16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:49
Qishloq xoʻjaligi 👁 258

AGROSANOAT MAJMUI XODIMLARI KASABA UYuShMASI AʼZOLARI IShTIROKIDA SEMINAR TAShKIL ETILDI

AGROSANOAT MAJMUI XODIMLARI KASABA UYuShMASI AʼZOLARI IShTIROKIDA SEMINAR TAShKIL ETILDI

Amudaryo tumanida Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi aʼzolari ishtirokida ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, mehnat muhofazasi va xavfsizligi ishlarini yangicha tashkil etish boʻyicha seminar oʻtkazildi.

24-yanvar kuni boʻlib oʻtgan mazkur seminarda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari Toʻxta Bozorov, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining Qoraqalpogʻiston Kengashi raisi oʻrinbosari Muradboy Daniyarov, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining mehnatni muhofaza qilish boʻlimi yetakchi mutaxassisi Sultanmurod Orazimbetov, Amudaryo tumani hokimining birinchi oʻrinbosari Komiljon Aytboyev, tuman Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Ilhom Polvonovlar qatnashishdi. Shuningdek, Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tuman Kengashi raisi Jasur Qurboniyozov hamda uyushma aʼzolari qatnashishdi.

Seminarda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari Toʻxta Bozorov “Mehnatkashlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash, tarmoqqa tegishli korxona, tashkilotlar va agroklasterlar bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari toʻgʻrisida”gi mavzusidagi maʼruzasi tinglandi. U oʻz maʼruzasida kasaba uyushmalariga aʼzo boʻlish tartibi, mehnatkashlarni ijtimoiy tomonidan qoʻllab-quvvatlashda uyushmalarning oʻrni va ahamiyati xususida soʻz yuritdi.

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining Qoraqalpogʻiston Kengashi raisi oʻrinbosari Muradboy Daniyarov “Mehnatkashlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlashda jamoa shartnomalari oʻrni” haqida maʼruza qildi. Seminar ishtirokchilariga ish beruvchi korxonalar bilan jamoa shartnomasini tuzish tartibi, ahamiyati haqida batafsil tushunchalar berildi.

Jamoa shartnomasi — korxonada ish beruvchi bilan xodimlar oʻrtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjat ekanligi taʼkidlanib, unda korxonaning iqtisodiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan normalar va qoidalarda koʻrsatilganiga qaraganda imtiyozliroq mehnat shartlari va ijtimoiy-iqtisodiy shartlar, yaʼni qoʻshimcha taʼtillar, pensiyalarga tayinlanadigan ustamalar, muddatdan ilgari pensiyaga chiqish, transport va xizmat safari xarajatlari uchun kompensatsiyalar, xodimlarni ishlab chiqarishda hamda ularning bolalarini maktabda va maktabgacha tarbiya muassasalarida tekin yoki qisman haq toʻlanadigan tarzda ovqatlantirish, boshqa qoʻshimcha imtiyoz va kompensatsiyalar ham kiritilishi mumkinligi tushuntirildi.

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining mehnatni muhofaza qilish boʻlimi yetakchi mutaxassisi Sultanmurod Orazimbetov esa “Korxona, tashkilot, fermer xoʻjaligi va agroklasterlarda mehnat muhofazasi, xavfsizligi ishlarini tashkil etish toʻgʻrisida” maʼruza qildi va keng tushunchalar berib oʻtdi. Korxonalarda mehnat muhofazasi boʻyicha ishlarni tashkil qilish va uning huquqiy-meʼyoriy asoslari haqida batafsil soʻz yuritdi. “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonunning 14-moddasi korxonalarda mehnatni muhofaza qilish xizmatlarini tashkil etishga bagʻishlangani, Qonunning shu moddasiga binoan Vazirliklar, idoralar, boshqa xoʻjalik organlari kasaba uyushmalari Markaziy qoʻmita bilan kelishib oʻzlari tasdiqlaydigan Nizomga muvofiq mehnat muhofazasi ishlarini muvofiqlashtirib borishini bayon etdi.

Seminar davomida kasaba uyushmasining afzalliklari, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish, ularning sogʻligini tiklash kabi koʻplab imtiyozlar haqida maʼlumot va tushuntirishlar berildi. Seminar ishtirokchilarning faolligi bilan jonli tarzda oʻtdi va ular oʻzlarini qiziqtirgan koʻplab savollarga maʼruzachilardan javoblar olishdi.

O.Xudoyberganova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019