16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 03:02
Qishloq xoʻjaligi 👁 98

Urugʻlik kartoshka yetishtirish tizimi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilgan

Urugʻlik kartoshka yetishtirish tizimi ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilgan

Mamlakatimizning oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, ichki bozorni sifatli va arzon qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan toʻldirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, aholining kundalik isteʼmol ratsionida juda muhim oʻrin tutadigan kartoshka yetishtirish hajmini oshirish hamda bu borada mustahkam urugʻchilik bazasini yaratish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biridir.

Shu maqsadda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi Amudaryo tuman boʻlimi mutaxassislari tomonidan 2026-yil hosili uchun ekilgan urugʻlik kartoshka maydonlari ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatilgan. Ushbu jarayonlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentyabrdagi “Respublikada kartoshka yetishtirishni koʻpaytirish va urugʻchiligini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori doirasida tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Mazkur qarorda qator muhim vazifalar belgilangan. Xususan, urugʻlik kartoshka yetishtirish boʻyicha koʻp yillik boy tajribaga ega boʻlgan subʼektlarni saralab olish, ularning yagona reyestrini yuritish, shuningdek, mini-tuganaklarni ekish orqali yuqori avlodli urugʻlik kartoshka yetishtirish ishlari yoʻlga qoʻyildi. Bundan tashqari, yetishtirilgan yuqori avlodli urugʻlikni xarid qilish, kelgusi yil hosili uchun sifatli saqlash, ekish oldidan tozalash, saralash, fraktsiyalarga ajratib kalibrlash, qadoqlash va raqamli QR kod bilan yorliqlash kabi zamonaviy usullar amaliyotga tatbiq etilyapti. Isteʼmol kartoshkasi yetishtiruvchi subʼektlarga ham aynan shunday yuqori avlodli urugʻliklarni shartnoma asosida yetkazib berish tizimi yaratildi.

Amudaryo tumani misolida tahlil qiladigan boʻlsak, hududda 2026-yilgi hosil uchun jami 250 ta fermer xoʻjaligi tomonidan 300 gektardan ortiq maydonga kartoshka urugʻi ekilgan. Bu jarayonda qatʼiy talablar asosida tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtgan 18 ta fermer xoʻjaligi urugʻlik kartoshka yetishtirish huquqini qoʻlga kiritib, 27 gektar maydonda aynan shu yoʻnalishda dehqonchilik qilmoqda. Hozirgi kunda tuman ishchi guruhi tomonidan mazkur maydonlarda dala monitoringi oʻtkazilib, oʻsimlikning nav tozaligini aniqlash maqsadida aprobatsiya koʻriklari izchil olib borilyapti. Inspektsiya xodimlari ushbu koʻriklarning sifatli, xolis va haqqoniy oʻtkazilishini kunlik nazoratga olgan.

Sohadagi nazorat ishlari faqatgina dala monitoringi bilan cheklanmaydi. In vitro laboratoriyalarida yetishtirilgan mini-tuganaklar va dala sharoitida parvarishlanayotgan yuqori avlodli urugʻlik kartoshkaning vegetatsiya davridagi holatini ilmiy kuzatish, viruslardan xoli ekanligini baholash kabi yoʻnalishlarda ham keng koʻlamli ishlar qilinmoqda.

Eng asosiysi, 2026-yildan boshlab respublikada ijobiy ekinboplik xulosasi olinmagan va raqamli QR kod bilan yorliqlanmagan har qanday mahalliy hamda xorijiy urugʻlik kartoshkaning ekilishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatiladi. Sifat koʻrsatkichlarining amaldagi standart talablariga mosligi uchun ilmiy muassasalar va tadbirkorlar qonunchilikda belgilangan tartibda shaxsan javobgar hisoblanadi. Shu bilan birga, ilgʻor xorijiy tajribalarni keng joriy etish maqsadida davlat ilmiy muassasalariga chet el korxonalari hamda ularning laboratoriyalari bilan shartnoma asosida hamkorlik qilish huquqi berildi.

Bir soʻz bilan aytganda, kartoshka yetishtirishni koʻpaytirish va uning urugʻchiligini yanada rivojlantirish boʻyicha tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturi ijrosi Amudaryo tumanida sifatli tashkil qilinmoqda. Ushbu tizimli saʼy-harakatlar yaqin kelajakda dasturxonlarimiz toʻkinligini va bozorlarimizdagi narx-navo barqarorligini mustahkamlab, xalqimiz farovonligiga xizmat qilishi shubhasizdir.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019