16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:35
Fan va taʼlim 👁 303

Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 5-8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida informatika yoʻnalishi boʻyicha fan olimpiadasining tuman bosqichi oʻtkazildi

Umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 5-8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida informatika yoʻnalishi boʻyicha fan olimpiadasining tuman bosqichi oʻtkazildi

Vazirlar Mahkamasining “Iqtidorli oʻquvchilar oʻrtasida fan olimpiadalarini oʻtkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2024-yil 7-martdagi buyrugʻiga asosan umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 5-8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida informatika yoʻnalishi boʻyicha fan olimpiadasining Amudaryo tuman bosqichi oʻtkazildi.

6-aprel kuni tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 82-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi binosida boʻlib oʻtgan mazkur olimpiadaga tumandagi 85 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 5-8-sinflarida tahsil olayotgan 250 nafarga yaqin iqtidorli oʻquvchilar qatnashdilar.

Fan olimpiadasining tuman bosqichi ochilish marosimida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tasarrufidagi Respublika taʼlim markazi buyrugʻi asosida biriktirilgan metodist Siroj Yuldashov, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻashboy Shamuratov, boʻlimning Maktablar faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻʼbasi rahbari Ibragim Radjapov, boʻlim metodistlari Xabibulla Davletyarov va Rayhon Yakubova hamda olimpiada auditoriya rahbarlari, kuzatuvchilar, hakamlar ishtirok etishdi.

Ochilish marosimida tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻashboy Shamuratov 5-8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida informatika yoʻnalishi boʻyicha fan olimpiadasining maqsad va vazifalari haqida soʻz yuritdi. Boʻlim metodisti Rayhon Yakubova esa olimpiadani oʻtkazish tartib va qoidalari haqida batafsil maʼlumotlar berdi.

Shundan soʻng auditoriya rahbarlari, kuzatuvchilar ishtirokchilarni belgilangan xonalarga joylashtirib, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan taqdim qilingan topshiriqlarni tarqatdi va jarayon boshlandi.

Ishtirokchilarning bilimlarini sinash uchun nizom asosida 90 daqiqa vaqt ajratildi. Savollar 5-8-sinf oʻquvchilarining mantiqiy, tanqidiy, kreativ fikrlash qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan boʻlib, matematika fanidan 30 savoldan iborat topshiriqlar va nostandart masalalarni oʻz ichiga oladi.

Belgilangan vaqtdan keyin auditoriya rahbari tomonidan ishtirokchilarning javob varaqalari shifrlangan holda hakamlarga taqdim qilinib, ular tomonidan tekshirilib, natijalar aniqlandi.

Natijalarga koʻra fan olimpiadasining informatika yoʻnalishida 5-sinflar oʻrtasida 19-, 40-, 64-sonli maktablarning, 6-sinf oʻquvchilari orasida 18-, 22-, 33-sonli maktablarning, 7-sinflardan 29-, 6-, 71-sonli maktablarning hamda 8-sinf oʻquvchilari orasida 9-, 16-, 40-sonli maktablarning oʻquvchilari sovrinli oʻrinlarni egallab, uchinchi bosqich – Qoraqalpogʻiston Respublika bosqichida ishtirok etish uchun yoʻllanma oldilar. Sovrinli oʻrinlarni egallagan oʻquvchilar tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan diplom bilan taqdirlandi.

Bu kabi fan olimpiadalarining oʻtkazilishi taʼlim muassalari oʻquvchilari orasidan matematika, informatika fanlari boʻyicha bilimli, ushbu fanlarga qiziquvchi, intiluvchan va ijodkor yoshlarni aniqlash hamda ulardagi ijodiy qobiliyatlarni roʻyobga chiqarishga koʻmaklashib, iqtidorli oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirishga xizmat qiladi.

Gʻ.Yeshniyozov

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019