16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:22
Jamiyat 👁 228

“YaNGI OʻZBEKISTON ARMIYaSI – MAMLAKAT QUDRATI, YuKSAK GʻURUR VA SADOQAT TIMSOLIDIR” ShIORI OSTIDA OʻTKAZILGAN TADBIR YoShLARGA KOʻTARINKI RUH BAGʻIShLADI

“YaNGI OʻZBEKISTON ARMIYaSI – MAMLAKAT QUDRATI, YuKSAK GʻURUR VA SADOQAT TIMSOLIDIR” ShIORI OSTIDA OʻTKAZILGAN TADBIR YoShLARGA KOʻTARINKI RUH BAGʻIShLADI

Yurtimizda yoshlarda vatanparvarlik tuygʻularini shakllantirish, ularni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, aholiga mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni yetkazish, Qurolli Kuchlarning salohiyatini namoyish etish maqsadida vatanparvarlik oyligi doirasidagi tadbirlar oʻtkazilmoqda. Prezidentimizning 2023-yil 14-dekabr kungi Farmoyishiga asosan Amudaryo tumani Mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan ham vatanparvarlik oyligi doirasida Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan “Yangi Oʻzbekiston Armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak gʻurur va sadoqat timsolidir” shiori ostida tadbirlar tashkil etilmoqda.

2023-yil 22-dekabr kuni 16-sonli umumtaʼlim maktabida shu munosabat bilan boʻlib oʻtgan navbatdagi tadbirda tumanimizdagi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qism komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, kichik serjant Sherzod Atayev, Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Zokir Saʼdullayev, Mudofaa vazirligi faxriysi Davron Boltaboyevlar ishtirok etishdi. Shuningdek, maktab oʻqituvchilari, 9-11-sinflardagi “Vatan tayanchi” otryadi aʼzolari qatnashdilar.

Tadbirda tumanimizdagi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qism komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, kichik serjant Sherzod Atayev soʻzga chiqib, Prezidentimizning 2023-yil 14-dekabr kungi Farmoyishiga asosan vatanparvarlik oyligi oʻtkazilayotgani, oylik doirasida oʻtkazilayotgan tadbirlar yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat tuygʻularini mustahkamlayotganini aytib oʻtdi. Harbiy xizmatchi Qurolli Kuchlar tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, yurt va xalq xavfsizligini qoʻriqlash yoʻlida mardlarcha xizmat qilayotgan qahramonlar, Vatan tinchligi va osoyishtaligi yoʻlida jon fido qilganlar haqida ham soʻzlab berdi.

Sherzod Atayev Vatan himoyachilari kunini munosib kutib olish va uni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash jarayonida oʻtkazilayotgan vatanparvarlik oyligi xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlab, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jahonda Milliy armiyamiz nufuzini yanada oshirishga xizmat qilayotgani bilan yanada ahamiyatli boʻlayotganini alohida eʼtirof etdi.

Tadbir davomida harbiylikka qiziquvchi maktab oʻquvchilari uchun fizika-matematika, geografiya va tarix fanlarini oʻrganish zarurligi, bu fanlardan olgan bilimlaridan harbiylikda muhim ahamiyat kasb etishi tushuntirildi. Oʻquvchi-yoshlar harbiylik yoʻnalishidagi oliy oʻquv yurtlariga qiziqish bildirganligi sababli, ularni oliy taʼlim dargohlariga qabul qilish shartlari, abituriyentlar tomonidan topshiriladigan sinovlar va umuman, harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar haqida koʻplab savollar berib, kerakli maʼlumotlarga ega boʻlishdi. Oʻquvchilar ham oʻz navbatida, mehmonlarga maktab va sportdagi muvaffaqiyatlari, oʻqigan sevimli kitoblari va sevimli mashgʻulotlari haqida soʻzlab berishdi.

Oʻquvchi-yoshlar tumanimizdagi Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qism askarlari tomonidan namoyish etilgan koʻrgazmada harbiy texnikalar va qurol-aslahalar bilan tanishishdi. Harbiy askarlar ularga ushbu texnikalar va qurol-aslahalar, ularning qanday maqsadlarda ishlatilishi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar, tushunchalar berishdi. Tadbirda “Vatan tayanchi” otryadi aʼzolariga koʻkrak nishonlari ham topshirildi.

Koʻtarinki ruhda oʻtgan mazkur tadbir yoshlar qalbidagi vatanparvarlik hissini oshirib, yurtga sadoqat tuygʻusini yanada mustahkamladi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019