16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:17
Fan va taʼlim 👁 242

JUMURTOV ETAGIDAGI MAʼRIFAT MASKANI

JUMURTOV ETAGIDAGI MAʼRIFAT MASKANI

Vatanimiz ravnaqi, millatimiz kelajagini ilmli, iqtidorli, yurtiga fidoyi va vatanparvar yoshlar timsolida koʻramiz. Dunyoda iqtidorsiz bola boʻlmasligi ayon. Faqat oilada, taʼlim muassasasida bolaning iqtidorini aniqlab, uni shu yoʻnalishda rivojlantirishga eʼtiborni kuchaytirish lozim.

Oq oltin ovulidagi Toza bosuv mahallasida joylashgan 50-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi pedagogik jamoasi zimmalaridagi bunday sharafli va masʼuliyatli vazifani yorugʻ yuz bilan uddalab kelayotganlardan deb bemalol ayta olamiz.

Ushbu taʼlim dargohining quvvati 220 oʻquvchi oʻringa moʻljallangan boʻlib, ayni kunda ikki smenada 402 nafar oʻquvchilar taʼlim-tarbiya olishmoqda. 1971-yilda qurilib, foydalanishga topshirilgan maktab binosi 2018-yilda mahalliy byudjet hisobidan joriy taʼmirlandi.

Izlagan imkon topadi deganlariday, 40 nafar oliy maʼlumotli oʻqituvchilar ushbu muassasada oʻquvchi yoshlarga fan asoslarini chuqur oʻrgatishga, ularning ilmli, iqtidorli va salohiyatli boʻlib voyaga yetishiga intilmoqda. Eʼtiborlisi ushbu jamoaning salmoqli qismi maktabning oʻz sobiq oʻquvchilari.

Maktabda “Besh tashabbus” doirasidagi fan toʻgaraklari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ularda malakali oʻqituvchilar mashgʻulot olib borishadi. Xususan, “Kitobxon yoshlar” toʻgaragida ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Dildora Davlatboyeva, kutubxonachi Nilufar Erimbetova, boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Gulnoza Rahimovalar, “Mohir qoʻllar” toʻgaragida Ozoda Boltaboyeva, “Qizlarjon” klubida Adolat Abdullayeva, badiiy havaskorlik toʻgaragida Islom Yusupov, “Yosh rassomlar” toʻgaragida Roza Kujanovalar oʻquvchilarning iqtidorini rivojlantirishga erishmoqdalar.

Fan toʻgaraklarida oʻquvchilarning dars mashgʻulotlarida olgan bilimlari mustahkamlanib, boyitib borilayotganligi oʻzining quvonarli natijalarini berayotir. 2022-2023 oʻquv yilida maktabdan uchirma boʻlgan 19 nafar bitiruvchilarning 15 nafari oliy taʼlim muassasalarining talabalari boʻlishgani oʻqituvchilar darslar samaradorligiga qay darajada erishayotgani koʻrsatib turibdi.

Joriy oʻquv yilgi asosiy fanlar olimpiadasida 9-sinf oʻquvchisi Bayansuluv Madiyarova, 9-sinf oʻquvchisi Dilnura Yursinova, 10-sinf oʻquvchisi Umida Soliyevalar yuqori ball toʻplab, gʻoliblikka erishdilar. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi bilim va malakalarni baholash Agentligi tomonidan oʻtkazilgan sinovda 10-sinf oʻquvchisi Shahzoda Qurbonboyeva ingliz tili fanidan yuqori natija qayd etib, V1 darajali sertifikatga ega boʻldi.

Muassasa oʻqituvchilari oʻquvchilarga fan asoslarini chuqur oʻrgatishga erishish bilan bir qatorda, oʻz ustlarida ham ijodiy ishlab, iqtidorini rivojlantirishga intilmoqdalar. Natijada Feruza Ajmagʻambetova rus tili, Shoira Erkaboyeva matematika, Dildor Karimboyeva ona tili va adabiyot, Dildora Davlatboyeva ona tili va adabiyot fanidan xalqaro va unga tenglashtirilgan milliy sertifikatga ega boʻldilar.

Erishilayotgan yutuqlar muassasa direktori Alisher Oʻrozboyev, oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Roziya Rajabova, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Akram Qurbonboyevlarning hamjihatlikda oʻqituvchilar, oʻquvchilar orasida sogʻlom maʼnaviy muhit yaratganligi, ularni yaxshi ishlash, oʻqishga ragʻbatlantira olishganligi samarasi desak, adashmagan boʻlamiz. Chunki intilish bor joydagina muvaffaqiyatlar boʻladi.

Biz maʼrifat va maʼnaviyat beshigi boʻlgan maktab oʻqituvchilar jamoasining kelgusi ishlarida ham yutuqlar tilab qolamiz.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019