16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:33
Salomatlik 👁 268

AMUDARYo TUMANINING BOGʻ MAHALLASIDA MAʼNAVIY MUHIT AHVOLI QANDAY?

AMUDARYo TUMANINING BOGʻ MAHALLASIDA MAʼNAVIY MUHIT AHVOLI QANDAY?

Inson ilk tarbiyani oʻz oilasida oladi, bu hech kimga sir emas. Tarbiyaning asl mohiyati ota-onaning oʻzaro munosabatiga va oiladagi maʼnaviy muhitga borib taqaladi. Qachonki, ota-ona farzandlari koʻz oldida yolgʻon soʻzlamasa, bir-biriga qoʻpol muomalada boʻlmasa, oʻzaro mehr-oqibatli boʻlsa, farzandlarda ham shunday ijobiy xislatlar shakllanadi. Shu boisdan ham ularga oilada, mahallada, taʼlim-tarbiya muassasalarida sogʻlom muhit yaratish bosh vazifadir.

Amudaryo tumanining “Bogʻ” mahallasida bu vazifa qay tarzda ado etilmoqda? amunews.uz veb-sayti tahririyati xodimlari bu boradagi ishlar bilan tanishish maqsadida shu yilning 10-yanvarida mazkur mahallada boʻldilar.

Tumanimizning 2-sektoriga qarashli mahallaning umumiy maydoni 2854 gektarni tashkil etadi. Hududda 892 oilada 3658 nafar aholi istiqomat qiladi. Aholi, ayniqsa yoshlarning turli diniy-ekstemistik va terrorchilik oqimlari taʼsiriga tushib qolishining oldini olish boʻyicha, yoshlar kamoli yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha mahallada boʻlib oʻtgan tadbirda batafsil soʻz yuritildi.

Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining “Sogʻlom muhit – sogʻlom hayot” nomli grant loyihasi doirasida oʻtkazilgan tadbirga mahalla fuqarolar yigʻini masʼullari, faollari, nuroniy otaxonlar, onaxonlar, yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbirni mahalla fuqarolar yigʻini raisi Mahmudjon Haytakov ochdi va yigʻilganlarga tadbir maqsadini tushuntirdi.

Kun tartibidagi mavzu yuzasidan amunews.uz veb-sayti muxbiri Oygul Rajabova maʼruza qildi. U oʻz soʻzida yoshlarning maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, mafkura maydonining turli xurujlaridan himoya qilish, maʼnaviy-ruhiy va intellektual salohiyatini oshirish uchun avvalo ularga sogʻlom hayot tarzi barqaror boʻlmogʻi, yoshlarning barkamol boʻlib voyaga yetishi uchun oila, mahalla, keng jamoatchilik, taʼlim muassasasi hamkorlikda harakat qilmogʻi lozimligini taʼkidladi.

Mahalla fuqarolar yigʻini xotin-qizlar faoli Raʼno Abdullayeva bu borada amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil gapirdi. Taʼkidlanishicha, mahallada ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi holatlarning sodir etilishining oldi olish, yoshlarning yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishiga yoʻl qoʻymaslik borasida tizimli ishlar amalga oshirilgan. Natijada oʻtgan yilda yoshlarning turli diniy-ekstremistik va terrorchilik oqimlari taʼsiriga tushib qolish holatlari sodir etilmagan.

Tadbir kun tartibidagi mavzu yuzasidan hudud imomi, “Bir nuroniy oʻn yoshga masʼul” tamoyili asosida hududning turmushda muammolarga duch kelgan 10 nafar yoshlarini otaliqqa olib, amaliy yordamlar koʻrsatayotgan Qurol Eshchonov, yoshlar yetakchisi Azizbek Xudanovlar ham oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Tadbirda yoshlar kamoli yoʻlida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar ham belgilab olindi.

Sevara Ismoilova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019