16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:04
Salomatlik 👁 431

MAʼNAVIYaT MASKANIGA AYLANGAN 1-SONLI MAKTAB KUTUBXONASIDA KITOBXON YoShLAR SAFI ORTMOQDA

MAʼNAVIYaT MASKANIGA AYLANGAN 1-SONLI MAKTAB KUTUBXONASIDA KITOBXON YoShLAR SAFI ORTMOQDA

Inson bilimni eng avvalo kitoblardan oʻrganadi. Kitoblarni bejizga bilimlar kaliti deyishmaydi. Kimki, kitoblarga oshno boʻlsa, tafakkuri va dunyoqarashi kengayadi, ilmi ortib, maʼnaviyati yuksaladi. Shu sababli yurtimizda aholini, ayniqsa, yoshlarni kitobxonlikka jalb etishga alohida eʼtibor qaratilib, keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Amudaryo tumanidagi amunews.uz veb-sayti tahririyatining “Sogʻlom muhit – sogʻlom hayot” grant loyihasi doirasida ham yoshlarning dunyoqarashini va maʼnaviyatini yuksaltirish, ularni yot gʻoya va illatlardan himoya qilish, ular oʻrtasida kitobxonlikni yanada ommalashtirishga, kitobxon yoshlar safini oshirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etilmoqda. Ushbu grant loyihasi doirasida Navoiy nomli mahalla hududidagi 1-sonli umumtaʼlim maktabi kutubxonasi faoliyati bilan tanishish maqsadida mazkur maʼnaviyat maskaniga tashrif buyurdik.

Maktab kutubxonasi nafaqat oʻquvchi-yoshlar balki, shu atrofdagi aholi uchun ham sevimli maskanga aylangan va doim kitobxonlar bilan gavjum. Boisi ushbu fayzli kutubxonada maktab darsliklaridan tashqari, xilma-xil mavzudagi badiiy-ilmiy adabiyotlar ham mavjud. Kutubxonada kitoblar bilan toʻla javonlar joylashtirilgan xonadan tashqari, barcha sharoitlarga ega boʻlgan shinamgina oʻquv zali ham tashkil etilgan. Bu yerdagi darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalar soni 14 ming 323 dona boʻlsa, turli mavzulardagi badiiy adabiyotlar 1236 taga yetkazilgan.

Ushbu kutubxonada 2012-yildan buyon ishlab kelayotgan kutubxona mudirasi Iroda Allaniyozovaning ham kitobxon yoshlar safi ortishida hissasi katta. U yangi kitoblar sonini koʻpaytirishga, shu bilan birga bor kitoblar haqida oʻquvchi-yoshlarga batafsil maʼlumotlar berib borishga harakat qiladi. Undan tashqari, kitobxonlik haftaliklari, adabiy kechalar oʻtkazib, oʻquvchilarning qiziqishlarini yanada oshirib boradi. Hozirga kunda maktabda taʼlim-tarbiya olayotgan 734 nafar oʻquvchidan 689 nafari kutuxonaga doimiy aʼzo boʻlishgan. Qolganlari esa shu yerga muntazam ravishda kelib, kitoblar bilan tanishishadi va ularni oʻquv zalida muotlaa qilishadi.

Deyarli 1 asrlik tarixga ega boʻlgan ushbu 1-sonli maktabda oʻquvchilar taʼlim-tarbiya olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Maktab 2023-yil aprel oyida “Open budget” loyihasida ishtirok etib gʻolib boʻldi va 1 mlrd. 300 ming soʻm evaziga maktab zamonaviy koʻrinishga keltirildi.

Bugungi kunda maktabimizda 84 nafar oʻqituvchi sal kam 800 oʻquvchiga taʼlim-tarbiya bermoqda. Ularning 12 nafari oliy, 34 nafari 1-toifali oʻqituvchilardir. Yaqinda Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovida maktabimiz ingliz tili fani oʻqituvchilari faol qatnashib, 3-oʻrinni egalladi va 50 mln. soʻmlik sertifikatni qoʻlga kiritishdi. Shuningdek, 2023-2024 oʻquv yilida maktab bitiruvchilari Fan olimpiadalarida ham faol qatnashib, yuqori natijalarni qoʻlga kiritishdi.

Maktabning ona tili va adabiyot oʻqituvchilari Gulchehra Qurbonboyeva, Mubora Xalillayeva, Dildora Hayitboyeva, Mohira Kamolovalar hamda tajribali qoraqalpoq tili fani oʻqituvchilari Aptabida Abdimuradova, Dildora Qoʻchqorovalar ham darsdan tashqari mashgʻulotlar tashkil etib, ularni kutubxonada oʻtkazishadi. Yoshlarga oʻzbek mumtoz adabiyoti, 20-asr adabiyoti va hozirgi zamon adabiyoti rivojiga hissa qoʻshgan adib va shoirlar haqida qiziqarli maʼlumotlar berib, ularning asarlari bilan tanishtirib borishadi.

Eʼtirof etish joizki, maktab kutubxonalari axborot va bilimga tobora koʻproq asoslanib borayotgan zamonaviy dunyoda muvaffaqiyatli faoliyat olib borish uchun fundamental ahamiyat kasb etuvchi maʼlumot va gʻoyalarni taqdim etadi. Navoiy mahallasidagi 1-sonli maktab kutubxonasi ham oʻquvchilarni taʼlim olish koʻnikmalari bilan qurollantirib, ularning tasavvurlarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etib, bolalarning komil insonlar boʻlib yetishishlarida alohida ahamiyat kasb etmoqda.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019