16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:45
Sport 👁 279

BAYRAM MUNOSABATI BILAN AMUDARYoLIK AYoL-QIZLAR IShTIROKIDA SPORT MUSOBAQALARI OʻTKAZILDI

BAYRAM MUNOSABATI BILAN AMUDARYoLIK AYoL-QIZLAR IShTIROKIDA SPORT MUSOBAQALARI OʻTKAZILDI

Xalqaro ayol-qizlar kuni munosabati bilan yurtimizning barcha hududlarida turli maʼnaviy-maʼrifiy, koʻngilochar tadbirlar oʻtkazildi. Korxona-tashkilot va muassasalarda “Ayol borki, olam munavvar”, “Ayollari qadr topgan yurt”, “Sen baribir muqaddassan, muqaddas ayol”, “Qizlar davrasi” nomli madaniy-maʼrifiy tadbirlar koʻtarinki ruhda nishonlandi. Ayniqsa, bayram arafasida tashkil etilgan sport musobaqalarida qatnashgan ayol-qizlarga joʻshqinlik ulashilib, bayramni xushnud oʻtkazishdi.

5-6-mart kunlari Amudaryo tumanida ham 8-mart – Xalqaro ayol-qizlar bayrami munosabati bilan taʼlim tizimida faoliyat olib borayotgan ayol-qiz xodimlar oʻrtasida “Sport – salomatlik garovi” shiori ostida sportning shaxmat, shashka, stol tennisi, darts va voleybol turlari boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi. Musobaqalar Amudaryo muhandislik texnikumi, tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va 40-sonli umumtaʼlim maktabi sport zallarida oʻtkazildi.

Musobaqalarning ochilish marosimida ishtirok etib soʻzga chiqqan masʼullar barcha xotin-qizlarni, sportchi va trenerlarni, tizim xodimlarini nafosat va goʻzallik bayrami bilan tabriklashdi. Jamiyatimizning turli jabhalarida xotin-qizlarning oʻrni beqiyosligini taʼkidlab, ular oʻzlarining bilimi va malakasi, tajribasi va mahorati bilan yurtimiz ravnaqiga, jamiyatimiz rivojiga munosob ulushini qoʻshib kelayotganini, jismoniy tarbiya va sport sohasida ham samarali mehnatlari, yuqori koʻrsatkichlari bilan el nazariga tushgan, obroʻ-eʼtiborga sazovor boʻlgan ayol-qizlar koʻpchilikni tashkil qilishini, ular turli nufuzli musobaqalarda ulkan yutuqlarni qoʻlga kiritib, tumanimiz, mamlakatimiz dovrugʻini olamga yoyishga oʻz hissalarini qoʻshishayotganini faxr va gʻurur bilan eʼtirof etib oʻtishdi.

Musobaqalarda tuman boʻyicha hududlarda gʻolib sanalgan ishtirokchilar va gʻolib jamoalar ishtirok etishdi. Sportning shaxmat turi boʻyicha boʻlib oʻtgan musobaqalarda faxrli 1-oʻrinni 11-sonli umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi Raisa Saxiyeva, 2-oʻrinni 65-sonli umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi Ozoda Abdullayeva, 3-oʻrinni 12-sonli umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi Dilorom Shomurodovalar egallashdi. Shashka turi boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalarda esa faxrli 1-oʻrinni 26-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti xodimi Tursunoy Tojibayeva, 2-oʻrinni 67-sonli umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi Zulayho Bobojonova, 3-oʻrinni 45-sonli umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi Dilfuza Abdurahmonovalar qoʻlga kiritishdi.

Sportning stol tennisi turi boʻyicha qizgʻin kechgan musobaqalarda 46-sonli umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi Muyassar Masharipova faxrli 1-oʻrin, 8-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti xodimi Gulshod Masharipova 2-oʻrin, 11-sonli umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi Qunduz Kamolova 3-oʻrin gʻoliblari boʻlishdi. Shuningdek, sportning darts turi boʻyicha oʻtkazilgan musobqalarda esa 19-sonli umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi Muborak Masharipova faxrli 1-oʻrinni, 11-sonli umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi Nasiba Kamolova 2-oʻrinni, 16-sonli umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi Rahima Saparboyeva 3-oʻrinni egallashdi.

Bahslarga boy tarzda oʻtgan voleybol musobaqalarida esa faxrli 1-oʻrinni 28-sonli umumtaʼlim maktabi jamoasi, 2-oʻrinni 22-sonli umumtaʼlim maktabi jamoasi, 3-oʻrinlarni 41-sonli umumtaʼlim maktabi jamoasi va 32-sonli umumtaʼlim maktabi jamoalari egallashdi.

Musobaqalarda gʻolib boʻlgan jamoalar va faxrli oʻrin egallagan ishtirokchilar Taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Amudaryo tuman boʻlinmasi kengashi tomonidan diplomlar va sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.

U.Abdurahmonov, Oʻzbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Amudaryo tuman boʻlinmasi kengashi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019