16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:17
Fan va taʼlim 👁 324

KELAJAK BUNYoDKORI, YuRT TAYaNChI BOʻLIShNI MAQSAD QILGAN QANGLILIK YoShLAR

KELAJAK BUNYoDKORI, YuRT TAYaNChI BOʻLIShNI MAQSAD QILGAN QANGLILIK YoShLAR

Yoshlar – yurtimiz kelajagi, millat va jamiyat tayanchi, ertangi kunimizning davomchilaridir. Mamlakatimizda yoshlar siyosati borasida olib borilayotgan ishlarning mazmun-mohiyati ham ularning taʼlim-tarbiya olishlari, odob-axloqli va sogʻlom, yuksak maʼnaviyatli, har tomonlama salohiyatga ega kasb egalari boʻlishlariga qaratilgan. Ularning yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qoʻsha oladigan barkamol avlod boʻlib voyaga yetishlari uchun barcha shart-sharoitlar, yetarli imkoniyatlar yaratilgan.

Yurtimizda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlardan foydalanib, yutuqlarga erishayotgan, chuqur bilim olishga, hunar oʻrganishga intilayotgan, bilimli va maʼnaviyatli, tafakkuri va dunyoqarashi keng yoshlar talaygina. Amudaryo tumanida ham ana shunday intiluvchan, oʻz iqtidori, zakovati bilan tumanimizni dunyoga tanitayotgan yoshlar koʻpchilikni tashkil qiladi.

Amudaryo tumanidagi “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyatining “Bilimli va maʼnaviyatli yoshlar bilan – Uchinchi Renessans sari” nomli grant loyihasini amalga oshirish orqali mana shunday yurtga munosib, komil insonlar boʻlib voyaga yetayotgan yoshlarni tengdoshlariga namuna, oʻrnak qilib koʻrsatish orqali ularning safini yanada kengaytirish maqsad qilingan.

Grant loyihasi ish rejasiga muvofiq ayni paytda Qangli ovulidagi 29-sonli maktabda tahsil olib, kelajakda yetuk insonlar, kelajak bunyodkorlari, yurt tayanchi boʻlishni maqsad qilib, aʼlo baholarga oʻqiyotgan oʻquvchilar haqida lavha tayyorlash uchun taʼlim maskaniga tashrif buyurdik.

4-sektor hududida joylashgan ushbu maktab 330-oʻringa moʻljallangan boʻlib, hozirgi kunda 405 nafar oʻquvchiga 46 nafar oʻqituvchi tomonidan taʼlim-tarbiya berilmoqda. Maktab binosi 2008-yilda yangidan qurilgan boʻlib, oʻquvchilarning sifatli taʼlim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Oʻquv muassasasida fan kabinetlari, informatika fani xonasi, faollar va sport zallari, oshxona mavjud. Taʼlim samaradorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratilayotgan ushbu taʼlim maskanini oʻtgan oʻquv yilida bitirgan 14 nafar bitiruvchi oʻquvchilardan 10 nafari oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishga muvaffaq boʻlishdi va maktab 93,3 foiz bilan yashil toifaga kiritildi.

Maktabning aʼlochi oʻquvchilaridan biri boʻlgan Madina Kushmuradova hozir 9-sinfda tahsil olmoqda. Matar yop mahallasida 2009-yilda tugʻilgan Madina oilada katta farzand. Ota-onasi farzandlarining komil insonlar boʻlib voyaga yetishlari uchun alohida eʼtibor qaratishganidan Madinaning bilim olishga qiziqishi katta. Hozir u fanlarni yaxshi oʻzlashtirish bilan birga rus va ingliz tillarini mustaqil oʻrganmoqda. Shu bilan birga matematika, ingliz tili, biologiya, ximiya fanlaridan maktabda tashkil etilgan toʻgaraklarga qatnashmoqda.

Madina 2022-2023 oʻquv yilida Al-Xorazmiy olimpiadasida tuman bosqichida biologiya fanidan qatnashib, 1-oʻrinni egallashga muvaffaq boʻldi. Ushbu olimpiadaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, oʻz iqtidorini sinovdan oʻtkazdi. Oʻtgan 2023-2024 oʻquv yilida ham biologiya fanidan olimpiadaning tuman bosqichida faxrli 1-oʻrinni egalladi va Qoraqalpogʻiston bosqichida qatnashdi.

Shu maktabning 10-sinf oʻquvchisi Mohinur Shomurodova ham faol va bilimdon oʻquvchilardan biri. Qangli ovulida ziyoli oilada tugʻilgan Mohinurning ota-onasi taʼlim sohasida faoliyat koʻrsatishadi. Yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga oʻz hissalarini qoʻshib kelayotgan bu fidoyi insonlar oilada farzandlarining chuqur bilim olishlariga, kitobxonlikka qiziqtirishgani samarali natijalar bermoqda.

Barcha fanlarni chuqur oʻzlashtirishga, bilim asoslarini mukammal bilib olishga intilayotgan Mohinur maktabda matematika, ingliz tili, biologiya fanlaridan toʻgaraklariga qatnashadi. U 2022-2023 oʻquv yilida Fanlar olimpiadasining tuman bosqichida biologiya fanidan 3-oʻrinni egallab, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Joriy 2023-2024 oʻquv yilida ham biologiya fanidan tuman bosqichida faxrli 2-oʻrinni egalladi va Qoraqalpogʻiston bosqichida oʻz bilimini sinovdan oʻtkazdi. Shuningdek, tumanimizda boʻlib oʻtgan “Zakovat” intellektual oʻyinida faol ishtirok etib, bilimdonligi, zukkoligi bilan eʼtibor qozondi. Jamoa ushbu oʻyinda 1-oʻrinni egallab, tuman gʻolibi boʻldi va Qoraqalpogʻiston Respublikasida eng kuchli 10 ta jamoa qatoridan joy oldi.

Maktabning 11-sinf oʻquvchisi Jahongir Yendirboyev ham aʼlo baholarga oʻqib, faolligi bilan tengdoshlariga namuna boʻlib kelmoqda. Oilada kitobxonlikka va ilm olishga eʼtibor kuchli boʻlgani sababli Jahongirning opalari hozirgi kunda oliy taʼlim muassasalarida tahsil olishmoqda.

Biri Nukus davlat pedagogika instituti, biri Nukus davlat tibbiyot instituti talabalari boʻlgan opalariga havas qilgan Jahongir ham oliygohda tahsilni davom ettirishni maqsad qilgan. Ushbu ezgu maqsadini roʻyobga chiqarish uchun darslardan tashqari paytda matematika, tarix, ingliz tili va informatika toʻgaraklarida oʻz bilimini oshirmoqda. U 2023-2024 oʻquv yilida Fanlar olimpiadasida informatika fanidan tumanda faxrli 3-oʻrinni egalladi. Undan tashqari, “Zakovat” intellektual oʻyinida tumanda 1-oʻrinni egallab Qoraqalpogʻiston Respublikasida ham ishtirok etdi va eng kuchli 10 ta jamoa qatoridan joy oldi.

Maktabning faol oʻquvchilaridan biri boʻlgan Sevinch Sultonmurodova ham bobosi Sultonmurod Avezimbetov kabi oʻqituvchi boʻlishni maqsad qilgan. Barcha fanlarni aʼlo darajada oʻzlashtirib kelayotgani, darslarda va jamoat ishlarida faol boʻlgani uchun uni oʻqituvchilari doim barchaga oʻrnak qilib koʻrsatadi. Sevinchoy, ayniqsa, matematika, fizika va geografiya fanlariga juda qiziqadi va ushbu fanlardan toʻgaraklarga qatnashadi. Oʻz iqtidorini sinab 2023-2024 oʻquv yilida Fanlar olimpiadasining tuman bosqichida matematika fanidan qatnashdi va faxrli 2-oʻrinni egalladi.

Yoshlar – kelajak bunyodkori, ertangi kunimiz egalaridir. Shu bois, yurtimizda yoshlar taʼlim-tarbiyasi, ularning hayotda barkamol shaxs sifatida kamol topishi uchun zarur shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilgan. Qanglilik yoshlar ham kelajak bunyodkori, yurt tayanchi boʻlishni, kelgusida mamlakatimiz ravnaqiga munosib hissa qoʻshishni maqsad qilib, maktabda ustozlaridan ilm sirlarini mukammal oʻrganishga intilishmoqda.

 O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019