17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 06:17
Salomatlik 👁 300

QILIChBOYLIK YoShLAR “OMMAVIY MADANIYaT” UNSURLARIGA BERILMAYDILAR

QILIChBOYLIK YoShLAR “OMMAVIY MADANIYaT” UNSURLARIGA BERILMAYDILAR

Mahalla – qadriyatlar beshigi. Xalqimizning urf-odat va anʼanalari mahalla hayoti bilan uzviylikda rivojlanib, sayqal topadi. Mahalladoshlarning biri-biriga mehr-oqibati, yaxshi-yomon kunlarida yelkadosh boʻlib, oʻzaro til topishib yashashi, yoshlar taʼlim-tarbiyasida hamjihatligi eʼtirofga, eʼzozga munosib. Ayniqsa, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularni umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda taʼlim muassasalari bilan mahallaning hamkorligi muhim ahamiyatga ega.

Amudaryo tumanida faoliyat olib boruvchi amunews.uz veb-sayti ijodiy jamoasi tomonidan amalga oshirilayotgan “Sogʻlom muhit – sogʻlom hayot” loyihasi doirasidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning mazmun-mohiyati ham yoshlar taʼlim-tarbiyasida mahalla – taʼlim muassasasi – oila hamkorligining ustuvorligiga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda. Biz ijodiy jamoamiz bilan Qilichboy ovulidagi 15-sonli umumtaʼlim maktabida aynan ana shunday hamkorlikning ijobiy samarasini koʻrdik.

Yoshlarni milliy-maʼnaviy, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning maʼnaviyatini yuksaltirish, kelajagimiz egalarini “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi madaniyatsizlikning zararli taʼsirlaridan himoya qilish maqsadida mahalla masʼullaridan iborat ishchi guruhi hududdagi taʼlim-tarbiya muassasalarida tez-tez boʻlishib, oʻquvchi-yoshlarning yurish-turishi, koʻcha-koʻyda oʻzlarini tutishlari, kiyinish madaniyati yuzasidan muloqotlar oʻtkazishadi. OFY huzuridagi “Ota-onalar universtiteti” aʼzolari bilan bu boradagi yutuq va kamchiliklarni muntazam ravishda muhokama qilib borishadi. Kimning farzandi uzrsiz sabablarsiz dars qoldirayotir, qaysi maktab oʻquvchilari ilmda, sportda, sanʼatda, kitobxonlikda faol? Bu borada ota-onalar ham, ovul masʼullari, pedagogika jamoalari ham oʻzlarini masʼul deb bilishadi.

Joriy yilning 10-yanvar sanasida ovul masʼullari, 15-sonli maktab oʻqituvchilari, ota-onalar, koʻcha boshchilari hamda amunews.uz veb-sayti ijodkorlari ishtirokida “Sogʻlom muhit – sogʻlom hayot” grant loyihasi doirasida “Biz maʼnaviyatni eʼzozlaymiz” shiori ostida boʻlib oʻtgan tadbir ishtirokchilari ham ovuldagi oʻzaro hamjihatlik va hamkorlikning samarali natijalaridan mamnun ekanliklarini bildirdilar.

Hoji opa Sanamjon Najmaddinova, “Moʻʼtabar ayol” koʻkrak nishoni sohibasi, OFY raisining nuroniylar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Amina Yusupovalar yoshlar tarbiyasida milliy-maʼnaviy qadriyatlarning tutgan oʻrni haqida ibratli fikrlar bildirishdi.

- Tarbiya masalasida barchamiz yakdil boʻlishimiz kerak, - dedi hoji ona Sanamjon Najmaddinova. – Bu borada tun-u kun oʻylab, ogoh boʻlib yashashimiz shart. Chunki salgina befarqligimiz bois, oʻgʻlimiz yoki qizimiz yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishi mumkin.

- Hoji onamizning fikrida jon bor, - tasdiqladi Aminaxon opa Yusupova. – Farzandimizning doʻstlari kimlar, darsdan boʻsh vaqtlarida nimalar bilan mashgʻul? Qoʻlidagi mobil aloqa vositasi xotirasida nimalar bor? Bularni har birimiz alohida eʼtibor bilan tekshirib tursak, foydadan xoli boʻlmaydi. Muhimi, farzandlarimiz oʻqishdan chalgʻimasliklari, milliy oʻzligimizga yot boʻlgan gʻoyalar bilan ongi zaharlanmasligi uchun masʼuliyatni unutmasligimiz kerak.

Darvoqe, qilichboyliklar uchun yoshlar tarbiyasi bilan bogʻliq muammolarni birgalikda bartaraf etish, hududdagi maktablarning pedagogika jamoalari bilan ota-onalar, ovul masʼullarining hamkorlikda ish yuritishlarini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar tufayli ovulda kitobxon va bilimdon, sportsevar yoshlar safi yil sayin oshib bormoqda. Ovul fuqarolar yigʻinining yoshlar yetakchisi Jasur Otamurodovning ovul xotin-qizlar faoli, hokim yordamchisi va hudud boʻyicha huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektori hamda maktablarning amaliyotchi-psixologlari bilan oʻzaro hamkorligi tufayli yoshlar oʻrtasida yot gʻoyalarga berilish, odam savdosi, huquqbuzarlik kabi holatlar yoʻq.

- Biz ovul hududidagi maktablarning oʻqituvchilaridan minnatdormiz, - dedi hoji ona Sanamjon Najmaddinova, – ularning taʼlim-tarbiyasi tufayli farzandlarimiz ilmli, intiluvchan boʻlib voyaga yetishmoqda.

Shu kabi minnatdorchilik soʻzlarini bildirgan 15-sonli maktab oʻqituvchilari va koʻcha boshchi onalardan Mehribon Jumaniyozova, Zamira Abdullayevalar, Qilichboy OFY yoshlar yetakchisi Jasur Otamurodov, 15-sonli maktab oʻqituvchisi Iskandar Iskandarovlar ovul yoshlarining tartib-intizomi, oilalardagi barqaror maʼnaviy sogʻlom muhit oʻzaro hamkorlikning samarali natijasi ekanligini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Haqiqatan ham qayerdaki oʻzaro hamjihatlik, mehr-oqibat hukmron boʻlsa, oʻsha yerda fayz-baraka, oʻsish, rivojlanish boʻladi. Bunga Qilichboyliklar hayoti va faoliyati yaqqol misol. Chunki har bir qilichboylikning oilasida oʻz tomorqasi, chorvasi-yu parrandasi, bundan ham muhimi, har bitta oilaning moʻʼjazgina kitob javoni bor. Shuning uchun ham qilichboyliklar “Biz maʼnaviyatni eʼzozlaymiz” shiorini hamma joyga – maktablarga, madaniyat markazi-yu hududdagi tadbirkorlik shoxobchalari, OFY binosi peshtoqlariga, maʼnaviyat xonalariga katta-katta harflar bilan yozib qoʻyishdan faxrlanadilar. Chunki bu goʻzal maskanda biri-biridan aqlli, bilimdon, kitobxon yoshlar kamolga yetishmoqda. “Sogʻlom muhit – sogʻlom hayot” loyihasi doirasidagi “Biz maʼnaviyatni eʼzozlaymiz” shiori ostida amalga oshirilayotgan tadbirlardan birida ishtirok etib, bunga biz ham guvoh boʻldik.

Tadbirda iqtidorli shoira Zuhra Ahmedova yoshlar tarbiyasi mavzusidagi sheʼrlaridan oʻqib berdi. Shuningdek, tadbir yakunida ota-onalar 15-sonli maktab pedagogika jamoasiga, Qilichboy OFY masʼullariga chin dildan minnatdorchilik bildirishdi. “Ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi missionerlik harakatlariga qarshi kurashda hamisha yakdil ekanliklarini izhor etdilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019