16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 14:38
Fan va taʼlim 👁 305

BIR ASRLIK ZIYo MASKANI

BIR ASRLIK ZIYo MASKANI

Amudaryo tumanidagi 1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi tashkil topganiga bu yil bir asr toʻladi. Ushbu taʼlim maskani 100-yildan buyon ziyo tarqatib, yosh avlodga taʼlim va tarbiya berib, jamiyat koriga yaraydigan, ilmli va yetuk insonlarni voyaga yetkazib kelmoqda.

Mazkur taʼlim maskani tashkil qilinishining tarixiga nazar tashlaydigan boʻlsak, Oʻrta Osiyoda milliy chegaralanish oʻtkazilgan 1924-yil 27-oktyabrda, yaʼni 1924-1925 oʻquv yilidan boshlab, mangʻitlik Matniyozboyning uyida dastlab boshlangʻich maktab tarzida tashkil qilingan hamda unga “Namuna” deb nom berilgan. Maktabda oʻsha paytlarda dastlab Xoʻjayoz Afandi, keyinchalik Sodiq Matchonov degan insonlar oʻqituvchilik qilishgan. Jangil Ziyoddinova, Madat Matnazarov, Qurbonboy Jumaniyozov, Hayitboy Poʻlatov, Rahim Jumaniyozov hamda Kamol Niyozovlar ushbu maktabning dastlabki oʻquvchilari boʻlishgan.

Keyinchalik 1932-1933 oʻquv yilidan ushbu boshlangʻich maktab 7 yillik, yaʼni toʻliqsiz oʻrta, 1938-1939 oʻquv yilidan boshlab, esa oʻrta maktab tarzida faoliyat yurita boshlagan. Mazkur maktab 1939-yildan boshlab, 1938-yilning aprel oyida vafot etgan, oʻsha paytdagi yoshlar tashkiloti, yaʼni VLKSM Oʻrta Osiyo Byurosi Markaziy Komitetining 1-kotibi boʻlgan Sergey Ivanovich Strelkovning nomini abadiylashtirish maqsadida uning nomi bilan atala boshlagan.

Taʼlim maskani Xorazm okrugi Mangʻit tumani boʻyicha yagona toʻliqsiz oʻrta maktab hisoblangan. Shu sababli ham tumanning barcha hududlaridagi boshlangʻich maktablarni tugatgan oʻquvchilar taʼlim maskani yotoqxonasida yashab, oʻqishni davom ettirishgan. 1931-yilda esa hozirgi 1-sonli oʻrta maktabning 12 xonali binosi qurilib, ishga tushirilgan. 1935-1936 oʻquv yilida maktabning yuqori sinfi hisoblangan 7-sinfida 7 nafar oʻquvchi taʼlim olgan va mazkur oʻquv yilida ushbu maktabni 11 nafar oʻquvchi bitirgan. Jumamurod Chorshamov, Yoʻldosh Xudoyberganov, Doʻschon Tojiboyev, Kenja Niyozov, Qosim Xonbekov, Fotima Ahmedova, Bika Tojiboyeva, Xadicha Sarsenboyeva, Muhammad, Zaynab Asqarova kabilar maktabning dastlabki bitiruvchilari boʻlishgan.

Ushbu maktabda taʼlim olgan oʻquvchilardan fan doktorlari, olim-u fozillar yetishib chiqqan. Fizika-matematika fanlari doktorlari, professorlar Muxtor Saidov, Amin Saidov, filologiya fanlari nomzodi Ahmad Ishayev, tarix fanlari nomzodi Qurbonboy Sobirov, filologiya fanlari doktori Pirmat Shermuhammedov, pedagogika fanlari doktori Ahmad Nurmatov, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori Ibodulla Ollayorovlar bilan faxrlansak arziydi.

Tuman tarixiga muhrlangan ushbu maktabda 2014-yildan oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimida ishlagan boʻlsam, 2022-yil iyun oyidan rahbarlik faoliyatimni boshladim. Ish faoliyatimni dastlab maktab binosi taʼmiridan boshladim. Oʻqituvchi va oʻquvchilarning yaxshi, qulay sharoitlarda oʻqishi, faoliyat yuritishlari uchun imkon darajasida harakat qildim. Shu maqsadda 2023-yil aprel oyida “Open budget” loyihasida ishtirok etib, gʻolib boʻldik va 1 mlrd. 260 mln. soʻm evaziga maktab zamonaviy koʻrinishga keltirildi.

Bugungi kunda maktabimizda 84 nafar oʻqituvchi salkam 800 oʻquvchiga taʼlim-tarbiya bermoqda. Ularning 12 nafari oliy, 34 nafari 1-toifali oʻqituvchilardir. “Xalq taʼlimi aʼlochisi” koʻkrak nishonini olishga muyassar boʻlgan Aptabida Abdimuradova yosh avlodga qoraqalpoq tili fanidan saboq berib kelmoqda. Undan tashqari, 20 nafarga yaqin sobiq bitiruvchimiz OTMlarni aʼlo baholarga bitirib, ayni kunda shu dargohda oʻquvchilarga taʼlim bermoqdalar.

Yaqinda Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovida maktabimiz ingliz tili fani oʻqituvchilari faol qatnashib, 3-oʻrinni egallashdi va 50 mln. soʻmlik sertifikatni qoʻlga kiritishdi. Shuningdek, 2023-2024 oʻquv yilida maktabimiz bitiruvchilari fan olimpiadalarida ham faol qatnashishdi. Fan olimpiadasida qoraqalpoq tili fanidan 11-“A” sinf oʻquvchisi Zahro Rahimboyeva tumanda 1-oʻrinni, biologiya fanidan Hilola Bozorboyeva 1-oʻrinni egalladilar. Ingliz tili fanidan tumanda 3-oʻrinni egallagan oʻquvchimiz Otabek Yangiboyev esa Qoraqalpogʻiston respublikasi bosqichida qatnashib, 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Shu oʻrinda biz maktabimiz bitiruvchisi, taniqli sportchi “Tokio – 2020” olimpiadasi ishtirokchisi Sharofaddin Boltaboyev bilan ham haqli ravishda faxrlanamiz.

Sobiq bitiruvchilarimiz “Besh tashabbus olimpiadasi”ning sport yoʻnalishida 22-26 yoshlilar oʻrtasida oʻtkazilgan yengil atletika boʻyicha musobaqalarining mamlakat bosqichida qatnashib, faxrli 1-oʻrinni egalladilar. Ularning bu mehnatlari samarali baholanib, Sport vazirligi tomonidan 270 mln. soʻm ajratildi va maktab hududiga zamonaviy sport maydonchasi qurildi. Bu maydoncha maktabimiz oʻquvchilari va maktabimiz joylashgan Navoiy nomli mahalla yoshlarining boʻsh vaqtlarini samarali oʻtkazishga xizmat qilmoqda.

Bu, albatta, maktabimiz yutuqlaridan bir parcha, xolos. Men mana shunday tarixi ham, maʼnaviyati ham namunali maktabda oʻqiganimdan, hozirgi kunda shu maskanda faoliyat yuritayotganimdan, fidoyi, mehrli, ahil jamoa bilan yosh avlodga taʼlim-tarbiya berayotganimdan, kelajakka munosib avlodlar voyaga yetkazishga hissa qoʻshayotganimdan faxrlanaman. Bizning taʼlim maskanimiz yurtimiz dovrugʻini dunyoga tanitishga qodir boʻlgan taniqli insonlarni ulgʻaytirishda davom etadi.

 

Dilrabo Sherbayeva, maktab direktori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019