16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 10:45
Qishloq xoʻjaligi 👁 388

AMUDARYo TUMANI: JORIY YIL HOSILI UChUN SIFATLI ULUGʻLIK ChIGIT TAYYoRLASh NAZORATDA

AMUDARYo TUMANI: JORIY YIL HOSILI UChUN SIFATLI ULUGʻLIK ChIGIT TAYYoRLASh NAZORATDA

Maʼlumki, qishloq xoʻjaligida yetishtiriladigan hosilning sifati va salmogʻi, albatta yaxshi tanlangan urugʻlik mahsulotlariga bogʻliq. Yer, suv sharoiti yaxshi, tuproq unumdorligi qanchalik yuqori darajada boʻlishidan qatʼiy nazar, yerga qadaladigan urugʻlikning sifati talabga javob bermasa, bunday ulugʻlikdan ungan hosil ham koʻngildagiday boʻlmaydi, rejalar barbod boʻladi. Shu bois, qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan yerni ekishga sifatli tayyorlashdan tashqari, sifatli ulugʻlik mahsulotlarini ertadan tayyorlab qoʻyishga ham alohida eʼtibor qaratiladi.

Bu borada, Amudaryo tumanida kelgusi yil hosilining barakali boʻlishini taʼminlash maqsadida har yili bahorgi ekish mavsumida kelgusi yilgi dehqonchilik uchun zamin yaratiladi va sifatli urugʻlik tayyorlash choralari koʻriladi.

2024-yil hosili uchun davlat standartlari talabiga javob beradigan sifatli ulugʻlik chigit tayyorlash ishlarining borishi Agroinspektsiyaning Amudaryo tumani boʻlimi tomonidan nazorat qilib borilmoqda.

Amudaryo tumanida urugʻlik uchun qabul qilingan paxta xom ashyosi va uni saqlash boʻyicha oʻtkazilgan profilaktik tadbirlar davomida 2023-yil paxta hosilidan klaster korxonalari hamda elita urugʻchilik xoʻjaliklari tomonidan jami 2 ming 432.6 tonna urugʻlik paxta jamgʻarilgan.

Shuningdek, tumanda 1ta urugʻlik chigitni tayyorlash tsexi mavjud boʻlib, bugungi kunda rejadagi 905 tonna urugʻlik chigit saralash, dorilash va qadoqlash ishlari yakuniga yetib, qonunchilikda belgilangan talablarga mos ravishda sifatli saqlanmoqda.

Fermer xoʻjaliklarini yuqori sifatli urugʻlik chigit bilan taʼminlash maqsadida Agroinspektsiyaning tuman boʻlimi xodimlari va Inspektsiya qoshidagi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi Davlat muassasasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali tomonidan urugʻlik tayyorlovchi korxonaga malakali mutaxassis biriktirilgan.

Nazorat tadbirlari davomida sifatli urugʻlik chigit tayyorlash ishlarining qonunchilikda belgilangan talablarga rioya qilinishi yuzasidan Agroinspektsiya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganildi.

Xususan, urugʻlik chigitni saralash, saqlash sharoitlari doimiy nazorat qilinib, namlik darajasi aniqlashtirilishiga alohida eʼtibor qaratayotganiga ahamiyat berildi. Unga koʻra, urugʻlik saqlanayotgan omborxona harorati muntazam bir xil, moʻʼtadil holatda boʻlishiga eʼtibor qaratilmoqda.

Shuningdek, 2024-yil hosili uchun ekilgan urugʻlik gʻalla maydonlarida agrotexnik tadbirlarning oʻz vaqtida sifatli oʻtkazilishi ham Agroinspektsiyaning Amudaryo tumani boʻlimi tomonidan nazorat qilib borilmoqda.

Tumanda 588 gektar maydonda 2024-yil hosili uchun urugʻlik gʻalla yetishtirish boʻyicha 22ta qishloq xoʻjaligi subʼektlari tanlov gʻolibi boʻlishgan. Hozirgi kunda ushbu maydonlarga goʻng chiqarish, xandaq qazish va mineral oʻgʻitlar bilan oziqlantirish ishlari olib borilmoqda.

Ayni paytda tumandagi urugʻlik gʻalla yetishtirishga masʼul boʻlgan “Sobir Yeshchan” fermer xoʻjaligi tomonidan 35 gektar urugʻlik gʻalla agrotexnika qoidalariga muvofiq parvarish qilinmoqda.

R.Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019