16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:18
Salomatlik 👁 527

SOGʻLOM HAYoT SOGʻLOM MUHITDA ShAKLLANADI

SOGʻLOM HAYoT SOGʻLOM MUHITDA ShAKLLANADI

Yurtimiz mahallalarida ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, oilalarning oʻzaro ahil-inoq boʻlib yashashiga erishish, yosh avlodni sogʻlom va barkamol qilib voyaga yetkazish, ularga milliy qadriyat va urf-odatlarimizni keng targʻib etish bugungi kunning asosiy vazifalaridandir. Boisi, hududlarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit sogʻlom boʻlsa, yoshlarning diniy aqidaparastlik, turli tahdidlar, yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishining oldi olinadi, sogʻlom muhitda sogʻlom hayot tarzi shakllanadi.

Buningdek xayrli ishga hissa qoʻshish maqsadida Amudaryo tumanida faoliyat yuritayotgan amunews.uz veb-sayti tahririyati Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi taʼsis etgan grant tanlovida “Sogʻlom muhit – sogʻlom hayot” nomli loyihasi bilan qatnashib, gʻolib boʻlgan edi. Ayni kunlarda mazkur davlat granti loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

18-aprel kuni mazkur loyiha ish rejasiga muvofiq tumanimizning Doʻrman ovulida bir guruh ijodkorlarning ovul aholisi bilan uchrashuvi oʻtkazildi. Unda ovul fuqarolar yigʻini masʼullari, aholi vakillari, taʼlim xodimlari va faxriylar ishtirok etdilar.

Tadbirni veb-sayt muxbiri, loyiha koordinatori Oygul Rajabova ochdi va olib bordi. U oʻz soʻzida grant loyihasi rejasiga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar, mazkur tadbirni oʻtkazishdan kutilayotgan natijalarga toʻxtaldi.

Inson zoti doimo maʼnaviy ozuqa olishga intiladi. Bunda ommaviy axborot vositalarining, badiiy asarlarning oʻrni alohida. Ha, badiiy asarlar mutolaasi har birimizga betakror taassurotlar hadya etadi, shuurimizni oydinlashtiradi, dunyoqarashimizni kengaytiradi, yashash, tiriklik qadrini yanada chuqurroq anglashga oʻrgatadi.

Ana shunday kitoblar mualliflari bilan yuzma-yuz uchrashuv, ularning ijod namunalarini oʻzlaridan eshitishning esa zavqi oʻzgacha. Bu – grant loyihasi doirasida oʻtkazilgan navbatdagi tadbirda ham yaqqol aks etib turdi. Shu sababli ham butun Amudaryo tumanidagina emas, respublikada tanilgan, qator kitoblar muallifi, oddiy va samimiy tilda yozilgan sheʼrlari bilan oʻz muxlislariga ega boʻlgan ijodkor, asli doʻrmanlik, ayni kunda Mangʻit shahrida yashab, ijod etayotgan Shomurod Xoʻjanovning, iqtidorli ijodkor Zuhra Ahmedovalarning oʻqigan har bir sheʼrini yigʻilganlar berilib tingladilar va qarsaklar bilan olqishlab turdilar.

Sheʼrxonlik tugagach, hududdagi 84-sonli maktab direktori Erkin Qurbonboyev, ovul nuroniylaridan biri, xalq taʼlimi faxriysi Farhod Oʻrozboyevlar soʻzga chiqib, tadbirdan barcha ulkan taassurotlar olganligini taʼkidlab, ovul aholisi bilan uchrashuvga tashrif buyurgan ijodkorlarga cheksiz minnatdorchilik bildirdilar.

“Sogʻlom hayot – sogʻlom muhit” nomli grant loyihasi doirasida oʻtkazilgan ijodkorlar bilan uchrashuv doʻrmanliklarda ulkan taassurotlar qoldirdi, ularni yanada koʻproq kitoblar mutolaa qilishga undadi.

Sevara ISMOILOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026