN DAVRA SUHBATI OʻTKAZILDI

ERTA TURMUSh QURIShNING SALBIY OQIBATLARI YuZASIDAN DAVRA SUHBATI OʻTKAZILDI

Oilalarda, mahallalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi holatlarning oldini olish, xususan, yoshlar oʻrtasida erta turmush qurishning zararli jihatlari, qarindoshlar oʻrtasidagi nikoh tufayli kelib chiqadigan jiddiy muammolarni keng jamoatchilikka tushuntirish maqsadida amunews.uz veb-sayti tahririyati ijodiy jamoasi tomonidan “Sogʻlom muhit – sogʻlom hayot” nomli grant loyihasi doirasida mahallalarda, taʼlim-tarbiya muassasalarida mutaxassislar, koʻpni koʻrgan nuroniylar va yoshlar ishtirokida davra suhbatlari oʻtkazib kelinmoqda.

Ana shunday targʻibot tadbirlaridan biri joriy yilning 14-dekabr sanasida Amudaryo tuman Tibbiyot birlashmasi huzuridagi koʻptarmoqli markaziy poliklinikada ham oʻtkazildi.

Tadbirda poliklinikaning nikohlanuvchilarni koʻrikdan oʻtkazish xonasi masʼul mutaxassislari, Tuman tibbiyot birlashmasining Salomatlik boʻlimi masʼullari, shafokorlar hamda tumanning turli hududlarida istiqomat qiluvchi aholi vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirni loyiha koordinatori, jurnalist Robiya Yoʻldosheva ochdi va mazkur loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar haqida qisqacha maʼlumot berdi. Shu barobarida erta turmush qurishning salbiy oqibatlari, yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikoh tufayli kelib chiqadigan muammolar va bu muammolarning yosh oilalar hayotiga salbiy taʼsiri xususida batafsil toʻxtaldi.

Shundan soʻng, Tuman tibbiyot birlashmasining Salomatlik boʻlimi mudiri Jumaboy Yavqashev koʻptarmoqli markaziy poliklinika koordinatori Alijon Oʻrinboyev, akusher-ginekolog shifokor Sharofat Yoqubovalar soʻzga chiqishib, yoshlarni turmushga tayyorlash, erta turmush va yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikohning oldini olish borasida umumiy amaliyot shifokorlari, hududlarga birkitilgan patronaj hamshiralar tomonidan amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar xususida soʻz yuritdilar.

Darvoqe, nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirish va sogʻlom oilani shakllantirish, bu boradagi davlat dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida Amudaryo tuman Tibbiyot birlashmasi mutaxassislari tomonidan keng qamrovli targʻibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, koʻptarmoqli markaziy poliklinika huzurida nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun maxsus xona ajratilgan, bu xonada doimiy ravishda nikohlanuvchi shaxslar bilan tibbiy koʻrikning ahamiyati toʻgʻrisida suhbat oʻtkaziladi, oʻtkaziladigan tibbiy koʻrik hajmi, qoidalari va tibbiy koʻrikdan oʻtish muddatlari haqida yoshlarga zarur maʼlumotlar beriladi.

Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda OITSga tahlil topshirish uchun maxsus “Ishonch xonasi” tashkil etilgan va mutaxassislar, tegishli asbob-anjomlar bilan taʼminlangan. OITS laboratoriyasi ham maxsus asbob-uskunalar, VIChga test preparatlari bilan toʻliq taʼminlangan. Flyuorografik tekshirishlar uchun flyuorografiya uskunasi mavjud.

Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishda ularni roʻyxatga olish jurnali yuritiladi va bu jurnalda FHDYo organlari tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun berilgan yoʻllanma raqami, tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun murojaat qilingan sana, tibbiy koʻrik xulosasi va sanasi, tibbiy koʻrikdan oʻtkazishga masʼul xodim imzosi va kelin-kuyov imzolari qayd qilinadi. Tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun murojaat qilgan nikohlanuvchi shaxslarga alohida tibbiyot kartasi yuritiladi, bu tibbiyot kartasida tegishli mutaxassislar va shifokorlarning tibbiy koʻrik xulosalari qayd qilinadi. Tibbiy koʻrikni samarali tashkil qilish uchun ixtisoslik boʻyicha oliy va birinchi toifali shifokorlar va mutaxassislar biriktirilgan.

2023-yilning 11 oyi davomida 3175 ta nikohlanuvchi shaxs tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan boʻlib, ulardan 14 nafarida ruhiy kasallik, 56 tasida somatik kasalliklar aniqlangan. Kasalligi aniqlangan shaxslar davolanish uchun tegishli mutaxassislarga yoʻnaltirilgan. Tibbiy koʻrikdan oʻtgan nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy koʻrik natijalari, tekshirishlar xulosalari oshkora qilinmaydi, yaʼni tibbiy koʻrik natijalari maxfiyligi saqlanadi. Muassasada tibbiy koʻrik xulosasidan norozi boʻlganlar umuman yoʻq.

2023-yilning 11 oyi davomida tibbiy koʻrikdan oʻtayotgan shaxslarga 3000 dan ortiq “Sogʻlom ona – sogʻlom bola” va “Oʻzingizni, oʻz farzandingizni va oilangizni OIVdan himoya qiling” mavzusidagi bukletlar tarqatildi va buklet tarqatilgan. 3100 dan ortiq nikohlanuvchilar bilan esa yakkama-yakka suhbat oʻtkazildi.

Boʻlib oʻtgan tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan erta turmush qurish oqibatida erta homiladorlik, erta tugʻruq tufayli yosh onalar organizmida yuz berishi mumkin boʻlgan salbiy oʻzgarishlar, bachadon va umurtqa pogʻonasi kasalliklari yuzasidan savollar berildi. Barcha savollarga mutaxassis shifokorlar batafsil javoblar, zarur tushuncha va tavsiyalar ham berishdi. Erta nikoh va yaqin qarindoshlar orasidagi nikohning nafaqat yosh kelin-kuyovlar, balki oilalar, jamiyatimiz uchun ham jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi xususida mutaxassislar hayotiy misollar tariqasida keng tushunchalar berishdi.

Yangi oila qurish istagida tibbiy koʻrikdan oʻtayotgan yoshlar, tumanimizning turli hududlarida istiqomat qiluvchi aholi vakillari, Tibbiyot birlashmasi shifokorlari ishtirokidagi “Sogʻlom muhit –sogʻlom hayot” loyihasi doirasida boʻlib oʻtgan tadbir yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, mahallalarda, oilalarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatuvi holatlarning oldini olishga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026