16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:47
Qishloq xoʻjaligi 👁 240

2023-2024-yillarda tumanda jami 100 km. uzunlikdagi ichki xoʻjalik kanallarini betonlashtirish rejalashtirilgan

2023-2024-yillarda tumanda jami 100 km. uzunlikdagi ichki xoʻjalik kanallarini betonlashtirish rejalashtirilgan

Soʻnggi yillarda yer yuzida haroratning sezilarli darajada koʻtarilishi natijasida abadiy muzliklar hajmi kamayib bormoqda va bu sugʻorma dehqonchilik bilan shugʻullanuvchi davlatlar uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda. Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlarini oqar suv bilan taʼminlovchi Amudaryo va Sirdaryoning suvi ham keskin kamayib, bu mintaqa davlatlari, ayniqsa Oʻzbekiston uchun asr muammosiga aylanib ulgurdi. Global ekologik muammoning ayni paytdagi eng maqbul yechimi esa suvdan tejab-tergab, oqilona foydalanishdir. Shu bois, mamlakatimizdagi barcha asosiy suv yoʻllarini qayta rekonstruktsiya qilish va betonlashtirishga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirligiga qarashli Amudaryo tuman irrigatsiya boʻlimi tumandagi suv isteʼmolchilarini Respublikalararo Amudaryo irrigatsiya kanallari boshqarmasi tizimining Gurlan, Qilichboy, Qipchoq, Basu tarmoqlari va Amudaryo daryosida joylashgan nasos stantsiyalari orqali suv bilan taʼminlaydi.

Ayni paytda Amudaryo tumanidagi umumiy sugʻorish maydoni 39 ming 584 gektar boʻlib, tumanda 296,6 km. uzunlikdagi xoʻjaliklararo kanallar, 1342 km. ichki xoʻjalik kanallari mavjud.

Maʼlumki, tuproq oʻzanli sugʻorish tarmoqlarida suvning 30-35 foizi yoʻqotilishi mutaxassislar tomonidan ilmiy isbotlangan. Kanallarni betonlashtirish orqaligina suv yoʻqotilishining kamayishiga erishiladi.

Shu sababli Prezidentimiz tomonidan 2023-yil 29-noyabrda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida mamlakatimiz hududidagi kanallarni betonlash boʻyicha “zarbdor yil” eʼlon qilinib, yil davomida suvni tejash boʻyicha favqulodda ish tizimiga oʻtilishi belgilangan edi.

Amudaryo tumanida ham suv resurslaridan oqilona foydalanish, kanallarda suv yoʻqolishini kamaytirish maqsadida 2023-2024-yillarda 100 km. uzunlikda ichki xoʻjalik kanallarini betonlashtirish rejalashtirilgan. Shundan 21,8 km. uzunlikdagi kanallar klaster tashkilotlari tomonidan, 78,2 km. uzunlikdagi kanallar tumandagi 110ta fermer xoʻjaliklari tomonidan betonlashtiriladi.

Natijada ichki xoʻjalik kanallarida suv yoʻqolishi kamayishiga erishilib, yil davomida 21 million kubometr suv iqtisod qilinadi. Ayni kunlarda tumanimizning barcha hududlarida ichki ariqlarni betonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Qipchoq ovuli hududidagi “Abdurasul Hamkor” fermer xoʻjaligida 200 metr ichki xoʻjalik kanaliga hashar yoʻli bilan betonit togʻ jinsini toʻshash boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi. Seminarga tumandagi suv xoʻjaligi tashkilotlari xodimlari va fermer xoʻjaliklari rahbarlari, jami 150 nafar ishchi xodimlar qatnashdilar.

Tuman irrigatsiya boʻlimi boshligʻi Shukrullo Yusupov seminar ishtirokchilariga bentonit togʻ jinsini toʻshashning afzalliklari boʻyicha zarur tushunchalar berdi.

Shuningdek, seminarda ichki suv yoʻllarini betonlashtirishning iqtisodiy jihatdan foydali tomonlari xususida ham toʻxtalib, har yilgi mavsumda qayta-qayta qazuv ishlari olib borish uchun sarflanadigan mablagʻlar tejalishini, tejalgan mablagʻ hisobiga fermer xoʻjaliklari texnika vositalarini yangilash, zarur ehtiyot qismlari sotib olish imkoniga ega boʻlishlarini taʼkidladi.

Seminar davomida soha mutaxassislari oʻzlarining qimmatli masalahatlarini berdilar.

N.ABDULLAYeV, Amudaryo tumani irrigatsiya boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019