16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:04
Fan va taʼlim 👁 294

OʻZBEKISTON MAHALLASINING IQTIDORLI QIZLARI

OʻZBEKISTON MAHALLASINING IQTIDORLI QIZLARI

Har bir bola iqtidor egasi boʻlib tugʻiladi. Uning iqtidorini yuzaga chiqarish esa ota-ona va maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari xodimlari zimmasidadir. Bolalarning ilmli, aqlli va yetuk boʻlib voyaga yetishi jamiyat taraqqiyoti uchun ham zarurdir. Shuning uchun oʻqituvchi-murabbiylar iqtidorli oʻquvchilarni aniqlashi, ularni shu yoʻnalishda rivojlantirishi, uni yuzaga chiqarishga intilmogʻi lozim.

Buningdek sharafli vazifani ado etish yoʻlida harakat qilayotgan Amudaryo tumanidagi 44-sonli maktab oʻqituvchilari koʻpgina yutuqlarga erishmoqdalar.

Muassasa binosi quvvati 464 nafar oʻquvchi oʻrniga moʻljallangan boʻlib, hozirda 495 nafar oʻquvchilarga 46 nafar oʻqituvchilar taʼlim-tarbiya berishmoqda. Ularning 12 nafari kasb malakasiga koʻra oylik ustamaga ega.

“Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati amalga oshirayotgan “Bilimli va maʼnaviyatli yoshlar bilan – Uchinchi Renessans sari” grant loyihasi ish rejasiga muvofiq ularning bir guruhi bilan yaqindan tanishdik.

Maktabning 11-sinf oʻquvchisi Rayhon Nazarboyeva iqtidorli, intiluvchan, umidli yoshlaridan biri. U aʼlo xulqi, fan asoslarini puxta egallayotganidan oʻqituvchilarning eʼtiboriga tushgan. Shu boisdan ular Rayhon bilan darsdan tashqari alohida ham shugʻullanishadi va dars mashgʻulotlari davomida olgan bilimlarini mustahkamlaydilar.

Rayhon badiiy kitoblar oʻqishni ham yaxshi koʻradi. U “Yosh kitobxon” koʻrik-tanlovining quyi bosqichlarida gʻolib boʻlib, tuman bosqichida ishtirok etdi va faxrli ikkinchi oʻrinni egalladi. Asosiy fanlar olimpiadasining tuman bosqichida ona tili va adabiyot fanidan ishtirok etib, qayd etgan natijalariga koʻra, kuchli oʻntalikka kirdi.

Rayhon Nazarboyevaning oʻz kelajagi uchun belgilagan orzulari yuksak -boshlangʻich taʼlim oʻqituvchisi boʻlib, jajji oʻgʻil-qizlarni ilmlar dunyosi sari yetaklash, oʻqib, bilim olishga qiziqtirish, iqtidorlariga koʻra rivojlantirish.

Mazkur maktabning 2-sinf oʻquvchisi Dilnura Ahmadjonova esa aʼlo oʻqish bilan birga tuman sport maktabining gimnastika toʻgaragida badiiy gimnastika bilan shugʻullanadi. Bu jajjigina qizaloqning Oʻzbekiston mahallasidan Mangʻit shahriga qatnab, ustozi Shahodat Rajabova mashgʻulotlarida ushbu sport turini nechogʻlik yaxshi egallayotganini turli musobaqalarda erishgan natijalari yaqqol koʻrsatib turibdi.

U 2023-yilda Toshkent shahrida “Vesyolie zvyozdochki” nomli bilan 2009-2019-yillarda tugʻilgan qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan badiiy gimnastika boʻyicha respublika ochiq turnir, Urganch shahar, Nukus shahar, Bogʻot tuman sport maktablari oʻtkazgan ochiq birinchilik musobaqalarining gʻolibi. Kelajakda sportchi boʻlishni niyat qilib mashgʻulotlarni puxta oʻzlashtirayotgan qizaloq oʻz natijalari bilan tumanimiz sport sharafini yuksaltirishni niyat qilgan.

Tuman sport maktabining gimnastika toʻgaragida badiiy gimnastika mahoratini qunt bilan oʻrganayotgan iqtidorli qizlarning biri Sevinchoy Gulimbetovadir. U 44-sonli maktabning 3-sinfida oʻqiydi. Uch yildan beri darsdan boʻsh vaqtlarida Oʻzbekistondan Mangʻitga qatnab, tuman sport maktabida murabbiy Shahodat Rajabova rahbarligidagi badiiy gimnastika guruhi mashgʻulotlarida qatnashadi.

Oʻz mahoratini oshirishga sidqidildan intilayotgan qizaloqning sportda erishgan yutuqlari koʻpchilikka ibrat boʻlgulik. Xususan, u “Sport malikalari”, “Qish ertagi” respublika musobaqalarida birinchi, ikkinchi oʻrinlarni, Beruniy tuman sport maktabi, Navoiy shahar sport maktabi, Nukus shahar 1-sonli sport maktab ochiq birinchiliklarida faxrli oʻrinlarni egalladi. 2023-yil “Vesyolie zvyozdochki” nomli respublika musobaqasida birinchi, “Yangi yil sarguzashtlari” respublika ochiq turnirida ikkinchi oʻrinni yengib oldi. Uning hisobidagi medallar shodasining 9tasi 1-oʻrin uchun berilgan.

Sevinchoy oʻzi erishayotgan gʻalabalari zamirida murabbiyi Shahodat Rajabovaning, oʻzining sport bilan shugʻullanishiga sharoit yaratib bergan ota-onasining eʼtibori, gʻamxoʻrligi borligini faxr bilan aytadi.

Orzulari osmon qadar yuksak Oʻzbekiston mahallasining bu iqtidorli qizlarining kelajagi porloq boʻlishini tilab qolamiz.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019