16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:53
Jamiyat 👁 286

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI MIGRATsIYa VA FUQAROLIKNI RASMIYLAShTIRISh BOShQARMASI BOShLIGʻI Sh.TOʻRAYeV JUMUROVULLIK YoShLAR BILAN UChRAShDI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI MIGRATsIYa VA FUQAROLIKNI RASMIYLAShTIRISh BOShQARMASI BOShLIGʻI Sh.TOʻRAYeV JUMUROVULLIK YoShLAR BILAN UChRAShDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston - 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni 1-bandiga asosan 2024-yil 1-martdan boshlab alohida ishlash talab etiladigan, shuningdek, isteʼdodli va iqtidorli yoshlar Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi qarori bilan “Yoshlar balansi” asosida vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ishtirokidagi korxona va tashkilotlar hamda oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlariga biriktirilishi belgilangan edi.

Dasturda belgilanganidek, mazkur rahbarlar har oyda kamida bir marotaba oʻzlariga biriktirilgan hudud yoshlari bilan uchrashib, ularning muammolarini hal qilish, bilim va salohiyatlarini yuzaga chiqarish, ularni talab yuqori boʻlgan kasb-hunarga oʻqitish orqali bandligini taʼminlash, hayotda oʻz oʻrnini topishi, shuningdek, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga har tomonlama koʻmaklashib borilishi taʼkidlangan boʻlib, joylarda bu borada davlat dasturi ijrosini taʼminlashga qaratilgan ishlar boshlab yuborildi.

Xususan, idora va tashkilotlar hamda vazirlikdar, hokimiyat organlari xodimlari oʻzlari biriktirilgan hududlarda boʻlishib, yoshlar muammolarini joyiga chiqqan holda oʻrganmoqdalar. Oʻrganishlar natijasida aniqlangan muammolar yechimi yuzasidan chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqilib, shu asosda tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilmoqda. Unga koʻra, yoshlarning salohiyati, isteʼdodi va tashabbuslarini toʻlaqonli roʻyobga chiqarish maqsadida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida xorijiy tillarni qunt bilan oʻrganayotgan bilimdon yoshlar bellashuvlari, kibersport musobaqalari va “Zakovat” intellektual oʻyinlarini tashkil etish orqali salohiyatli, iqtidorli yoshlarni ragʻbatlantirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

Joriy yilning 13-mart sanasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshligʻi Shavkat Toʻrayev Amudaryo tumanida boʻlib, oʻziga biriktirilgan hudud yoshlari bilan uchrashdi. Jumurovul mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi 45-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtgan mazkur uchrashuv tadbirida Amudaryo tuman IIB huzuridagi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi boshligʻi Abdurahmon Umirov, hudud boʻyicha yoshlar yetakchisi Zafar Otaboyev va mahallaning iqtidorli yoshlari ishtirok etishdi.

Oshkora va samimiy muloqot tarzida oʻtkazilgan uchrashuv tadbirida Shavkat Toʻrayev mahalla yoshlarining yozma va ogʻzaki murojaatlarini hudud masʼullari bilan birgalikda oʻrgandi. Oʻrganishlar natijasida safarbarlik chaqiruv rezervi tarkibida harbiy xizmat burchini oʻtash uchun ketayotgan yoshlarning shartnoma pullarini toʻlash, OTMlarda taʼlim olayotgan yoshlarning oʻqishi uchun shartnoma mablagʻini toʻlab berish, shuningdek, kasb-korli, mutaxassislik diplomiga ega yoshlarning ish bilan bandligini taʼminlash boʻyicha yoshlarning murojaatlari alohida tizimga olinib, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda hal etish choralari koʻrildi.

Uchrashuv davomida yoshlar oilaviy tadbirkorlik doirasida davlatimiz tomonidan ajratilayotgan kredit mablagʻlari hisobidan oʻz loyihalarini amalga oshirish borasida amaliy yordam koʻrsatish, olis qishloqlarda ham til oʻrganish markazlarini tashkil etish yuzasidan oʻzlarining fikrlari va takliflarini bayon qildilar. Shu bilan birga, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, shaxsiy biznes-loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Yoshlarning barcha savollariga masʼullar batafsil javob berdilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019