16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:19
Fan va taʼlim 👁 412

83-sonli maktabda “Kasblar festivali” tadbiri va ota-onalar yigʻilishi oʻtkazildi

83-sonli maktabda “Kasblar festivali” tadbiri va ota-onalar yigʻilishi oʻtkazildi

Kasb tanlash inson hayotidagi eng muhim tanlovlardan biri hisoblanadi. Xalqimiz duo qilganida “Kasbingdan kamol top” degan jumlani bejiz ishlatmaydi. Sababi, shaxsning komil inson boʻlib voyaga yetishi, jamiyatda oʻz oʻrnini topib, yuksak darajaga erishishida kasb-korning oʻrni alohida.

Shuning uchun ham yosh avlodni bolalagidan oʻz qiziqishlari va iqtidoriga qarab kasbga yoʻnaltirish har bir ota-onaning, taʼlim muassasasining, davlat va jamiyatning vazifasidir. Bugun maktablar nafaqat taʼlim-tarbiya beradi, balki oʻquvchilarga kasb-hunar oʻrgatish borasidagi dastlabki qadamlar ham aynan maktablarda qoʻyiladi.

Shu maqsadda taʼlim maskanlarida turli tadbirlar, tanlovlar, festivallar oʻtkazib kelinmoqda. 18-aprel kuni Amudaryo tumanidagi 83-sonli maktabda ham “Kasbim – kelajagim” shiori ostida “Kasblar festivali” tadbiri va ota-onalar yigʻilishi oʻtkazildi.

Tadbir rejasiga asosan avvalo ota-onalar yigʻilishi oʻtkazilib, yigʻilishda mahalla faollari, maktabga biriktirilgan Milliy gvardiya xodimi, mahalla yoshlari yetakchisi qatnashdi. Yigʻilishda oʻquvchilarning tartib-intizomi, odob-ahloq qoidalariga amal qilishi, yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari boʻyicha suhbat oʻtkazildi.

Ota-onalar yigʻilishidan keyin ishtirokchilar “Kasblar festivali” tadbiriga taklif qilindi. Tadbirni maktab direktori Dilafruz Ismoilova ochib, mazkur festival yoshlarning kelajakdagi kasbiy tanlovlarini shakllantirish, qiziqishlari va isteʼdodlarini aniqlab, shunga mos kasbga yoʻnaltirishda muhim vosita boʻlishini taʼkidlab oʻtdi.

Soʻngra ishtirokchilar kasblar koʻrgazmalariga taklif qilindi. Maktab oʻquvchilari mehmonlarga sartaroshlik, toʻquvchilik, tikuvchilik, oʻqituvchilik, duradgorlik, rassomchilik, novvoylik, oshpazlik, hunarmandchilik, tadbirkorlik, bogʻbonchilik, dehqonchilik, kashtachilik va qoʻgʻirchoq teatri, gul bezaklari ustasi kabi kasblar egalarining ish jarayonini koʻrgazmali tarzda namoyish qilishdi.

“Kasbim – kelajagim” shiori ostida oʻtkazilgan tadbirda maktab psixologi Nafisa Toʻliboyeva, direktor oʻrinbosari, ona tili va adabiyot oʻqituvchisi, toʻquvchilik toʻgaragi va qoʻgʻirchoq teatri rahbari hamda maktab oʻqituvchilari, oʻquvchilar faol ishtirok qilishdi. Tegishli masʼullar tomonidan ishtirokchi oʻquvchilarga turli kasblar va ularning jamiyatdagi roli haqida keng tushunchalar berildi.

Tadbir davomida 9-, 10-, hamda 11-sinflar orasida “Osh damlash” marafoni ham oʻtkazildi. Maktab bogʻida oʻrnatilgan qozonlarda oʻquvchilar oʻzbekona osh damlashdi. Har bir sinf oʻquvchilarining tayyorlagan oshiga hakamlar hayʼati aʼzolari tomonidan xolisona baho berildi. Barcha mehmonlar va ota-onalar oshga taklif qilindi.

“Kasblar festivali” tadbiri maktab oʻquvchilarini hunar oʻrganishga, oʻz iqtidori, qiziqishi va salohiyatiga mos kasb tanlashga undagani bilan nihoyatda ahamiyatli boʻldi. Umid qilamizki, ushbu kasblar festivali yoshlarning kelajakdagi muvaffaqiyatli karerasi uchun mustahkam poydevor vazifasini oʻtaydi.

Anorgul Xolimbetova, maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019