17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 04:34
Jamiyat 👁 410

Namunali harbiy xizmatchilarning ota-onalariga DXX Chegara qoʻshinlari qoʻmondonligining “Tashakkurnoma”si topshirildi

Namunali harbiy xizmatchilarning ota-onalariga DXX Chegara qoʻshinlari qoʻmondonligining “Tashakkurnoma”si topshirildi

Har bir davlatning mustaqilligi, xalqining tinchligi va omonligi uning oʻz armiyasi, Qurolli Kuchlari tomonidan himoya qilinadi. Shunday ekan, milliy armiyasi qudratli, uning safida xizmat qilayotgan askarlari fidoyi boʻlgan mamlakatda tinchlik hukm suradi, taraqqiyot va rivojlanish boʻladi.

Bugun Milliy Armiyamiz safida oʻz yigitlik burchini sharaf bilan oʻtayotgan har bir yurtdoshimizga “Vatanning mustahkam posbonlari” deya taʼrif berish mumkin. Zero, ular kelajagi buyuk davlat qurishni oʻz oldiga ulugʻ maqsad qilib qoʻygan millatning, taraqqiyot yoʻlidan ildam odimlayotgan mamlakatning mudofaasi uchun tun-u kun oromidan kechib xizmat qilmoqdalar.

Mana shunday jasur va dovyurak askarlar orasidan ham eng fidoyilari, yaʼni harbiy xizmatchilar orasida namunali xulqi, tashabbuskorligi va tirishqoqligi bilan boshqalarga oʻrnak boʻlayotgan harbiy xizmatchilarning ota-onalariga maxsus “Tashakkurnoma” yoʻllab, minnatdorchilik bildirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari qoʻmondonligining doimiy anʼanasiga aylangan.

Yaqinda shu munosabat bilan bir guruh harbiy xizmatchilar Amudaryo tumanining ovul va mahallalarida boʻlib, harbiy xizmatchilarning ota-onalariga Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari qoʻmondonligining “Tashakkurnoma”larini tantanali ravishda topshirdilar.

Mangʻit shahrida joylashgan Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlarining harbiy qismi maʼmuriyati tumanning Durunki mahallasida joylashgan Eshmurodovlar xonadoniga tashrif buyurib, oila boshligʻi Ozod Eshmurodov va turmush oʻrtogʻi Gulandom Yerdoshevalarga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari qoʻmondonligining “Tashakkurnoma”sini tantanali tarzda topshirdilar va farzandi – harbiy xizmatchi Ogʻabek Qoʻshmonovning kelgusidagi oʻqish va ishlariga omad tiladilar.

Maʼsullar tumanning Doʻrman ovuliga ham tashrif buyurib, shu ovulda yashovchi Ozodboy Yaxshimov va Raʼno Siytimovalarning xonadonida mehmon boʻlishdi. Uchrashuv davomida ularning farzandlari – harbiy xizmatchi Diyorbek Yaxshimovning dovyurakligi, chegaralarimiz daxlsizligini taʼminlashdagi shijoati, jamoat ishlaridagi faolligi alohida eʼtirof etildi.

Uchrashuvda soʻz olganlar harbiy xizmatchining ota-onasi va ustozlariga, mahalla-koʻy va barcha yaqinlariga Vatan tinchligi hamda sarhadlarimiz daxlsizligini asrashda fidoyilik koʻrsatayotgan shunday askarni tarbiyalab, voyaga yetkazgani uchun minnatdorchilik bildirishdi.

Xalqimizda “yigit omon boʻlsa, xavf-u xatar yoʻq” degan ibora bor. Chindan ham, Diyorbek kabi dovyurak, yurt tinchligini oʻz tinchi va ormidan ustun qoʻyuvchi harbiy  xizmatchilar bor ekan, yurtimizda, har bir mahallada, har bir xonadonda tinchlik va farovonlik hukm suradi.

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlariga qarashli Mangʻit shahridagi harbiy qism maʼmuriyati Xolimbeg ovulidagi Kenjayevlar xonadonida ham boʻlishib, farzandlari Nurbek Yoʻldoshevning harbiy xizmatdagi yutuqlari, qatʼiy intizomi va namunali xulqi uchun uning ota-onasi Oybek Kenjayev va Feruza Yoʻldoshevalarga minnatdorchilik izhor qilib, shaxsan Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari qoʻmondoni tomonidan imzolangan “Tashakkurnoma”ni tantanali tarzda topshirdilar.

Oʻz navbatida harbiy xizmatchilarning ota-onalari ham yuksak eʼtibor uchun Qoʻmondonlik masʼullariga, harbiy qism maʼmuriyatiga minnatdorchilik bildirib, askar otasi va onasi boʻlish, ayniqsa, farzandining namunali xulqi va fidokorona xizmati uchun tashakkurnoma olish chinakkam sharaf ekanini eʼtirof etishdi.

Gʻ.Yeshniyozov

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026