16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 11:59
Fan va taʼlim 👁 328

YuQORI QIShLOQDAGI ILGʻOR MAKTABDA BARKAMOL AVLOD ULGʻAYMOQDA

YuQORI QIShLOQDAGI ILGʻOR MAKTABDA BARKAMOL AVLOD ULGʻAYMOQDA

Yosh avlodni maʼnaviy yetuk, komil insonlar etib tarbiyalashda maktablarning oʻrni katta. Maktab yoshlarga bilim asoslarini singdiradi, bolalikdan ilmu dunyoqarashi shakllanishida asosiy poydevor boʻlib xizmat qiladi. Taʼlim dargohi yoshlar uchun nafaqat bilim maskani, balki tarbiya oʻchogʻi hamdir. Oʻsib kelayotgan yosh avlodni milliy-maʼnaviy qadriyatlarga hurmat ruhida, oʻz xalqiga xizmat qiladigan va jamiyat rivojiga munosib hissa qoʻsha oladigan yetuk shaxslar qilib tarbiyalash ham maktablardagi oʻqituvchi-pedagoglarning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Amudaryo tumanining Qilichboy ovuli Yuqori qishloq mahallasida joylashgan 8-sonli maktabda ham Vatanga munosib, oʻzini yurt taraqqiyotiga daxldor deb biladigan yoshlar taʼlim-tarbiya olib, kamolga yetishmoqda. Ushbu maktab taʼlim-tarbiya va maʼnaviy-maʼrifiy samaradorlikni oshirish borasidagi ishlarga alohida eʼtibor qaratilgani, yutuqlarga, ijobiy natijalarga erishilayotgani tufayli “yashil toifa”ga kiritilgan.

Hozirgi paytda Ravshan Shomurodov rahbarlik qilayotgan mazkur maktab 1974-yilda qurilgan. Maktab binosi 2018-yilda joriy va kapital taʼmirdan chiqarilgan boʻlib, 400-oʻrinli quvvatga ega. Maktabdagi 21 ta sinfda taʼlim olayotgan 464 nafar oʻquvchini 53 nafar oliy va oʻrta maxsus maʼlumotli oʻqituvchi-pedagoglar barkamol avlod qilib tarbiyalashmoqda.

Maktabda dars mashgʻulotlaridan tashqari paytda oʻquvchilarning barcha bilimlarni chuqur oʻzlashtirishlarini taʼminlash maqsadida fan toʻgaraklari tashkil etilgan. Shuningdek, ularni kitobxonlikka jalb etish, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlariga ham alohida eʼtibor qaratilib, maktab kutubxonasi badiiy kitoblar bilan boyitilgan.

Maktabning iqtidorli oʻqituvchilaridan Mansur Oʻrozimbetov oʻquvchilarning intellektual salohiyatini oshirish, dunyoqarashini kengaytirishga astoydil harakat qilmoqda. Oʻquvchilar oʻrtasida muntazam ravishda turli xil intellektual oʻyinlar tashkillashtirib, ularning tafakkuri va dunyoqarashini yanada oʻstirib, bilimlarini boyitib bormoqda. Ushbu toʻgarak aʼzolari boʻlgan oʻquvchilar mashgʻulotlarda katta qiziqish bilan ishtirok etishmoqda va oʻz iqtidorlarini, bilimlarini tuman miqyosidagi musobaqalarida namoyish etib, faxrli oʻrinlar gʻoliblari boʻlishmoqda.

Oʻquvchilar tasviriy sanʼat fani oʻqituvchisi Mohira Jumamurodovaning dars va toʻgarak mashgʻulotlarini ham juda yaxshi koʻrishadi. Maʼlumki, yoshlarni badiiy jihatdan barkamol, Vatanga va milliy sanʼatga sadoqat ruhida tarbiyalab voyaga yetkazishda tasviriy sanʼat fanining oʻrni alohida ahamiyat kasb etadi. Tasviriy sanʼat fani umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻqitiladigan barcha maxsus fanlarning asosi hisoblanadi va ular orasidagi bevosita bogʻliqlikni taʼminlaydi.

Maktabning boshlangʻich sinflariga shu fandan dars berib kelayotgan Mohira Jumamurodova oʻquvchilarga koʻproq Vatan, yurt manzaralarini turli boʻyoqlarda tasvirlashga oʻrgatadi. Fasllar, goʻzal tabiatni, milliy qadriyatlarimiz, bayramlarimizni ranglarda jilolantirayotgan bolajonlar qalbiga ona diyorga muhabbat tuygʻularini ham joylashga harakat qiladi.

Taʼlim maskanida fizika, kimyo fanlari xonalari qatorida informatika xonasi ham mavjud boʻlib, ushbu xona zamonaviy kompyuterlar, axborot texnologiyalari vositalari bilan jihozlangan. Maktab oʻquvchilari internet tarmogʻiga ulangan kompyuterlar yordamida zamonaviy bilimlarni yanada chuqurroq oʻrganishga intilishmoqda. Fan oʻqituvchisi Aminboy Jumamurodov oʻquvchilarga kompyuterdan va internetdan samarali foydalanish boʻyicha tavsiyalar, tushunchalar berib kelmoqda. Ularga kompyuterni ishga tayyorlash, matn va grafik muharrirlari vositasidan foydalanish, maʼlumotlar, dasturlarning nusxalarini olish va koʻpaytirish, masalalar kabilarni oʻrgatib, bilimlarini oshirmoqda.

Taʼlim-tarbiya ishlari samarali yoʻlga qoʻyilgan mazkur maktabda kelajagimizga mustahkam poydevorlar qoʻyilmoqda. Ishonamizki, maktabda taʼlim olayotgan yuqori qishloqlik yoshlardan yurt taraqqiyotiga munosib hissa qoʻsha oladigan komil insonlar yetishib chiqadi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026