16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:38
Adabiyot 👁 282

QILIChBOYLIK KITOBXON YoShLAR IShTIROKIDA “KITOB OʻQISh SAODATDIR” DEB NOMLANGAN DAVRA SUHBATI OʻTKAZILDI

QILIChBOYLIK KITOBXON YoShLAR IShTIROKIDA “KITOB OʻQISh SAODATDIR” DEB NOMLANGAN DAVRA SUHBATI OʻTKAZILDI

Kitob insonni bilim va ilmlar xazinasi sari yetaklaydi. Hayotimizni yoritguvchi ushbu kitoblar umrimizga mazmun kiritadi, yoʻllarimizni nurafshon qilib, saodatga eltadi. Yosh avlodning komil insonlar boʻlib voyaga yetishlarida ham kitoblar va kitobxonlikning gʻoyat ahamiyati kattadir. Shu bois yurtimizda kitobxonlar safini kengaytirish, ayniqsa, yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Amudaryo tumanining Qilichboy ovulidagi 83-sonli maktabda oʻqituvchilar bilan hamkorlikda tumandagi “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyatining “Bilimli va maʼnaviyatli yoshlar bilan – Uchinchi Renessans sari” nomli grant loyihasi ish rejasiga koʻra oʻtkazilgan “Kitob oʻqish saodatdir” deb nomlangan davra suhbatida aynan shu xususda soʻz yuritilib, kitoblarning inson hayotida tutgan oʻrni eʼtirof etildi.

Tadbirda tahririyat xodimlari, loyiha ijrochilari, tumandagi Axborot-kutubxona markazi xodimlari, maktab oʻqituvchilari, kitobxon yoshlar, ovul kutubxonasida uzoq yillar davomida kitobxonlarga xizmat qilgan va yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirib, dunyoqarashi kengayishi, tafakkuri boyishiga, kasbu-korli insonlar boʻlib yetishishiga hissa qoʻshgan, hozirgi kunda keksalik gashtini surayotgan onaxon Odinaxon Musayeva hamda uning shogirdlari qatnashishdi.

Davra suhbatini maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Muqaddas Allaberganova olib bordi hamda tadbir boshlanishida ishtirokchilarni yaqindan tanishtirib oʻtdi. Oʻz kasbining fidoyisi, ovulda kitobxonlar safi kengayishiga, ularning ziyoli insonlar boʻlib yetishishiga sababchi boʻlgan ziyokor inson Odinaxon momo Musayevaning xizmatlarini alohida eʼtirof etdi.

Qilichboy ovulidagi fuqarolar yigʻini binosida joylashgan kutubxonada uzoq yillar mehnat qilgan Odinaxon Musayeva 1950-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan. Asli Fargʻonalik boʻlgan ota-onasi taqdir taqozosi bilan urush yillarida Toshkent viloyatiga koʻchib kelishgan. Oilada Odinaxon bilan birga 4 oʻgʻil va 1 qiz ulgʻayishgan. Uni yashab turgan joylariga yaqin boʻlgan qozoq maktabiga oʻqishga berishgan. Shunday boʻlsa-da, zehni oʻtkir qiz maktabni muvaffaqiyatli tugatgan va Toshkent shahridagi Madaniy oqartuv texnikumining kutubxonachilik yoʻnalishida tahsilni davom ettirgan.

Ustozi Mahfuza Alimxojayevaning: “Kutubxonachi hammaga kerakli inson, unga barcha kasb egalari murojaat qiladi, u ham har qanday kasb egasi boʻlishi mumkin” – degan soʻzlaridan ruhlanib, aʼlo baholarga oʻqigan Odinaxon Musayevaga 1968-yilda oʻqishni tugatganidan soʻng, Moskva shahriga yoʻllanma berishdi. Lekin u Oʻzbekistonda qolishga qaror qildi va Toshkent Davlat chet tillar pedagogika instituti kutubxonasining oʻquv zali kutubxonachisi boʻlib ishga joylashdi. Keyinchalik oʻsha paytdagi Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutining kutubxonachilik fakultetiga sirtdan oʻqishga kirib, tahsilni davom ettirdi. Odinaxon Musayeva 1973-yilda qoraqalpogʻistonlik Yangiboy Bobojonov bilan umr yoʻllarini bogʻladi va Qilichboy eliga kelin boʻlib tushdi.

Kitobxonlik tadbirida ishtirok etgan Odinaxon Musayevaning shogirdi Sayyora Abdurahmonova ham onaxonning eng birinchi shogirdlaridan biri ekanligini eʼtirof etib, ovuldagi kutubxonaning fayzli maskanga aylanishida uning mehnatlari katta ekanligini taʼkidladi. Shuningdek, kutubxonada kitoblarni mazmuniga qarab joylashtirishni, kutubxona aʼzolarining roʻyxatini, kataloglarini tartib bilan taxlashni, kitobxonlar bilan muomala qilishni va hatto, shaxsiy hayotida ham ustozining maslahatlariga koʻra toʻgʻri yoʻl tutishni oʻrganganini, ustozga mehri, ehtiromi katta ekanligini faxr bilan soʻzladi. Tumandagi Axborot-kutubxona markazi xodimlari Rohatoy Romanova, Gulruh Avazmetova, Gulasal Qoʻchqorova, ovuldagi 15-sonli maktab oʻqituvchilari Nigora Mirzayeva, Goʻzal Bekmuradovalar ham kitoblarning inson hayotidagi tutgan oʻrni, ahamiyati haqida gapirib, ish jarayonida Odinaxon Musayevaning har bir kitobxon bilan oʻqigan kitoblari toʻgʻrisida soʻzlashishlari, yana yangi kitoblar oʻqishga daʼvat etishlari, oʻzlarining kasb tanlashlarida, bilimli boʻlishlarida, ovul yoshlarining maʼnaviyatli insonlar boʻlib ulgʻayishlarida onaxonning hissasi kattaligini toʻlqinlanib gapirdilar.

Davra suhbati davomida kitobxon yoshlar ishtirokida oʻtkazilgan “Eng faol kitobxon” mashgʻuloti ham juda qiziqarli boʻldi. Kitobxonlarga savollar yozilgan qogʻozlar tarqatib berildi va eng mazmunli deb topilgan javoblarga koʻra gʻoliblar aniqlandi. Maktabning 9-sinf oʻquvchisi Ozoda Rajabboyeva oʻzi oʻqigan kitoblarni toʻliq tavsiflab bera olgani uchun eng faol kitobxon deb topildi. Shuningdek, 5-sinf oʻquvchisi Shaydo Madrasulova, Sadoqat Olimovalar ham faol kitobxonlar safidan joy olishdi. Maktabning 1-sinf oʻquvchisi, barchani kitobxonlikka chorlab kelayotgan onaxon Odinaxon Musayevaning nevarasi Foziljon Yangiboyev Alifbeni kitoblarning eng sarasi deb bilishini, harflar esa uning qahramonlari ekanligini aytganida zukkoligi bilan kitobxonlarning olqishlariga sazovor boʻldi.

Kitobxon yoshlar ragʻbatlantirilganidan soʻng, suhbat davom ettirildi va Qilichboy ovul fuqarolar yigʻini raisi Bahrom Qodirov hududda aholini kitobxonlikka jalb etish, kitobxon yoshlar safini kengaytirish borasida olib borilayotgan ishlar xususida soʻzladi. Kitobning umr yoʻllarini yorituvchi soʻnmas nur, inson hayotiga mazmun kirituvchi, maʼnaviy kamolotini taʼminlovchi kuchli qudratga ega vosita ekanligini aytib, yigʻin binosida ham kutubxona tashkil etilgani, kitoblar soni koʻpaytirilayotgani, yoshlarning sevimli maskaniga aylangani haqida gapirib oʻtdi.

Azal-azaldan maʼrifat peshvolari, ahli donishlarimiz butun insoniyatni kitob oʻqishga, undan ilmu-odob sirlarini oʻrganishga chorlab kelishgan. Zero buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy hazratlari taʼkidlaganlaridek, kitob – beminnat ustoz, bilim va maʼnaviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbaidir. Elimizda Odinaxon ona Musayeva kabi barchani kitobxonlikka chorlovchi maʼnaviyatli insonlar koʻp boʻlsa, yoshlarni koʻp kitob oʻqishga undovchi shu kabi tadbirlar koʻplab oʻtkazilsa, dunyoqarashlar kengayadi, hayotga munosabat oʻzgaradi.

Muqaddas Allaberganova, 83-sonli maktab oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019