16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 19:51
Jamiyat 👁 390

NAVOIYXONLIK TADBIRI BARChAGA MAʼNAVIY RUH BAGʻIShLADI

NAVOIYXONLIK TADBIRI BARChAGA MAʼNAVIY RUH BAGʻIShLADI

Buyuk mutafakkir, shoir, davlat va jamoat arbobi, ulugʻ bobokalonimiz Mir Alisher Navoiy dahosiga sadoqat buyuk xalq va millatga nisbatan ehtirom va hurmat ifodasidir. Chunki dunyo xalqlari Navoiy deganlarida oʻzbek millatini, uning betakror soʻz sanʼatini, milliy maʼnaviy qadriyatlarini oʻzida mujassam etgan bebaho mumtoz adabiyotini tushunadilar. Bu goʻzal adabiyot Navoiy asarlari bilan shunchalar qadr-qimmatliki, 583-yildan beri bu dilbar sheʼriyat, nafis gʻazaliyot, yuksak tafakkur qudratini oʻzida mujassam etgan adabiy-badiiy, falsafiy dostonlarni hamon ahli dunyo oʻqib-oʻrganishdan, ibratlar olishdan, bu asarlardagi hikmatlar ummonidan hayratlanishdan aslo toʻxtamaydilar.

Har yili ulugʻ bobokalonimiz tavallud topgan 9-fevral sanasida nafaqat mamlakatimizda, balki butun turkiy olamda, butun dunyoda shoir asarlarining millionlab muxlislari Navoiy dahosiga cheksiz hurmat va ehtirom koʻrsatadilar. Shu kuni Navoiy gʻazal va ruboiylari, tuyuq va masnaviy, muxammaslari turfa xalqlar tillarida jaranglar sochadi.

Mamlakatimizda esa yil davomida Navoiyxonlik tadbirlari, Navoiy asarlari bilimdonlari koʻrik-tanlovlari oʻtkazilishi doimiy anʼanaga aylangan. Talaba-yoshlar, umumtaʼlim maktablarining oʻquvchi-yoshlari oʻrtasida oʻtkaziladigan, “Xamsa”xonlik, gʻazalxonlik kechalari, guruhlararo, sinflararo bellashuvlar oʻsib kelayotgan yosh avlod qalbida vatanparvarlik, doʻstlik va totuvlik, bagʻrikenglik tuygʻularini yanada mustahkamlab, Navoiy asarlarini oʻrganishga boʻlgan ishtiyoqlari ortishiga xizmat qilmoqda.

Amudaryo tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 1-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchi-yoshlari uchun Navoiyxonlik kechalari haqiqiy sheʼriyat bayrami kabi joʻshqin kayfiyat bagʻishlaydi. Maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari tomonidan hamjihatlikda tashkil etiladigan “Biz – Navoiy avlodlarimiz”, “Navoiy asarlari bilimdonlari”, “Navoiy gʻazallari – yuksak maʼnaviyat sarchashmasi” mavzularidagi sinflararo bellashuvlar, sheʼriyat va gʻazalxonlik kechalari har galgi oʻquv yili davomida anʼanaviy tarzda oʻtkazilib kelinayotgani oʻquvchi-yoshlarning Navoiy asarlari mazmun-mohiyatini chuqur tushunishlariga, qiziqish bilan oʻrganishlariga imkoniyat yaratmoqda.

Oʻquvchi-yoshlar esa oʻz tashabbus va intilishlari tufayli tez-tez Navoiy asarlari asosida bahri-baytlar aytishib, oʻzaro fikr almashadilar, bir-birlarining bilimlarini sinovdan oʻtkazadilar. Alisher Navoiy tavallud topgan 9-fevral sanasi oldidan maktabda har bir sinf alohida dastur asosida bayramona tadbirlar tashkil etishadi, shoir dostonlaridan parchalar oʻqib, gʻazalxonlik kechalarini oʻtkazishadi.

“Ulugʻ bobokalonimiz hayoti biz uchun ibrat” mavzusida Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan tashkillashtirilgan tadbir ham oʻquvchi-yoshlarning shoir dahosiga hurmat va ehtiromining yorqin ifodasi boʻldi.

Tadbirni maktab direktori Dilrabo Yoʻldosheva ochdi va barchani buyuk mutafakkir, shoir, davlat va jamoat arbobi, gʻazal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi bilan samimiy tabrikladi. Shu bilan birga Alisher Navoiyning turkiy xalqlar adabiyotiga qoʻshgan buyuk hissasi, oʻzbek mumtoz adabiyotining asoschisi sifatidagi beqiyos katta xizmati va asarlarining hech qachon qadr-qimmatini yoʻqotmaydigan hikmatlar xazinasi ekanligini alohida taʼkidlab oʻtdi.

Tadbir davomida oʻquvchilar Alisher Navoiy hayoti va ijodi xususida maʼruzalar qildilar, shoir gʻazallari, ruboiy va tuyuqlaridan aytib berdilar.

Navoiy asarlari asosida savol-javoblar orqali bir-birlarining bilimlarini sinovdan oʻtkazdilar, bahri-baytlar aytishdilar.

Oʻquvchi-yoshlar tomonidan tayyorlangan sahna koʻrinishi orqali Alisher Navoiyning shoir va davlat arbobi sifatidagi faoliyati, ilm-u zakovatda tengsizligi, xalqparvar va saxovatpesha insonligi mahorat bilan koʻrsatib berildi.

“Ulugʻ bobokalonimiz hayoti biz uchun ibrat” mavzusida tashkillashtirilgan mazkur tadbir haqiqatan ham har bir ishtirokchi uchun biri-biridan hikmatli gʻazal va ruboiylar, tuyuqlar haqiqiy ibrat va saboq boʻldi va barchaga maʼnaviy ruh bagʻishladi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026