17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 04:32
Jamiyat 👁 257

Toshqalʼadagi “Gʻoyib ota” qabristoni obodonlashtirilib, atrofiga manzarali daraxt koʻchatlari ekildi

Toshqalʼadagi “Gʻoyib ota” qabristoni obodonlashtirilib, atrofiga manzarali daraxt koʻchatlari ekildi

Yurtimizga bahor fasli kirib kelishi bilan yurtdoshlarimiz chor-atrofni tozalash va obodonlashtirish ishlariga uyushqoqlik bilan kirishadilar. Zero, obodlik bor joyda qut-baraka boʻladi. Bu hikmatli soʻzni hayoti va faoliyatiga shior qilib olgan amudaryoliklar joriy yilgi bahor faslini ham hasharlar bilan boshlab, hovli va koʻchalarini, mahalla va guzarlarni obod qilish, koʻkalamzorlashtirish ishlariga munosib hissa qoʻshmoqdalar.

Tumanning Qilichboy ovulidagi Toshqalʼa mahallasi hududida ham hasharlar oʻtkazilib, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻchat ekish ishlari yuqori surʼatda, sifatli tarzda amalga oshirilmoqda.

Ramazon oyi munosabati bilan mahalla ahli fuqarolar yigʻini masʼullarining tashabbusi asosida yana bir xayrli ishga qoʻl urdilar. Navbatdagi hashar davomida hududda joylashgan “Gʻoyib ota” qabristoni atrofi obodonlashtirilib, daraxtlarga shakl berildi va ohaklandi. Qabriston hududi begona oʻtlardan, xas-hashaklardan tozalanib, yoʻlaklar tartibga keltirildi.

Muqaddas islom dinimizda qabristonni ziyorat qilish katta savoblar qatoriga kiritilgan. Marhumlar abadiy qoʻnim topgan maskanlarni ziyorat qilish va ularning haqlariga duoda boʻlish har birimizning insoniy burchimizdir. Shu sababli ham har bir yurtdoshimiz doimo milliy va diniy qadriyatlarimizni asrashga, oʻtgan ajdodlarimiz xotirasini ulugʻlashga, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatishga intiladilar.

Ramazon hayiti bayrami tobora yaqinlashib kelayotgan shu kunlarda oʻtkazilgan ushbu hashar esa ziyoratga keluvchilarga sharoitlar yaratish, aholi yuradigan yoʻlaklarni tartibga keltirishga qaratilgani bilan nihoyatda ahamiyatlidir.

Hashar davomida qabriston atrofidagi 30 sotix tashlandiq yer haydalib, fermerlar tomonidan ajratilgan texnikalar yordamida yerga ishlov berildi. Ushbu maydonga va qabriston atrofiga “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 700 tup tut, 500 tup terak va yana 500 tupdan ortiq boshqa manzarali daraxtlar qalamchalari ekildi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tuman hokimligi tomonidan tasdiqlangan rejaga muvofiq Toshqalʼa mahallasi hududiga jami 3785 tup koʻchat va qalamchalar ekish rejalashtirilgan boʻlsa, shu kungacha ekilgan nihollar soni 4 ming tupdan oshib ketdi.

Obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish maqsadida tashkil qilingan hasharda mahalla faollari, nuroniylari va yoshlar birdamlikda faollik koʻrsatdilar. Yoshi ulugʻ nuroniylar yoshlarga hayotiy maslahatlar berib, umr yoʻllari davomida boshidan oʻtkazgan azob-uqubatlari, tortgan mashaqqatlari haqida soʻzlab berdilar. Yoshlar esa gʻayrat va shijoatini, shu aziz Vatanimizga sadoqatini amalda namoyish qilib, hasharda jonbozlik koʻrsatdilar.

Hashar soʻngida mahalla faoli, faxriy oʻqituvchi Sanobar Bobojonova, yoshlar yetakchisi Izzat Qurbonboyev va qabriston shayxi Tursunboy Eshbekovlar obodonlashtirish ishlarida qatnashganlarga oʻz minnatdorchiligini bildirdilar.

Gʻ.Yeshniyozov

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026