16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:04
Qishloq xoʻjaligi 👁 331

Ipak qurti boqish va pilla yetishtirish mavsumi uyushqoqlikda oʻtkazilmoqda

Ipak qurti boqish va pilla yetishtirish mavsumi uyushqoqlikda oʻtkazilmoqda

Ipak qurti boqish va pillachilik Oʻzbekistonning boy madaniy merosining ajralmas qismidir. Ushbu soha koʻp asrlik tarixga ega. Ipak qurti yetishtirish va boqishning tarixi miloddan avvalgi II asrga borib taqaladi. Ipak Buyuk Ipak yoʻli orqali Sharq va Gʻarbni bogʻlagan savdo yoʻllarida muhim hamda qimmatbaho mahsulot vazifasini oʻtagan.

Bu soha mamlakat iqtisodiyotida ham katta ahamiyat kasb etadi. Shu sababli ham mamlakatimizda pillachilikni rivojlantirishga davlat tomonidan katta eʼtibor qaratilmoqda. Pillani qayta ishlash sohasida koʻplab yangiliklar joriy etilib, bu oʻz navbatida mahsulotlarning xalqaro bozorlarda raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga Oʻzbekistonda ipakchilik sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsion yondashuvlar ham faollashtirilmoqda, bu esa mamlakatning ipakchilik sanoatini yanada rivojlantirishga yordam beradi. Mazkur sohada davlat tomonidan berilayotgan subsidiyalar va soliq imtiyozlari, shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishlariga ajratilayotgan mablagʻlar ipakchilikni yanada rivojlantirish uchun muhim omil hisoblanadi. Bularning barchasi Oʻzbekistonning ipakchilik sanoatini yangi bosqichga koʻtarishga va uning jahon bozoridagi oʻrnini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Amudaryo tumanida ham ipak qurtini boqish va pilla yetishtirishga katta eʼtibor qaratiladi. Tumanda har yili  Qoraqalpogʻiston boʻyicha karvoni eng ogʻir va salmoqli boʻlgan pilla xirmoni bunyod etiladi. Amudaryolik pillakorlar bu yilgi mavsumni ham uyushqoqlik bilan oʻtkazmoqdalar. Har yili pillachilik bilan shugʻullanib, daromad topayotgan oilalar bu yil ham ipak qurti qutilarini olib, parvarishlashni allaqachon boshlab yubordilar.

Pillachilik sohasida asosan qishloq ayol-qizlari mavsumiy ish bilan band boʻlishadi. Shu sababli tuman hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Saburova pillakor xotin-qizlar holidan xabar olib, ipak qurtini parvarishlash jarayoni bilan yaqindan tanishib, bu borada yuzaga kelayotgan muammolarni tegishli masʼullar ishtirokida tezkor bartaraf qilish chorlarini koʻrib kelmoqda.

Ipak qurti parvarishining ham oʻziga xos mashaqqati va sir-asrorlari bor. Eng avvalo urugʻlarning sifati va parvarish sharoitlari mahsulotning, yaʼni olinadigan pillaning sifatiga taʼsir koʻrsatadi. Ipak barcha davrlarda ham xaridorgir mahsulot boʻlib kelgan. Shu sababli ham Respublikamizda sifatli pilla xom ashyosi yetishtirish, yetishtirilgan pilladan jahon standarti talablariga javob beradigan yuqori sifatli xom ipak olish, ipakli mahsulotlar sifatini yaxshilash va assortiment turlarini kengaytirish, tannarxini kamaytirish, mahsulot sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarni aniqlash va ularni bartaraf qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Bu harakatlarning qanchalik samarali boʻlishi eng avvalo ipak qurti boquvchi pillakorlarga bogʻliq. Buni toʻgʻri anglab yetgan pillakorlar oʻz ishlarini sidqidildan bajarib, ipakchilik tarmogʻining rivojiga oʻz hissalarini qoʻshmoqdalar. Ushbu tarmoqning rivojlanishi kelgusida pillakorlarning daromad manbaini yanada oshiribgina qolmay, yetishtirilgan pilla miqdorining koʻpayishiga, undan olinadigan xom ipak, ipakli mahsulotlar miqdorining ortishiga hamda xorijiy davlatlarga eksport qilish hajmining koʻpayishiga sharoit yaratadi. Bu esa oʻz navbatida Respublikamiz iqtisodiyotining rivojlanishiga hamda aholi turmushining yanada farovon boʻlishiga taʼsir koʻrsatadi.

Amudaryo tumani hokimining oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Saburova pillakor xotin-qizlarga ularning mehnatlari qanchalik muhim iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligini tushuntirish bilan birga pillachilik tarmogʻini yanada rivojlantirish, kasanachilarning moddiy manfaatdorligini oshirish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida maʼlumotlar bermoqda.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019