16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 07:51
Iqtisodiyot 👁 409

Tumanimizdagi kichik sanoat zonasidagi tadbirkorlar faoliyati yanada rivojlantirilmoqda

Tumanimizdagi kichik sanoat zonasidagi tadbirkorlar faoliyati yanada rivojlantirilmoqda

Amudaryo tumanida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz tomonidan tadbirkorlarga berilayotgan imkoniyatlar targʻib qilinib, tadbirkorlar har tomonlama qoʻllab-quvvatlanmoqda.

Tumandagi kichik sanoat zonasida ish yuritayotgan tadbirkorlar bu kabi imtiyoz va imkoniyatlardan unumli foydalanib, oʻz faoliyatlarini yanada kengaytirmoqdalar.

Jumladan, kichik sanoat zonasida joylashgan “Tamara Tekstil” MChJ Prezidentimizning “Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonida belgilab berilgan imkoniyatlardan foydalanib, ishchi ayol-qizlar soni 15 nafardan 44 nafarga oshirdi. Ayni paytda, tumanimizdagi ovul mahallalarda band boʻlmagan xotin-qizlar kasb-hunarga oʻqitilib, mazkur MChJga ishga joylashmoqda hamda ularning bandligi taʼminlanmoqda.

Taʼkidlash joizki, davlatimiz rahbarining Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrifi mobaynida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida qator islohotlarni ilgari surildi. Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishni va yuqori qoʻshilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish orqali hududga investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, tadbirkorlarning takliflarini bevosita oʻrganish asosida kelgusi yetti yilda rivojlantirishning belgilangan pirovard natijalariga erishish maqsadida imzolangan “Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni tadbirkorlik faoliyati rivojini yangi bosqichga koʻtarishda muhim dasturulamal boʻlmoqda.

Kichik sanoat zonasidagi tashabbuskor tadbirkorlardan yana biri Jasur Bobojonov davlatimiz rahbarining mazkur farmoniga asosan imtiyozli kredit olgan. Ushbu kredit mablagʻlarini temir mahsulotlari ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan zamonaviy uskunalarni olib kelishga yoʻnaltirgan. Hozirda tadbirkor 15 nafardan ortiq yigitlarni ish bilan taʼminlab, tuman iqtisodi rivojiga munosib hissa qoʻshmoqda. Kelgusida yangi zamonaviy uskunalar xarid qilib, yangi ish oʻrinlari yaratish hamda ish bilan band boʻlmagan fuqarolarning bandligini taminlashni rejalashtirmoqda.

Kichik sanoat zonasidagi chorva mollari uchun omuxta yem ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Yuksalish Broker Servis” MChJ ham yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanib faoliyat yuritmoqda. Mazkur MChJ mototransport vositalarining ehtiyot qismlarini chet davlatlaridan olib kelish hamda yigʻib terish ishlarini amalga oshirib kelmoqda. Endilikda tadbirkor chet eldan kerakli uskunalarni olib kelib, mototransport vositalarining ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishni ham rejalashtirmoqda.

Qayd etish joizki, davlatimiz rahbarining “Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal surʼatlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni hududdagi tadbirkorlar uchun keng imkoniyat eshiklarini ochdi.

Mazkur hujjat Qoraqalpogʻiston Respublikasining mavjud ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan ishlab chiqarish va investitsiya salohiyatidan samarali foydalanish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va yuqori qoʻshilgan qiymatga ega raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish, tadbirkorlarga koʻrsatiladigan moliyaviy xizmatlar koʻlamini kengaytirish, infratuzilmaviy shart-sharoitlarni yaratib berish orqali aholi bandligini taʼminlash hamda hududning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish kabi ustuvor maqsadlarga xizmat qilmoqda.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026